Pifagorchilarning fazo doktrinasiga qarshi dalillar
Parm enid bo ‘shliq yoki fazo m avjudligini inkor etgan va Zenon
ustozining pozitsiyasini m ustahkam lashga harakat qilib, qarama-qarshi
106
tom on dalillarini puchga chiqarish darajasigacha olib kelgan. Bir lahzaga
ichida turli obyektlar bor fazo m avjudligini ko‘z oldim izga keltiraylik.
A gar u b o ‘shliq, hech nim a bo ‘lsa, u holda unda hech qanday obyektning
bo ‘lishi m um kin emas. A gar u qandaydir moddiy narsa bo‘lsa, unda
uning o ‘zi fazoda joylashgan bo ‘lishi kerak, bu fazo esa boshqa fazoda
joylashgan b o ‘lishi va bu holat cheksiz davom etishi kerak. Lekin bu
puch gap. Shunday qilib, obyektlar fazoda ham, b o ‘shliqda ham
boMmaydi va Parm enid b o ‘shliq m avjudligini inkor etganda haqdir.
Harakatga oid dalillar
Zenonning harakatga oid aporiyalari
m ashhurdir. Zenonning
quyidagilarni isbotlashga urinishini esga olish lozim: m avjudligini
Parm enid inkor etgan harakat pifagorchilar k o ‘plik nazariyasi nuqtai
nazaridan olinib qaralganda ham, birdek m um kin emas.
1. Faraz qilaylik, siz stadionni yoki yugurish y o ‘lakchasini kesib
o ‘tmoqchisiz. Buni qilish uchun pifagorchilar faraziga m uvofiq cheksiz
sonli nuqtalam i bosib o ‘tishingiz lozim. Boz ustiga, agar siz stadionning
qaram a-qarshi tom oniga yetib borm oqchi b o ‘lsangiz, uni cheklangan
vaqt davom ida am alga oshirishingiz zarur. Lekin siz cheksiz sonli
nuqtalarni, boshqa s o ‘z bilan aytganda, cheksiz m asofani vaqtning
cheklangan kesm asida bosib o ‘ta olmaysiz. Stadionni kesib o ‘ta
olm asligingiz haqidagi xulosa o ‘z-o ‘zidan kelib chiqadi. Bundan
tashqari, hech bir obyekt hech qanday m asofani bosib o ‘ta olmaydi
(chunki u shu singari m uam m oga to ‘qnash keladi) va demak, hech
qanday harakat m avjud emas.
2.
Faraz
qilaylik,
Axill
va
toshbaqa
yugurish
b o ‘yicha
m usobaqalashm oqchi. Axill sportchi b o ‘lgani uchun toshbaqani oldinga
o ‘tkazadi. A xill harakatining boshlanish jo y ig a yetguncha toshbaqa
boshqa nuqtaga k o ‘chgan b o ‘ladi, Axill bu nuqtaga ham yetganda
toshbaqa yana ozgina m asofaga b o 'lsa-d a siljiydi. Shunday qilib, Axill
doimo toshbaqaga yaqinlasha boradi, biroq unga tenglasha olm aydi - v a
agar chiziq cheksiz sonli nuqtalardan tashkil topgan, deb faraz qilsak,
Axill hech qachon toshbaqani quvib yeta olmaydi, chunki, bunday holda
Axill cheksiz m asofani bosib o ‘tishiga to ‘g‘ri keladi. A gar pifagorchilar
farazini qabul qilsak, Axill hech qachon toshboqani quvib yeta olmaydi;
va, garchi ular harakat m avjudligini e ’tiro f etishsada, ularning o ‘z
doktrinasi bunday emasligini nam oyish etadi. Zero, undan kelib
chiqadigan xulosa shundan iboratki, sekin yuruvchi. chaqqon qanday
tezkor bo" Isa, u ham shunday tezkordir.
107
3. Uchib borayotgan o ‘qni ko‘z oldim izga keltiraylik. Pifagorchilar
nazariyasi bo‘yicha, o ‘q fazoda m a’lum bir holatga ega bo ‘lishi kerak.
Biroq, fazoda muayyan holatga ega b o ‘lish degani sukunatda qolishni
bildiradi. Bundan uchayotgan o ‘q o ‘z joyida turibdi degan xulosa
chiqadi, bu esa puch gapdir.
4. Aristotel xabar berganidek, Zenonning to ‘rtinchi dalilini, ser
Devid Ross so‘zlariga k o ‘ra, “tushunish ju d a qiyin, qisman buning
sababi A ristotelning noaniq bayon qilishi bilan bog‘liq b o ‘lsa, qisman
bitikni turlicha talqin qilish m um kinligidadir” . Stadionda yoki yugurish
y o ‘lakchasida turishgan uch guruh sportchilarni k o ‘z oldimizga
keltiraylik. Guruhlardan biri harakatda emas, qolgan ikkitasi bir-biriga
qarshi birdek tezlikda harakatlanm oqda.
M uayyan holatni egallashi uchun В guruhinig dastlabki sportchilari
A guruhining to ‘rtta sportchisi yonidan yugurib o ‘tib ketishdi, bu paytda
S guruhining birinchi sportchilvari В guruhining barcha sportchilari
yonidan yugurib o ‘tishdi. A gar bir uzunlik birligini bosib o ‘tish uchun
bir vaqt birligi talab etiladigan b o ‘lsa, u nda quyidagi chizmadagi holatga
erishish uchun В guruhining birinchi sportchilari uchun С guruhi
sportchilariga ketadigan vaqtning roppa-rosa yarmi kerak bo ‘ladi.
B oshqa tom ondan olganda, В guruhining birinchi sportchilari С
guruhining barcha sportchilari yonidan o ‘tgani singari, bu guruhning
birinchi birinchi sportchilari В guruhi sportchilari yonidan o ‘tib ketishdi.
Demak, ular bunday harakatni vaqtning bir xil kesmasida am alga
oshirishi zarur edi. Biz vaqtning butun holati uning yarm iga teng degan
puch xulosaga keldik.
A
1
2
3
4
5
6
7
8
В
8
7
6
5
4
3
I
t
1
С
1
2
3
4
5
6
7
8
Zenonning bu dalillarini qanday talqin qilish kerak? Buni chiziq
nuqtalardan, vaqt esa alohida lahzalardan tashkil topadi, degan xato
m ulohazaga asoslangan oddiy sofistika yoki intellektual o ‘yin deb
o ‘ylasak, xato qilgan bo‘lamiz. Ehtimol, chiziq va vaqt diskret emas,
uzluksiz ekanligini k o ‘rsatib, boshqotirmani yechish m um kindir, lekin
Zenon ulam i uzluksiz deb hisoblagan emas. Aksincha, u chiziq va vaqt —
diskretdir, degan m ulohazadan kelib chiqadigan xulosaning puch
ekanligini isbotlashga intilgan. Parm enidning shogirdi sifatida Zenon
harakatning illyuziya ekanligi, uning b o ‘lishi mumkin em asligiga
108
ishongan. Uning keltirgan dalillarining maqsadi, hatto k o ‘plik farazi
nuqtai nazaridan ham , harakatning bo ‘lishi m um kin em asligini isbotlash
b o ‘lgan, uning m avjudligi to ‘g ‘risidagi taxm in ziddiyatli va puch
xulosalarga olib kelishiga ishongan. Zenon pozitsiyasi quyidagidan
iborat: “Reallik - bu to id irilg a n lik , yaxlit m assa va harakat unda
mum kin emas. Bizning opponentlarim iz harakat m avjudligini e ’tiro f
etadilar va uni k o ‘plik farazi orqali tushunrtirishga harakat qiladilvar.
Men bu gipotezaning harakatni tushuntirishga qodir emasligini, uning
puchligini k o ‘rsatm oqchim an” . Shunday qilib, Zenon opponentlari
nazariyasini puch deb hisoblaydi va uning dialektikasining real natijasi
Parm enid monizmini qaror toptirish emas (u hal etib b o ‘lmaydigan
ziddiyatlarga to ‘la), balki uzluksiz m iqdor konsepsiyasini qabul qilish
zarurligini nam oyish etishdan iborat.
Shunday qilib, eleychilar k o ‘plikni va harakatni rad etdilar. Faqat bir
prinsip bor — moddiy va harakatsiz borliq. Albatta, ular bizning harakat
va k o ‘plikni idrok etishim izni inkor qilmaganlar, lekin biz his etadigan
narsa - so f k o ‘rinish. Haqiqiy borliq hissiyot bilan emas, fikrlash bilan
anglanadi, tafakkur esa k o ‘plik ham, harakat ham, o ‘zgarish ham b o ‘lishi
m um kin em asligini aytadi.
Shunday qilib ilk grek faylasuflari singari, eleyliklar olamning
yagona prinsipini topishga urindilar. Biroq, biz qabul qiladigan olam —
k o ‘plik, turli-tum anlik olamidir. Ana shuning uchun ham asosiy vazifa
yagona prinsipni k o ‘plik bilan m uvofiqlashtirishdan iborat, boshqacha
aytganda, Yagonalik v a K o‘plik m uam m osini hal etishdan iborat.
Geraklit m azkur m asalani turli-tum anlik Birligi, Tafovutdagi aynanlik
doktrinasi orqali har ikkala elem entga yetarlicha baho berish bilan hal
etishga urindi. Pifagorchilar Yagonalikni ustuvor deb hisobladilar.
Eleychilar esa, aksincha, Yagonalikni k o ‘plik, turli-tum anlikdan afzal
k o ‘rd ilar127.
Do'stlaringiz bilan baham: |