122
maqsadi va mohiyati jihatidan yanada boyib, u talabalarga adabiy til me’yorlarini
o‘rgatib qolmasdan, adabiy til uslublarini egallash, bu adabiy til uslubidan
foydalanishga erishish, shu asnoda nutqning to‘g‘riligi,
aniqligi, ifodaliligi,
ta’sirchanliligi va sofligi xususida ilmiy tushunchalar berishdan iboratdir. Nutq
jarayonida tilning badiiy tasviriy vositalaridan foydalanish, unda so‘z kuchi va
qudratini his qilishga o‘rgatish vazifalari bilan bir qatorda bo‘lajak o‘qituvchining
pedagogik faoliyatida nutq go‘zalligi, jozibadorligi, turli nutq uslublarida ish ko‘ra
olishi yuksak madaniyat asosi ekanligi ham yoritiladi. Shu asnoda bu fan orqali
ularning jamiyatdagi o‘rinlarini topib olishdagi xizmati va roli oydinlashtiriladi.
Bundan
tashqari, nutq madaniyati nafaqat uning ko‘rkamligi bilan, balki milliy
madaniyat zaminidan nur olganligi tufayligina urf-odat, ajdodlarimizdan bizga meros
bo‘lib qolgan umriboqiy qadriyatlar, an’ana va etiketlarga yo‘g‘rilganda yanada
ma’naviy darajaga etishi asoslanadi. Ularda yuksak nutq madaniyati ruhini tarbiyalash,
adabiy til me’yorlari qoidalari asosida faoliyat ko‘nikmasini
kamol toptirish, shu
asosda milliy urf-odat, qadriyat va etiqodlarimizni anglagan holda notiqlik san’ati
malakalarini ham egallashga xizmat qiladi. Bu talablar bilan qaraganda, ushbu fanning
maqsadi va vazifalari nihoyatda keng va murakkab bo‘lib, uning alohida xususiyatlari
namoyon bo‘lmoqda.
Inson bu ko‘hna olam qo‘ynida yashar ekan, u shu jamiyat kishilari bilan
muloqotga kirishib, munosabat ko‘rsatishga majburdir. Zero, har bir insonning
boshqalar, yoki ko‘pchilik bilan munosabati
nutq orqali yuzaga chiqadi, shu asnoda
uning aql-zakovati, madaniyati va ma’naviyati namoyon bo‘ladi. Nutq til birliklari
asosida yuzaga keladi. Til esa, asl ma’noda moddiylik kasb etadi (lug‘aviy manosi –
nutq azosi hisoblanib, kishilarda nutq tovushi hosil qiladigan vosita), ikkinchi manosi
ham madaniyatga taalluqli bo‘lib, u ajdodlarimizdan bizlargacha yetib kelgan manaviy
meros sanaladi. Yoxud o‘zbek tilidagi lug‘at - so‘z manbasining umumiy yig‘indisidir.
Uchinchi manosi ijodiy mazmun kasb etib, so‘z manbasidan qanday va qay tarzda
foydalanib, nutq faoliyatimizdagi xatti-harakatimiz, aql-zakovatimiz, ruhiy holatimizni
ifoda etuvchi jarayon anglashiladi. Ko‘rinadiki, ikki manba
faoliyat doirasi asosida
so‘z yotadi. So‘z – inson faoliyati, hayoti uchun to‘g‘ri, aniq mano kasb etib muomala-
123
munosabatda qo‘llansagina, u jon oladi, “tiriladi”. So‘z - muomala, suhbatda
qatnashmasa, umri hisharib boradi. Demak, har bir so‘z ham inson kabidir, lekin
insondan ko‘p yashaydi, uning mehri bilan avloddan- avlodga meros bo‘lib qolaveradi.
Shuning uchun so‘z
manosini his qilish, uning kuch- qudratini anglash, u orqali bir-
biriga ijobiy tasir ko‘rsata olish esa inson madaniyati darajasini belgilaydi. Ulug‘
mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy so‘z kuchi, qudratini his qilib unga shunday baho
bergan edilar:
Do'stlaringiz bilan baham: