745737
M. SHARIPOV
FALSAFA TARIXI
ANTIK DAVR FALSAFASI
0 ‘Z B E K IS T 0 N R E SPU BLIK A SI
O LIY VA 0 ‘R T A M A X SU S T A ’LIM VA ZIR LIG I
M IR ZO U L U G B E K N O M ID A G I
O Z B E K IS T O N MIT J J Y U N IV E R SITE TI
M . SH AR IPO V
FALSAFA
TARIXI
(“A N T IK D A V R FA L SA FA SI”)
Darslik
Toshkent
“Go To Print”
2020
ВВ К : 01(09)
UDK.-87
Sh 26
Sharipov М .
Falsafa tarixi (“A n tik davr falsafasi”).
Darslik. -
I .
“Go To Print”, 2020. - 272 b.
D arslikda Qadimgi Sharq va G ‘arb falsafasining asosiy
ta ’limotlari,
oqim lari,
y o ‘nalishlari
tarixiy
ketm a-ketlikda,
zam onaviy falsafa m uam m olari bilan b o g ‘liq ravishda ham da
m antiqan izchil tarzda bayon qilingan. lin d a Qadimgi dunyo
m ifologiyasi, old falsafa va falsafasining shakllanishi va rivojlanishi,
ularning
ijtim oiy-tarixiy
negizlari,
ontologik,
epislemologik,
m etodologik jihatlari tahliliga keng o ‘rin berilgan. Darslik bakalavr
y o ‘nalishi talabalari uchun m o'ljallangan. Undan barcha nofalsafiy
y o ‘nalishlar
talabalari
ham
“Falsafa”
kursini
o ‘rganishda
foydalanishi m umkin.
M a s’ul m uharrir:
Sh.O .M adayeva - falsafa fanlari doktori, professor
Taqrizchilar:
R.R .K arim ov - Falsafa fanlari nom zodi, dotsent
R .S h .U m a ro v a - Falsafa fanlari nom zodi, dotsent
D arslik 0 ‘zbekiston R espublikasi Oliy va o 'rta-m axsus ta ’lim
vazirligi 2017-yil 28-iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan nashrga
tavsiya etilgan.
ISB N 978-9943-6882-8-5
© “Go To P rint” nashriyoti, 2020-y.
SO‘ZBOSHI
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ta’lim va ilm-fan,
davlatimizning yoshlarga oid siyosatini hayotga tatbiq etish jamiyatimiz
va mamlakatimiz kelajagini belgilaydigan strategik ahamiyatga ega
vazifalardan biri ekani, buni amalga oshirish uchun ta’limning yangi,
zamonaviy usullarini qoMlash, respublikamiz va jahon fani yutuqlarini
hisobga olib, “tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda,
o ‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko'rib chiqish zarur”1 ekanligi
alohida ta’kidlandi. Buni amalga oshirish mamlakatimizda demokratik
islohotlami yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
borasida olib borilayotgan ishlaming muhim bir qismini tashkil etishi
ayondir. Bu yo‘nalishda “Ta’lim haqida” Qonun va Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi qabul qilingandan keyin boshlangan va hozirda jadal
sur’atlar bilan davom etayotgan ishlar dastlabki sezilarli natijalarga olib
kelmoqda. Uni, ayniqsa, yoshlarimizning ong-u tafakkuri yuksalib, yon
atrofda boMayotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuyg'usi.
ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida ko‘rish, anglash qiyin
emas.
Bunda borliqni, xususan,
ijtimoiy
borlig‘imizni
falsafiy
anglashning, falsafiy meros, falsafiy qadriyatlarni o'zlashtirish va qayta
anglash, ularni ijodiy boyitish va samarali qo‘llash muhim ahamiyat kasb
etayotgani yaxshi m a’lum.
Falsafa - madaniyatning, xususan, ma’naviy madaniyatning muhim
qismi, falsafa tarixi esa — o‘tmish m a’naviy merosining zaruriy tarkibiy
dem enti, aniqrog‘i, uning zamonaviy falsafiy yondashuv orqali qayta
angianishi va baholanishi, tizimlashtirilishi natijasida fan maqomini kasb
etgan bilimdan iborat. Undan bexabar bo‘lgan kishini, ayniqsa, Platon va
Aristotel, Forobiy va Ibn Sino yoki Beruniy va Navoiy kabi buyuk
daholarning ilmiy-falsafiy merosi to‘g ‘risida hech bo‘lmaganda umumiy
tasavvurga ega boMmagan kishini madaniyatli, yuksak m a’naviyatli
inson deyish qiyin. Falsafa yo‘nalishini tanlagan oliy o‘quv yurti talabasi
uchun esa falsafa tarixini o ‘rganish kasbiy tayyorgarlikning zaruriy
bo‘g ‘ini, soha bo‘yicha faoliyat yuritishi uchun zarur malaka va
ko‘nikmalarni egallashning shartidir.
1
M irziyoyev Sh.M . Tanqidiy tali I i 1, q at’iy tartib-intizom v a shaxsiy jav o b g arlik - har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi b o 'lish i kerak. M am lakatim izni 2016-yilda
ijtim oiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariva 2017-yilga m o 'ljallan g an iqtisodiy
dasturning eng m uhim ustuvor yo ‘nalishlariga b ag ‘ishlangan V azirlar M ahkam asining
kengavtirilgan m ajlisidagi m a’ruza. 2017-yii 14-vanvar. —Т.: “0 ‘zb ekiston”, 2017. B.45.
3
Bu mulohazalar falsafa tarixini, ayniqsa, antik davr falsafasini
o ‘rganishning milliy g‘oyamiz, mafkuramizning falsafiy-tarixiy ildizlari
va mohiyatini tushunib yetish, ulami xalq, ayniqsa yoshlar ongiga
singdirish,
mamlakatimizda
demokratik
islohotlami
yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatitni rivojlantirishda muhim
ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, antik davr falsafasi falsafa fanining
muammolari, asosiy tushunchalari va tamoyillarining qandav sharoitda
shakllangani, xususan, uning asosiy masalalaridan biri boMgan moddiy
va m a’naviy olamlaming o ‘zaro munosabati masalasi to‘g‘risida
m a’lumotlar olishga imkon beradi.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, ko‘p ilg‘or faylasullar o‘z fikr-
mulohazalari,
g ‘oyalarini
keskin
mafkuraviy
kurash
sharoitida
bildirishgani sababli o‘z hayotlarini va fan taqdirini xavf ostida
qoldirishgan. Bunday faylasuflar faoliyatini I.A.Karimov m a’naviy
jasorat deb baholaydi va misol tariqasida Sokrat o ‘limidan keyin yunon
falsafasining taqdiri xavf ostida qolganda Platonning fidoyilik
ko‘rsatgani, ustozi ishini davom ettirib, Afmada Akademiya tashkil
etishi, fan va falsafa rivojiga o ‘z hissasini qo‘shganini zikr etadi. U asos
solgan ilmiy maskanning ming yil davomida nafaqat yunon, balki butun
Sharq-u G ‘arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o'tkazganini, insoniyat
tafakkuri
taraqqiyotining
istiqbolini
belgilab
bcrganini
alohida
ta’kidlaydi2.
Yuqorida aytib o ‘tilgan fikrlar antik davr falsafasining falsafiy
bilimlar tizimida qanchalik muhim o‘ringa egaligini tasdiqlaydi.
Xususan, bu fan talabalarni, ayniqsa, faylasuflik kasbini egallashni
maqsad qilib qo‘ygan talabalarni, falsafiy qarashlaming paydo bo‘lishi
va rivojlanish tendensiyalari, falsafiy oqimlar va maktablaming ijtimoiy
hayotdagi o‘mi va, umuman, dunyoqarashning falsafiy-tarixiy asoslari
bilan tanishtiradi hamda shu asosda ulaming ongiga falsafiy qadriyatlar
va milliy g‘oya mazmunini singdirishga xizmat qiladi.
Antik davr falsafasi bo ‘yicha o ‘zbek tilida dastlabki o ‘quv
qo‘llanma
S A .Y o ‘ldoshev
tomonidan
tayyorlandi
va
1999-yili
“Universitet” nashriyotida chop etildi. S.Yoidoshev, M.Usmonov,
R.Karimovlaming “Qadimgi va o ‘rta asr falsafasi” (2003) o ‘quv
qo‘llanmasi yangi avlod o ‘quv adabiyotlarini yaratishdagi yangi bir
bosqich bo‘ldi. Bundan keyingi davr mobaynida falsafa yo‘nalishi ta ’lim
standartlari, o‘quv dasturlari bir qancha marta qayta ko‘rib chiqildi,
2 K arim ov 1. A . Y uksak m a’naviyat - yengilinas kuch. - Т .: “M a ’naviyat", 2008. B.160.
4
mazmuni va strukturasi takomillashtirildi, xususan, Qadimgi Sharq
falsafasiga oid masalalar doirasi kengaytirildi. Yuqoridagi ko'rsatilgan
nashrlarda Qadimgi Sharq falsafasi tarixi masalalari o‘z aksini topmagan.
Mazkur darslik yangi davlat ta’lim standard va o ‘quv dasturiga
muvofiq tarzda, xorijiy universitetlar o ‘quv dasturlariga maksimal
darajada yaqinlashtirilgan va mos adabiyotlardan keng foydalanilgan
holda tayyorlandi. Xususan, uni tayyorlashda dunyoga tanilgan falsafa
tarixchisi. 9 tomlik falsafa tarixi fundamental asari muallifi F.Koplston
tadqiqotlari: Copleston F. History o f philosophy. V ol.1-9. -N ew York-
London-Toronto-Sydney-Auckland, 2003; shuningdek, S.Radhakrish-
nan. Indian Philosophy Vol.I London: Reprinted 2009; Fung, Yu-Lan. A
Short History o f Chinese Philosophy (ed. Derk Bodde). New York;
Macmillan, 2001; V.F.Asmusning “Античная философия” (1999);
A.N.Chanishevning “Курс лекций по древней философии” (1981)
hamda “Курс лекций по древней и средневековой философии”
(1991); Gunnar Skirbekk, Nils Gilelarning “Falsafa tarixi” (2002)
kitoblari materiallaridan keng foydalanildi.
Darslikda
falsafiy
yo‘nalishlar,
oqimlar,
ta’limotlar
tarixiy
izchillikda va ketma - ketlikda bayon qilindi. Birinchi manbalarga ko‘p
murojaat qilindi.
M uallif mutaxassislardan darslik bo'yicha bildiriladigan tanqidiy
fikr-mulohazalar, tavsiyalami kutib qoladi va mamnunlik bilan qabul
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |