M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat


Til – rivojlanuvchi va boyib boruvchi xususiyatga ega



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

Til – rivojlanuvchi va boyib boruvchi xususiyatga ega. 
To‘g‘ri, tildagi ayrim 
so‘zlar uzoq davr yashasa-da, ma’lum vaqtdan so‘ng aloqa-aralashuvdan to‘xtaydi. 
Bunday so‘zlar eskirgan so‘zlar sanalib bugungi kunda ular nutqimizda qo‘llanilmaydi. 
(Masalan, yog‘iy-dushman, jumhuriyat-respublika, mirshab-militsiya, qozi-sud’ya va 
boshqalar). Til jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Bugungi kunda 
mamlakatimizda iqtisodiy va texnikaviy rivojlanishi natijasida menejer, broker, 
modernizatsiya, tarif, uyali telefon, kompyuter, innovatsiya, texnologiya kabi bir 
qancha yangi so‘zlar qo‘llanilmoqda. U ichki manbalar asosida rivojlanuvchi, boyib 
boruvchi sanaladi. Masalan, ”oylik” so‘zi faqat “maosh” ma’nosini bildirgan bo‘lsa, 
hozir bir oyda chiqadigan jurnalning nashriy davrini ham anglatadi. Masalan, maktab-
ta’lim-tarbiya va ilm maskani ma’nosida qo‘llansa, endilikda “Sportchilar maktabi”, 
”Ota-onalar maktabi”, ”Kelin-kuyovlar maktabi”, ”Ustoz maktabi”kabi muayyan 
yo‘nalishdagi ta’lim-tarbiya, saboq va maslahat beradigan maskanlar ma’nosini ham 
izohlaydi.


134 
Xullas, til, yuqorida ta’kidlaganimizdek, tashqi va ichki manba asosida doimiy 
rivojlanib, boyib boradi.
Til madaniyati va nutq madaniyati bir-biri bilan bevosita bog‘liq. Lekin ularning 
farqlanuvchi tomonlari mavjud. Nutq til orqali nash’u namo topgani singari til ham 
nutqsiz kamol topa olmaydi. Qaysiki, tildagi so‘zlar nutq jarayonida “jon oladi”, 
tiriklik kasb etadi. Tildagi qo‘llanilmay qolgan so‘zlar bora-bora o‘ladi. SHuning 
uchun ham har bir til egasi (millat egasi - S. a)ham o‘z tilidagi so‘zlarni o‘rinli, go‘zal 
tarzda jo‘yali tarzda qo‘llasa, bu ish ona tilimizga nisbatan kishilarning nafaqat mehr-
muhabbati, balki millatsevarligi, vatanparvarligini ham aks ettiradi. CHunki til 
ajdodlarimizning bizga qoldirgan ma’naviy merosidir. Biz uni boyitib, go‘zallashtirib, 
kelgusi avlodga yetkazmog‘imiz lozim va shart.
Nutqning madaniyligini uning kommunikativ (aloqaviy) sifatlari belgilaydi. 
To‘g‘ri, aniq, mantiqiy, ifodali, jo‘yali va ta’sirchan (bu sifatlar ustida alohida 
to‘xtalamiz) shu kabi nutq sifatlari nutq madaniyatini yuzaga chiqaruvchi vositalardir. 
Bundan tashqari, insoniylik fazilatlariga asoslangan nutq ham madaniylik ko‘zgusi 
sanaladi. Xushmuomalalik, samimiylik, odob qoidalariga bo‘ysungan nutq o‘zaro 
muomala, munosabatning yuksak ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Bularning barchasi 
kishilarning bir-biriga yaxshi so‘zdan foydalanib, samimiy muomalaga kirishishni 
anglatadi. Shuning uchun ham A. Navoiy bu haqda shunday degan edi: 
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar 
Har neki ag‘yor durur yor aylar 
So‘z hattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar 
Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar 
Nutqning madaniyligi uning adabiy tilga asoslanganligidir. Tilning lug‘aviy, 
fonetik va grammatik jihatdan ma’lum bir qolipga keltirilgan, qoidalashtirilgan, 
qat’iylashgan va sayhallashgan tilga 
adabiy til
deyiladi.
Adabiy tilni atroflicha bilgan, unda amaliy ish ko‘ra oladigan, muomala 
munosabatda faqat shu tilda so‘zlasha oladigan kishigina madaniyatli inson nomiga ega 
bo‘la oladi. Chunki Respublikamizda Oliy Majlis yig‘ilishlari, radio, televidenie, 
matbuot va jamoat joylaridagi yig‘in, majlislar adabiy tilda olib boriladi. Ushbu fanni 


135 
o‘rganishdagi asosiy maqsadimiz ham adabiy tilni chuqur o‘rganish va ana shu 
sayhallashgan tilda ish ko‘ra olish malakasi va ko‘nikmasiga ega bo‘lishdir.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish