M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

So‘zdin o‘likning tanida ruhi pok,
Ruhdagi tan aro so‘zdin halok.
(Ma’nosi: so‘z orqali o‘lik kishiga ruh, tanadagi ruhga esa o‘lim ham keltirish 
mumkin). 
So‘z – ilmiy, badiiy adabiyotlarda til va nutq ma’nosida ham qo‘llanib keladi. 
Hozirgi kunda so‘z va til o‘zaro so‘zlashuv uslubida, munosabatda, nutq esa ilmiy 
uslubda ko‘proq qatnashadi. Nutq o‘zaro muomala munosabatda “gapirish”, 
“suhbatlashish”, “so‘zlashish” ma’nolari bilan ifodalanadi. Shuning uchun 
“Gapirganda bilib gapir, tilingni (so‘zingni) tiyib gapir”, “Birov bilan so‘zlashganda 
ehtiyot bo‘l“, “Suhbat odobing ” kabi iboralar aslida nutq ma’nosini anglatadi. Chunki 
nutq ikki yoki undan ortiq gapning mazmunan va grammatik jihatidan hosil bo‘lgan 
fikrlar majmuasidir. Nutqning eng kichik birligigap. Ulug‘ alloma va shoirlar o‘zaro 
munosabatda nutq go‘zalligini nafaqat mazmunli gap tuza olish, balki uni odob, 
madaniyat, aql- zakovat bilan “bezab”, bayon etishga davat etganlar. So‘z sohibqironi 
Alisher Navoiy “Tiling birlan ko‘nglingni bir tut ” deb bejiz aytmaganlar. Chunki, qalb 
–odamning botiniy ko‘rinishi. Qalb birdaniga ma’nan boyimaydi, u atrofdagi muhitni 
tahlil etish, uni ruhiy – hissiy anglash orqali yashnab boradi. Inson gapirayotganda 
uning aql –zakovati, odobi, muomalasi bilan birga qalbi ham namoyon bo‘lib turadi. 
Yaxshi muomala kishilarga saxovat, yaxshilik ko‘rsatishdir. Zero, Alisher Navoiy: 
So‘zdadur har yaxshilikki, imkoni bor,
Mundin depturlarkim, nafasning joni bor 
deganlarida ana shu ma’no yotadi. Bundan tashqari, xalqimizda “Yaxshining so‘zi 
moy, yomonning so‘zi -loy” “Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar”, “Yaxshi 


124 
so‘z bilan ilon inidan chiqar” kabi mahollarda ham yaxshi til, shirin muomala va 
ma’noga to‘liq nutq ulug‘langan. Biz ulug‘ ajdodlarning zanjiridagi bir bo‘g‘inli 
avlodimiz. Ularning urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari bilan yo‘g‘rilgan shirin, 
latofatli, nazokatli tili-so‘z boyliklarini ham keyingi avlodga eson-omon yyetkazish 
shart. Har bir so‘z nutqimizda qo‘llansa, o‘z o‘rnini topsagina, jon oladi. Tilimizdagi 
latif so‘zlarimizning umriga zomin bo‘lmaylik! Bu shafqatsizlik, ona tilimizga ajnabiy 
so‘zlarni kiritib, meros so‘zlarni anglamaslikdangina sodir bo‘ladi. Biz nutqimizni 
qanchalik go‘zallashtirsak, dilbar so‘zlarni qo‘llab, tinglovchi quloqlariga yetkazsak, 
bu bizning ulug‘ va buyuk o‘zbek millatiga, xalqimiz, ona tilimizga e’tiqodimiz, 
ehtiromimiz va vatanparvarlik xislatimizdir. Bu esa har bir o‘zbek kishisining o‘zligi, 
millatparvarlik va milliy mentalitetidir.
Kishilarga tushunarli, mantiqli va yoqimli nutq orqali ta’sir eta olish nutq 
madaniyatining go‘zal namunasi sanaladi. Nutq jarayonida til shakllari va birliklaridan 
ilmiy jihatdan to‘g‘ri, mantiqiy jihatdan aniq foydalana olsak, bu til go‘zalligini his 
qilish- til madaniyatiga erishish hisoblanadi. Demak, til va nutqni qiyoslaganda ularni 
quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini bir-biridan ajratish mumkin: 
1.Til aloqa materiallari- nutq esa aloqa shakli.
2.Tilni xalq yaratadi- nutqni esa bir shaxs yaratadi.
3.Tilning hayoti uzoq xalq hayoti bilan bog‘liq, nutqning hayoti qisqa, u aytilgan 
paytda mavjud (yozma nutq bundan mustasno).
4.Shaxs ayni zamonda bir necha tilni bilishi mumkin; chunki u vaqt va o‘rin bilan 
bevosita bog‘langan. Shaxsning nutqi ayni zamonda bitta bo‘ladi; chunki, u ma’lum 
vaqtda va ma’lum o‘rinda yuz beradi.
5.Tilning hajmi noaniq-nutqning hajmi aniq; u dialog, monolog, ayrim matn yoki kitob 
shaklida nutqda namoyon bo‘ladi.
6.Til to‘g‘ri statik( ma’lumotlarga asoslangan) hodisa-nutq harakatda bo‘luvchi, 
dinamik (asta-sekin rivojlanuvchi) hodisa. (Usmon S. Umumiy tilshunoslik. -T: 
“O‘qituvchi” , 1972, 151-bet).
Nutq madaniyatiga erishish-o‘qituvchining yuksak faoliyati namunasidir. 
SHuning uchun ham u ustoz maqomiga ega bo‘ladi. Ustozlar haqida buyuk mutasavvuf 


125 
olim Abu Homid G‘azzoliy shunday deydi:”Ustoz haqqi ota-ona haqqidan ham 
ko‘proq bo‘ladi. Chunki ota-ona dunyoga kelishiga sababchi bo‘lsa, ustoz esa oxirat 
binosining tiklanishiga asosiy sababchidir”. SHunday ekan, o‘qituvchining bu darajaga 
erishuvi uning yuksak nutq madaniyati va insoniy fazilatlarga egaligi asosida yuzaga 
keladi. Umuman aytganda, o‘qituvchining ustoz darajasiga etib, o‘quvchi qalbiga 
cheksiz his- tuyg‘u uyg‘ota olishi, havas va hayrat tuyg‘usini jo etishi, unga namuna 
bo‘lishi ustozning til madaniyatini qay darajada bilishi va nutqda so‘zdan mahorat 
bilan foydalana olishiga bog‘liqdir.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish