136
4.2.Nutq madaniyatini ta’minlovchi xususiyatlar
So‘z bilan ifodalangan har qanday fikr-
ta’sir ko‘lami tugamaydigan kuchdir.
L.N.Tolstoy
Tayanch iboralar:
Adabiy til, til boyliklari, nutq uslublari, so‘zlashuv uslubi,
rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub,til tizimi, uzus, uzual so‘zlar,
umumiy me’yor, uzual me’yor, adabiy me’yor, fonetik me’yor, talaffuz me’yori, so‘z
yasash me’yorlari, morfologik me’yorlar, sintaktik me’yorlar, uslubiy me’yorlar,
lug‘aviy me’yorlar, agglyutinatsiya, singarmonizm.
Adabiy
til
– harbir madaniyatli insonning bir-biri bilan o‘zaro
komunikativ(aloqaviy) munosabatining yuksak namunasidir.
Adabiy til va adabiy
me’yor nutq madaniyatining asosiy tekshirish ob’ekti sanaladi. Binobarin, o‘zbek nutqi
madaniyatini yanada yuksaltirish uchun, eng avvalo, o‘zbek adabiy tili, uning me’yoriy
qonuniyatlarini o‘rganishimiz, nutqning madaniy-namunaviy ko‘rinishlarini
yanada
takomillashtirimiz va yaxshilashga intilmog‘imiz lozim.
Tilning leksik, fonetik, grammatik jihatdan ma’lum bir me’yorga keltirilgan,
qat’iylashgan va sayhallashgan qismiga adabiy til deyiladi.
Hozirgi paytda radio-
televidenie, matbuot, oliy yig‘in va majlislar adabiy tilda olib boriladi. O‘zbekiston
Respublikasi Asosiy Qomusining birinchi, “O‘zbek tiliga
Davlat maqomi berilishi
to‘g‘risida”gi Qonunning to‘rtinchi moddalarida ham “O‘zbekiston Respublikasining
davlat tili o‘zbek tilidir” degan qonunlarida ham o‘zbek adabiy tili nazarda tutilgan.
Til – kishilarning aloqa vositasidir. Tildan foydalanuvchi jamoa yoki ma’lum bir
millat vakillarining
bir- birlarini tushunishi, anglashi uchun muayyan qonun-qoidaga
asoslangan, jamoat ko‘nikmasiga aylangan yagona aloqa-
aralashuv vositasi mavjud
bo‘lishi lozim. Chunki o‘zbek tili ham turli ijtimoiy ko‘rinishlarda, turli xil shakllarda
xizmat qiladi. Masalan, o‘zbek tili ichida adabiy tildan tashqari, xalq so‘zlashuv tili,
shevalar, jargon, argo, kasbiy so‘zlar ham mavjudki, ular jamiyatdagi ma’lum toifa va
137
guruhlarga xos so‘zlar sanaladi. Bunday lisoniy birliklar
hammaga ham tushunarli
bo‘lavermaydi, ularning ma’nosini anglash qiyin. Shu nuqtai nazardan, o‘zbek tilidagi
so‘zlar me’yoriy jihatdan ikki turga bo‘linadi.
1. Umumiy me’yor
2. Xususiy me’yor
Umumiy me’yor-ma’lum til, o‘zbek tilining barcha ko‘rinishlarida
qo‘llaniladigan me’yoriy tizimning yig‘indisidan iborat. Buni quyidagi jadvalda
ko‘rsatish mumkin:
Shunday qilib, umumiy me’yor – xususiy me’yorlardan tashkil topadi. Xususiy
me’yorni ikki guruhga ajratish mumkin.
Adabiy me’yor yoki adabiy bo‘lmagan me’yor, umuman,
har qanday nutqni
baholashning ikki xil o‘lchash mezoni mavjud:
1. Adabiy til me’yori mezoni. 2. Adabiy til bo‘lmagan nutq mezoni yoki uzus mezoni.
Do'stlaringiz bilan baham: