Elektrodlar metallining kimyoviy tarkibi, %
Elektrodlar markasi
|
W,
kamida
|
Qo‗shimchalar
|
Aralashma lar, ko‗pi bilan Al, Fe, Ni, Si,
Ca, Mo (jami)
|
La2O3
|
Y2O3
|
ThO2
|
Ta
|
ЭВЧ
|
99,92
|
-
|
-
|
-
|
-
|
0,08
|
ЭВЛ
|
99,95
|
1,1-1,4
|
-
|
-
|
-
|
0,05
|
ЭВИ-1
|
99,89
|
-
|
1,5-2,3
|
-
|
-
|
0,11
|
ЭВИ-2
|
99,95
|
-
|
2,0-3,0
|
-
|
0,01
|
0,05
|
ЭВИ-8
|
99,95
|
-
|
2,5-3,5
|
-
|
0,01
|
0,05
|
ЭВТ-15
|
99,91
|
-
|
-
|
1,5-2,0
|
-
|
0,09
|
Izoxlar:
Jadvalda ko‗rsatilgan tantalning, lantan, ittriy va toriy oksidlarin- ing massa bo‗yicha ulushlari volframning massa bo‗yicha ulushiga kira- di.
ЭВЛ markasi uchun nikel aralashmalar yig‗indisiga kirmaydi.
Lantanlangan va ittiriylangan volframdan qilingan 1-dan 4mm gacha diametrli erimaydigan elektrodlar eng ko‗p qo‗llanilmoqda. Toriylangan volframdan tayyorlangan elektrodlar biroz radioaktivligi tufayli ulardan foydalanish ma‘lum darajada cheklangan.
Har bir elektrodda rangli markirovka bo‗lishi lozim. Elektrodlar markirovkalarining rangi quyidagichadir:
Elektrodlar markasi
|
Markirovka rangi
|
ЭВЧ
|
Markalanmaydi
|
ЭВЛ
|
Qora
|
ЭВИ-1
|
Ko‗k
|
ЭВИ-2
|
Binafsharang
|
ЭВИ-3
|
YAshil
|
ЭВТ-15
|
Qizil
|
Marka, elektrod uchlaridan biriga uning tagiga yoki tagi yaqinidagi yon yuzasiga 5 – 10mm uzunlikda yozib qo‗yilgan bo‗lishi zarur.
Nazorat savollari
Payvandlash simlari qanday rusumlanadi?
Elektr yoy payvandlash uchun erimaydigan elektrodlar qanday tasniflanadi?
Mis va mis qotishmali simlar qanday rusumlanadi?
Alyuminiy qotishmalarini payvandlashda payvandlash simlari qanday turlarga ajratiladi?
Volfram elektrodlar qanday turlarga ajratiladi?
Erimaydigan grafit elektrodlar qanday xolatlarda qo‗llaniladi?
3-BOB. PAYVANDLASH VA ERITIB QOPLASH UCHUN KUKUNLI SIMLAR HAMDA TASMALAR
Payvandlash va eritib qoplash uchun kukunli simlar
Kukunli sim uzluksiz elektrod bo‗lib, metall qobiqdan va uning ichidagi kukun o‗zak (kukun to‗ldirgich) dan tashkil topadi.
Po‗latlarni, qotishmalar va cho‗yanni payvandlash va eritib qoplashga mo‗ljallangan simlarning aksariyati uchun qobiq sifatida sim shakllanishi va uni cho‗zish uchun zarur bo‗lgan yuqori darajadagi plastiklikka ega bo‗lgan kam uglerodli po‗latdan olingan 0,2 – 0,8mm qalinlikdagi sovuqlayin prokatlangan tasma xizmat qiladi. Rangli metallarni eritib qoplash va payvandlash uchun kukunli simlar tayyorlashda mos tarkibli metalldan qilingan tasmadan foydalaniladi.
Simning o‗zagi payvandlash jarayoni barqaror va turg‗un kechishini va talab etiladigan foydalanish tavsiflariga ega bo‗lgan birikmalar hosil bo‗lishini ta‘minlovchi minerallar, rudalar, metallar, ferroqotishmalar va boshqa moddalar kukunlari qotishmasidan iborat.
O‗zakning komponentlari vazifasiga ko‗ra gaz hosil qiluvchi, shlak hosil qiluvchi, barqarorlashtiruvchi va legirlovchi materiallar, kisloroddan tozalovchilar hamda maxsus qo‗shimchalarga bo‗linadi. Ko‗pgina materiallar payvandlash jarayonida bir necha vazifalarni bajaradi.
Gaz hosil qiluvchi materiallar payvandlash zonasida gaz fazasini yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi, bu faza payvandlash vannasi yuzasidan havoni so‗rib chiqaradi va suyuq metallni metallurgiya nuqtai nazaridan zararli gazlar (azot, vodorod) dan himoya qiladi. Gaz hosil qiluvchi materiallar sifatida ishqorli va ishqorli-er metallar karbonatlari (marmar, magneziy, suvsizlantirilgan soda), organik moddalar (sellyuloza, kraxmal, yog‗och uni) dan foydalaniladi.
SHlak hosil qiluvchi materiallar payvandlash shlaki hosil qilish uchun qo‗shiladi, bu shlak metallurgik va texnik vazifalarni bajarib xususan payvand chok yaxshi shakllanishini ta‘minlaydi. Metallar tuzlari va ularning minerallar hamda rudalar (rutil, kremnezem, glinozem, alyumosilikatlar, marmar, magneziy va boshqalar) ko‗rinishdagi birikmalari, ftoridlar hamda ishqorli metallar oksidlari shlak hosil qiluvchi materiallar hisoblanadi.
Kisloroddan tozalovchilar (raskisliteli) sifatida kislorodga juda yaqin bo‗lgan aktiv metallar qo‗llaniladi. Bu metallar o‗zak tarkibiga fer-
roqotishmalar (ferromarganets, ferrosilitsiy, ferrotitan va boshqalar) va metall kukunlari ko‗rinishida qo‗shiladi.
CHok metallini zarur hossalar bilan ta‘minlaydigan legirlovchi mate- riallardan ferroqotishmalar va metall kukunlari (ferroxrom, ferrovolf- ram, ferrovanadiy, xrom, molibden, nikel va boshqalar) ko‗rinishida ham foydalaniladi. Legirlash vazifalarini materiallar - kisloroddan toza- lovchilar ham bajaradi.
Barqarorlashtiruvchi materiallar payvandlash rejimlarining keng dia- pazonida yoyning barqaror va turg‗un yonishini ta‘minlashga mo‗ljallangan. Bu maqsadda ionlash imkoniyati past bo‗lgan elementlar birikmalaridan foydalaniladi, ular, qoidaga ko‗ra, gaz hosil qiluvchi va (yoki) shlak hosil qiluvchi materiallarda bo‗ladi.
Maxsus qo‗shimchalar payvandlash yoki eritib qoplash jarayoniga qo‗shimcha ravishida bilvosita ta‘sir ko‗rsatish uchun xizmat qiladi. Bunday qo‗shimchalar sifatida korroziya ingibitorlari (simning metall tashkil etuvchilari zangidan himoyalash uchun), temir kukuni ishlatiladi. Temir kukuni ko‗pgina kukunli simlarning majburiy komponenti xiso- blanadi, chunki u payvand chok hosil bo‗lishida qatnashadi, jarayonning unumdorligini oshiradi.
Umuman olganda kukunli simlarning o‗zaklari o‗z tarkibiga ko‗ra besh turga: rutilli-organik, karobnat-flyuoritli (asosiy), flyuoritli, rutilli va rutil-flyuoritli turlarga kirishi mumkin.
Kukunli sim tayyorlashda uning o‗zagi kompozitsiyasi aniqlabgina qolinmasdan, balki kesimining eng maqbul konstruksiyasi ham tan- lanadi. Eritib qoplanadigan kukunli simlar uchun asosan qobiqning sod- da: naychasimon yoki naxlestli naychasimon konstruksisi qo‗llaniladi.
Kukunli simlar payvandlash vannasini himoyalamasdan yoki gaz yoxud flyus bilan qo‗shimcha himoyalagan holda payvandlash va eritib qoplash uchun ishlatiladi. Qo‗shimcha himoyalashni talab qilmaydigan simlar o‗zi himoyalaydigan simlar deb ataladi, bunda metallning gaz va shlak bilan himoyalanishi ulardagi gaz hosil qiluvchi hamda shlak hosil qiluvchi materiallarning tarkibiy qismlarga ajralishi (dissotsiatsiyasi) va erishi hisobiga amalga oshadi.
Payvandlash yoki eritib qoplash ishlarini boshlashdan oldin kukunli simni me‘yoriy yoxud texnologik hujjatlarda ko‗rsatilgan rejimlarda qizdirish lozim.
Ko‗pgina, ayniqsa kukunli payvandlash simlaridan mexanizatsiya- lashtirilgan va avtomatlashtirilgan payvandlash jarayonlarida foyda- lanish mumkin. Aksariyat markalardagi simlar bilan payvandlash va eri-
tib qoplash ishlari teskari qutbli o‗zgarmas tokdan foydalanib amalga oshiriladi. Kukunli simlar ishlatilganda payvandlash va eritib qoplash ishlarining unumdorligi bu ishlarni qo‗lda bajarishdagidan 1,5 – 4 ba- rovar ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |