137 Каримов И.А. Биз танлаган йул - демократии тараккиёт ва маъри-
фий дунё билан хдмкорлик йули. -Т.: Узбекистан, 2003, 277 б.
138 Усмонов А. Тошкент саммита арафасида. // “Халк сузи” рузномаси,
2004 йил 1 июнь.
253
ekspertlaridan tarkib topgan qo‘shma nazorat guruhi orqali harbiy so-
hadagi bitimlami amalga oshirishga intiladi.
Uchinchidan, XXR hukumati Afg‘onistondan chiqayotgan diniy
ekstremizm va separatizm tahdidlarining tarqalishi va Shinjon mux-
toriyati (SUAR) bilan bevosita chegaradosh Markaziy Osiyodagi vo-
qealar rivojidan jiddiy xavotirda. Pekinda ko‘rsatilgan hozirgi zamon
tahdidlari bilan yakka tartibda kurashishning iloji yo‘qligini va ular-
ning umumiy xavf solishi tufayli birgalikda kurashish kerakligini tu-
shunadi. Shuning uchun tashqi sheriklar va tashkilotning a’zolari sa-
lohiyatidan foydalangan holda, Xitoy mojaroni yakuniy hal qilishga
kirishish niyatida.
To‘rtinchidan, Xitoy o ‘zining Markaziy Osiyodagi manfaatlarini
o‘rta muddatli istiqbolda Rossiya manfaatlari bilan ShHT formati
orqali mutanosiblashtirishga intiladi, uzoq muddatli istiqbolda esa
mintaqada o ‘zining monopol ustunligini o ‘matish niyatida.
Beshinchidan, ehtimol, Xitoy o ‘zining Markaziy Osiyodagi
ta’sirini kuchaytirish niyatida hozirda mintaqa mamlakatlari o‘rtasida
mavjud bo‘lgan muammolardan unumli foydalanish orqali asta-sekin
ular o‘rtasida kelishtiruvchi rolini qoTga kiritishi mumkin.
Oltinchidan, Pekin ShHTni mamlakatning g‘arbi-shimoliy xavfsiz
lik chizig‘ini ta’minlash uchun ajoyib imkoniyat deb biladi, bu XXR
tashqi siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Shu tarzda Xi
toy G‘arb ta’sirining kuchayib ketishiga va uyg‘ur ayirmachilarining
kuchayishiga yo‘l qo‘ymaydigan bufer zonani {ashkil etishi mumkin.
Yettinchidan, Xitoy ushbu mexanizmdan «yagona Xitoy» siyosa-
tini yanada kuchaytirish, shuningdek, gegemonizm va kuch siyosati-
ga qarshi turish va tashqi siyosiy tashabbuslami ilgari surish orqali
ko‘pqutblilik jarayonini rag‘batlantirish yo‘lida foydalanish niyatida.
Sakkizinchidan, Pekin ShHT mexanizmini qoTlash orqali Marka
ziy Osiyoning issiqlik-yoqilg‘isidan keng foydalanish niyatida.
To‘qqizinchidan, Xitoy rahbariyati tashkilotga a’zo mamlakatlari-
ning savdo-iqtisodiy aloqalar salohiyatidan XXRning g‘arbiy hudud-
larini keng koTamda o‘zlashtirishda, shu jumladan, o‘z iqtisodiyoti
uchun mahsulotlarni sotish bozorini shakllantirish yo‘li bilan foy
dalanish niyatida.
254
0 ‘ninchidan, Xitoy, ehtimol, ShHTga a’zo mamlakatlar salohiya-
tini Sharqiy Osiyoni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog‘lovchi
va XXRning bu mintaqalarga chiqishiga ko‘maklashuvchi barqaror
transport koridorlarini yaratishga intiladi. Bu, shuningdek, Yaponiya,
Janubiy Koreya va Janubi-sharqiy Osiyoning boshqa davlatlaridan
mollami Yevropaga tranzit qilish orqali katta iqtisodiy foyda olish
imkonini beradi.
Tahlil natijalari ko‘rsatmoqdaki, Shanxay hamkorlik tashkilotiga
nisbatan a’zo davlatlaming yondashuvlari, manfaatlarining mushtarak-
ligi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Xitoy.
Xitoy ShHT doirasida ko‘ptomonlama hamkorlikni rivojlan-
tirish tarafdori sifatida tashkilotning barcha tadbirlarida faol ishtirok
etadi.
Pekinning diqqat markazida - xavfsizlik va iqtisodiy hamkor
lik sohalari ustuvordir. Mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va
«uchta yovuzlik»: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va milliy sepa-
ratizm bilan kurashda hamkorlikni mustahkamlashning ustuvorligi
Xitoy tomonidan barcha darajalarda ta’kidlanadi va faol harakatlari
bilan tasdiqlanadi.
Bu yo‘nalishda XXR Shinjonda barqarorlikni ta’minlash va mam
lakatning g ‘arbiy tumanlarini tezroq rivojlantirish, Markaziy Osiyo
mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar, mintaqada
uyg‘ur ayirmachilarining ta’sirini neytrallashtirish uchun qulay tashqi
shart-sharoitni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Oxirgi omil, shuningdek, XXRning huquqni muhofaza qilish ido-
ralari yo‘nalishi bo‘yicha ham hamkorlikni rivojlantirishni nazarda
tutadi. ShHT a’zo mamlakatlaming huquqni muhofaza qilish tuzil-
malari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda va ularga moddiy-
texnik yordam ko‘rsatilmoqda. Pekin, shuningdek, tashkilot doira
sida qo‘shma harbiy va aksilterrorchilik tadbirlami (mashg‘ulotlar,
yig‘ilishlar) o ‘tkazishni taklif etmoqda.
XXRda giyohvand moddalaming noqonuniy aylanmasi bilan
bog‘liq jinoyat ishlarining ortib borishi, Pekinni Shanxay hamkorlik
tashkilotiga a’zo davlatlar bilan narkotrafikka qarshi kurash sohasida-
gi hamkorligini kuchaytirishga undamoqda.
255
Xitoy ShHT doirasida harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlanti-
rish tarafdori, Xitoy tomoni fikricha, bu terrorizmga qarshi kurash-
ga bag‘ishlangan boTishi kerak. Bunga tasdiq sifatida XXR harbiy
bo‘linmalarining ShHT mamlakatlarining ( 0 ‘zbekiston ishtirokisiz)
2003-yil avgustida Qozog‘iston va XXRning Uyg‘ur muxtoriyatida
o‘tkazilgan aksilterrorchilik mashg‘ulotlaridagi ishtirokini ko‘rsatish
mumkin. Xitoy, shuningdek, 2004-yil yozida Pekinda ShHT doira
sida mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazish
tashabbusini ilgari surgan.
XXRning ShHTdagi ikkinchi ahamiyatli ustuvor vazifasidan biri—
bu ko‘ptomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish. Xitoy fikri
cha, iqtisodiy hamkorlik terrorizm manbalarini yo‘q qilishga yordam
beradi.
2003-yil sentabrda ShHT HBKning Pekinda bo‘lib o‘tgan
yig‘ilishidan keyin, Xitoy iqtisodiy hamkorlik masalalariga, ayniqsa,
tasdiqlangan ShHTga a’zo davlatlaming ko‘ptomonlama savdo-iqti-
sodiy hamkorligi Dasturini amalga oshirishga e ’tiborini kuchaytirdi.
Xitoy tomoni iqtisodiy hamkorlikning yakuniy maqsadi - tashki
lot doirasida Erkin savdo hududini tashkil etish deb hisoblaydi. 0 ‘rta
istiqbolli muddatda ShHT doirasida o‘zaro kelishilgan sa’y-harakatlar
orqali savdo sohasida barqaror va transparent qoida va protseduralar-
ni ishlab chiqish, savdo va sarmoyalar sohasida qulay shart-sharoit
yaratish vazifasi qo‘yilmoqda.
Pekin a’zo mamlakatlaming ShHT doirasidagi munosabatlarida
savdo va investitsion rejimni sezilarli ravishda liberallashtirishga in-
tilmoqda, bu Xitoyga Markaziy Osiyo bozorlarida Rossiya va G‘arb
kompaniyalari bilan samarali raqobat qilish imkonini hamda min-
taqaning energetika va boshqa xomashyo resurslariga kengroq yo‘l
ochishi mumkin.
Hozirda Pekin ShHT doirasida Taraqqiyot Fondi va Iqtisodiy fo
rum (Ishbilarmonlar kengashi)ni tashkil etish g ‘oyasini faol ilgari sur-
moqda.
XXR Xitoyni Markaziy Osiyo orqali Yevropa va 0 ‘rta Sharq bilan
bog‘lovchi zamonaviy, iqtisodiy jihatdan samarali transport magis-
trallarini tashkil etishdan manfaatdorligidan kelib chiqib, transport
256
sohasida hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi. XXR
ning ShHT doirasida xalqaro atvomobil yuk tashishlari to‘g ‘risidagi
bitimni imzolash tashabbusi bunga tasdiq bo‘la oladi.
ShHTni kengaytirish masalalari bo‘yicha Xitoy, a’zo davlatlar
manfaatlarining to‘qnash kelishidan yiroqlashishga intilgani holda,
bu masalada o‘ta faollik namoyish etmaydi va muvofiqlashtirilgan
yondashuvlar, shu jumladan, bu masalalar yuzasidan qarorlar qabul
qilish protsedurasini belgilovchi hujjatlami kelishtirish zaruratini
ta’kidlaydi.
Xitoy tomoni, ShHTning ochiqlik tamoyili tarafdori ekanligini
ta’kidlagani holda, ShHT faoliyati masalalari yuzasidan, G‘arb davlat-
lari bilan faol aloqalarni qo‘llab-quwatlaydi. Bundan tashqari, Pekin
ShHT Kotibiyatining turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlari bilan
hamkorligini qo‘llab-quwatlaydi.
Pekinda ShHT shakllanish jarayonining yakunlanishi, uning
ochiqligi va boshqa davlatlar va tashkilotlarga qarshi y o ‘nal-
tirilmaganligi Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, ASEAN,
Yevropa Ittifoqi va boshqa yirik mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek,
dunyoning yirik davlatlari bilan aloqalar o ‘matishi uchun asos yarata-
di, deb hisoblashadi.
Pekin Toshkent bilan ShHT doirasida hamkorlikdan manfaatdor.
0 ‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
tashkilotning Moskva sammitidagi va boshqa sammitlardagi tashab-
busining Xitoy sobiq rahbari Xu Szintao tomonidan ‘qo‘llab-quv-
vatlanishi ushbu davlatning 0 ‘zbekiston bilan manfaatli aloqalarni
qo‘llab-quwatlash tarafdori ekanligiga yaqqol misol bo‘la oladi.
Xitoy ShHT doirasida 0 ‘zbekiston xatti-harakatlariga nisbatan hech
qachon tanqidiy munosabat izhor etmagan.
Xitoyda Toshkentda ShHT MATning ochilishi to‘g‘risidagi qaror
0 ‘zbekistonning Markaziy Osiyoda terrorizm, separatizm va eks-
tremizmga qarshi kurashdagi muhim rolini tan olish deb ta’kidlashadi
va amalda 0 ‘zbekistonning mintaqada ushbu tahdidlarga qarshi
kurashni muvofiqlashtirish maqomini tan olishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |