Bitta so‘zga nutqning barcha uslublarida matn tuzish
Javob: Tanlangan so`z: Til
Ilmiy uslubga xos matn.
Til jamiyatga, ya’ni odamlaming o‘zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi. Odamlar til vositasida o`zaro fikr almashadilar. Chunki til-muhim aloqa vositasi hisoblanadi.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo`lmaydi.
Rasmiy uslubga xos matn:
O`zbekiston Respublikasining davlat tili – o`zbek tilidir. O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
(O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-modda)
Publitsistik uslubga xos matn:
Til – inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining quroli va harakatlantiruvchi kuchi, bu faoliyat natijasi sifatidagi tajribalarning jamlovchisi va saqlovchisi, kishilar o‘rtasidagi, ajdod va avlod orasidagi bilim-u axborot «oldi-berdisi»ning timsolsiz ta’minlovchisi. U yo‘qolsa, tamaddun tugaydi, u salomat bo‘lmasa, millat sochilib ketadi. Shuning uchun esi o‘zida xalq, erki o‘zida davlat til muhofazasini muhtasham maqsad deb biladi, uni taraqqiy qildirish qayg‘usini bir on unutmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |