1. Vahhobiylikning yuzaga kelishi va asosiy g‘oya!ari
Vahhobiylik paydo bo‘lishi arafasida Arabiston Yarim orolidagi
shart-sharoit va
vahhobiylikning
ildizlari.
Biz
bu
mavzuni
o‘rganishdan oldin vahhobiylik '.arixi haqida asosiy manba bo'lib xizmat
qilayotgan A.M.Vasilevning “ Puritane Islama?” (M.Nauka, 1967),
Yu.Abdullaevning "Vahhobiylik tarixi” (T.1999) kitoblari va Saudiya
Arabistoni tarixi bilan yaxshi tanish boMishimiz lozim. Ayni paytda,
sho‘ro davrida nashr etilgan adabiyotlarga tanqidiy yondashishni
unutmaslik maqsadga muvofjqdir.
Undan
tashqari,
vahhobiylikning
kelib
chiqishi
haqida
Yu.Abdullaevning “Maqsad asli nima edi?” ( 0 ‘zbekiston adabiyoti va
28
san’ati, 1998 yil 27 mart), H.Hotamov, Sh.Hamroevlaming “K o‘ngildagi
buzilish” (Xalq so‘zi, 1998 yil 4,5,7 mart) maqolalar turkumida qimmatli
m a’lumotlar bor.
Vahhobiylik haqida evropaliklar, shuningdek,, arab, turk, rus
sharqshunoslari XIX asrdayoq yirik tadqiqotlar yaratishgan bo‘lsa-da, bu
haqda bizning matbuotimizda yaqin vaqtlargacha to‘la m a’lumot
beruvchi asar yoki maqolalar chop etilmagan. Vahhobiylikning o ‘zi
haqida keyingi yillarda ba’zi kishilar og‘zidan yarim yorti m a’lumotlar
eshitilgan yoki din vakillari Imom A ’zam mazhabiga qarshi fikrlar
aytilganda muxoliflarga qarshi chiqqanlarini hisobga olmaganda,
ko'pchilik aholi bu harakat yoki oqim haqida etarli m a’lumotga ega emas
Shuning uchun ham, vahhobiylikning ildizlariga nazar solish, uning
kelib chiqish sabablarini tahlil qilish zarur.
Albatta, har bir hodisaning vujudga kelishiga aniq omillar sabab
bo‘ladi. Bu fan tilida ob’ektiv yoki sub’ektiv sabablar, yoki hodisani
vujudga keltirgan vaziyat, deb yuritiladi. Vahhobiylikning paydo
bo‘lishiga ham o ‘ziga xos sabablar bor edi.
Vahhobiylik paydo bo‘lishi arafasida Arabiston Yarim orolida
feodal, yarim qullik munosabatlari xukm surardi. Viloyatlarda sinfiy
bo‘linish, karta belgilari, ko‘chmanchi qabilalar o ‘rtasida o‘zaro
birodarqushlik urushlari davom etardi. Shu sababli, mamlakatni yagona
markazga birlashtirish ijtimoiy zarurat edi.
Ikkinchidan, Arabiston Yarim oroli bu davrda, garchi, rasmiy
mustaqil hisoblansa-da, Usmon imperiyasi tarkibida bo‘lib, bu saltanat
yildan-yilga yemirilib bormoqda va uning tarkibidagi hududlar
mustaqillik uchun harakat boshlagan edilar.
Uchinchidan, butun Arabiston Yarim orolida Usmonli turklar
hukmronligi davrida hanbaliy mazhabiga zid o'laroq, bir qator
“yangiliklar” kirgan edi. Jumladan, muqaddas joylarga, ya’ni Islomdagi
sahobalar, yirik diniy arboblar, avliyolar, so‘fiylarga sig'inish avj oldi.
So‘fiylar musiqani tashviqot qildilar va ulaming yig‘inlari musiqasiz
o‘tmas edi. Ko‘p joylarda tarkidunyochilik, bangilik, folbinlik,
yulduzlarga qarab bashorat qilish, ziyoratgoh joylardan mushkulni oson
qilishni so‘rash, mozorlarga qurbonlik qilish odat tusiga kirib qoldi.
Magiya, animizm va fetishizm belgilari ham mavjud edi. Mana shunday
29
sharoitda Islomni dastlabki uch asridagi holatiga qaytarishni tashviqot
qilib vahhobiylik paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |