2. Adabiy til – umumxalqiy tildir
. Bu tilning butun xalq yoki millat uchun
yagona va umumiy ekanligi anglashiladi. CHunki xalq har bir faoliyatida: o‘quv
o‘qitish ishlari, matbuot, ilmiy-adabiy anjuman va yig‘inlarda faqat shu tilda ish
ko‘radi. Hatto o‘zaro muomalada ham adabiy tilda gaplashishga intiladi. Xalqning
hayoti, ilmiy, madaniy hayotiga singib boradi.
3. Adabiy til – umummajburiy tildir.
Chunki bu tilda gaplashuvchilar ixtiyoriy
tarzda shu milliy madaniyatni adabiy tilda muloqot qilib, o‘rganishda o‘zlarida zarurat
his qiladilar. Adabiy tilda faoliyat ko‘rsata olmaslik madaniyatsizlik belgisi sanaladi.
Bundan tashqari, adabiy til- shu millat tilining shakllanishida til me’yorlarining bir
butunligini namoyon etuvchi vosita sanaladi. Binobarin, o‘zbek adabiy tilidagi
grammatik vositalar: kelishiklar bilan turlanishi, tuslanish qo‘shimchalarining og‘zaki
va yozma shaklda qo‘llashda ma’lum bir qoida asosida qo‘llash qonuniy tarzda
belgilangan. Chunki o‘zbek tilining orfografik (imlo)qoidalari yozma nutq uchun asos
bo‘lganidek, unga to‘g‘ri amal qilmaslik yozma nutq madaniyatining ham buzilishiga
olib keladi.
139
Do'stlaringiz bilan baham: |