M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


  Умарова H. Глобаллашув шароитида ахборот хуружларига карши



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

25 
Умарова H. Глобаллашув шароитида ахборот хуружларига карши
кураш. -Т.: 2005, 3 Ь.
47


juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab 
bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqi- 
yotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.
Globallashuv jarayonining yana bir o ‘ziga xos jihati shundan ibo- 
ratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda 
o ‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlaming man- 
fatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, 
albatta, kuzatishi muqarrar.
Ta’bir joiz bo‘lsa, aytish mumkinki, bugungi kunda mafkura poli- 
gonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega. Bu masala- 
ning kishini doimo ogohlikka undovchi tomoni shundaki, agar har­
biy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo‘lsa, buni sezish, ko‘rish, oldini olish 
mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uing ta’siri va oqibatlarini tezda 
ilg‘ab yetish nihoyatda qiyin.
Mana shunday vaziyatda odam o ‘z mustaqil fikriga, zamon- 
lar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom negizda 
shakllangan dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, 
har turli m a’naviy tahdidlarga, ulaming goh oshkora, goh pinhona 
ko‘rinishdagi ta’siriga bardosh berishi amrimahol.
Buni kundalik hayotda uchrab turadigan ko‘plab voqealar mi- 
solida yaqqol kuzatish mumkin va ulaming qanday og‘ir oqibatlarga 
olib kelishini uzoq tushuntirib o‘tirishning hojati yo‘q. 0 ‘tgan yillar 
davomida dunyoda va mintaqamizda ro‘y bergan, biz bevosita o‘z 
boshimizdan kechirgan voqealar, mafkuraviy jarayonlaming rivoji bu 
xulosalaming to‘g‘ri ekanini qayta-qayta isbotlamoqda.
Bugungi kunda yoshlarimiz nafaqat o‘quv dargohlarida, balki radio- 
televideniye, matbuot, internet kabi vositalar orqali ham rang-barang 
axborot va ma’lumotlami olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora 
kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini 
faqat o ‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbi- 
ya berish, ulaming atrofmi temir devor bilan o‘rab olish, hech shubha- 
siz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga 
ham to‘g ‘ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin 
demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z oldimizga qat’iy maqsad qilib 
qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz.
48


Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o ‘ralib 
qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyat- 
lami chuqur o‘zlashtirgan holda tasaw ur etamiz. Biz istiqbolimizni 
taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jam i­
yat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikr- 
lar rang-barangligini o ‘z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda 
ko‘ramiz. Biz butun m a’rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan 
tinch-totuv, erkin va faro von hayot kechirish, o‘zaro manfaatli ham­
korlik qilish tarafdorimiz.
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma’naviyatiga qar­
shi qaratilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar 
ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga 
ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan 
ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Bugungi kunda dunyoning globallashuvi ta ’sirida axborot 
oqimi, jarayonlar almashinuvi shunchalik tez sodir bo‘lmoqdaki, il­
gari bir necha asr davom etgan jarayonlar hozirda o ‘n yillarda sodir 
bo'Imoqda. Shu jihatdan kelib chiqib, butun jahonda ro‘y berayotgan 
globallashuv jarayonlarini o ‘rganish, ulami falsafiy jihatdan tahlil qi­
lish hamda turmushimizning turli sohalariga ko‘rsatayotgan ijobiy va 
salbiy ta ’sirlarini aniqlash, tegishli ilmiy xulosalar ishlab chiqish bu­
gungi kunning muhim vazifalari hisoblanadi. Mamlakatimizda maz­
kur jarayonni o‘rganish, uning alomatlari va asoratlarini tahlil qilish 
bo‘yicha ko‘plab ilmiy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Lekin, bu mav- 
zuda yozilayotgan maqola va tezislami hisobga olmaganda, haligacha 
globallashuv jarayonini, uning falsafiy tahlili hamda ijobiy va salbiy 
oqibatlari bo‘yicha fundamental asarlar e ’lon qilinganicha yo‘q. Zero, 
globallashuv jarayoni inkor etib bo‘lmaydigan, butun yer shari miq- 
yosida sodir bo‘layotgan jarayondir.
Keyingi vaqtlarda intemetda, respublikamiz hamda xorij davlat­
larida o'tkazilayotgan ilmiy anjumanlarda 
global, globallashuv j a ­
rayoni
(yoki 
globalizatsiya, globallashuv jarayoni deb ham yuriti-
ladi), glohalizm
atamalari ko‘plab uchramoqda. Rossiyalik olim 
A.I.Utkin globalizatsiyani milliy iqtisodiyotlar kapitalining tezkor 
harakati, jahonning informatsion oshkoraligi, texnologik inqilob,
49


sanoati rivojlangan davlatlaming tovar va kapitali harakatining li- 
berallashuvi, kommunikatsion yaqinlashuv hamda jahonshumul ilmiy 
inqilob zamiridagi yagona, butunjahon tizimiga qo‘shilishidir, deya 
izoh beradi26. Shuningdek, u globallashuvni davlatlar ta’sirida emas, 
balki bozor munosabatlari ta’siridagi jarayon ekanligini ta’kidlaydi. 
M.G.Delyagin esa globalashuvni yangi kompyuter texnologiyalari 
asosida yagona butunjahon moliyaviy-axborot muhitining jadal shakl- 
lanish jarayonidir, deb ta’riflaydi27. Bunda globallashuvning asosiy 
alomatlari sifatida ommaviy axborot vositalarini va axborot komuni- 
katsiya texnologiyalarini keltiradi. I.B.Chubaysning fikricha, jamiyat 
tarixida qadriyatlar tizimining taraqqiyoti globallashuv jarayoniga 
olib keldi28. Bu atamalarga berilgan ta’riflar va izohlami tahlil qilsak, 
ularga turlicha nuqtayi nazardan yondashilganligini hamda ular bir- 
birini toidirganligini ko‘rish mumkin.
K o‘pchilik mualliflar ta’kidlaganidek, 
globallashuv va globa-
lizatsiya
so‘zi lug‘aviy m a’nosiga ko‘ra, biror jarayonni, sohani butun 
Yer sayyorasi miqyosiga ega bo ‘lish jarayonini
bildiradi. Masalan, 
iqtisodiyotning globallashuvi yoki ekologik muammolaming global­
lashuv jarayoni - ulaming butunjahon miqyosga ega boMishi, butun 
Yer shariga yoyilish jarayonini bildiradi.
Globalizm
- ijtimoiy tuzum bo‘lib, insoniyat va jamiyat taraqqi­
yoti bosqichining bir ko‘rinishidir. Bunda ijtimoiy munosabatlar va 
turli sohalar (fan-texnika, ta’lim-tarbiya, sanoat, iqtisod, siyosat va 
h.k) bir butun global xarakterga va ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni 
global
madaniyat, global jamiyat, global siyosat, global ta ’lim29
va h.k.
A.N.Chumakov global, globallashuv va globalizm atamalariga 
quyidagi ta’riflami keltiradi: “Global - butun globusni qamrab olgan, 
ya’ni o‘z ta’sirini butun Yer shariga o‘tkazadigan, sayyoraga nisbatan 
bir butun; globallashuv - universallashuv jarayoni bo‘lib, ijtimoiy

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish