QADIMGI MISR VA BOBILDA DUNYO HAQIDAGI
DASTLABKIILM IY TA SA W U R L A R VA ILK FALSAFIY
G‘OYALARNING PAYDO BO‘LISHI
Qadimgi
Bobildagi
ijtimoiy-tarixiy
vaziyat.
Geografik
joylashuviga ko‘ra Bobil, ya’ni Mesopotamiya yoki Ikki daryo (Tigr va
Evfrat)
oralig‘i
ikki
qismdan:
shimoliy
tog‘o!di
va janubiy
pasttekislikdan tashkil topgan. Unda paleolit davridayoq aholi yashar edi.
Mesopotamiya
tabiiy
chegaralar,
to‘siqlar
bilan
himoyalangan,
xalqlarning ko‘chuv markazida joylashgan edi. Eramizgacha bo'lgan
to‘rtinchi ming yillikda Mesopotamiyaning tekislik qismiga shumerlar,
o ‘rta qismiga akkadlar kelib joylashadi. Eramizgacha uchinchi ming
yillikda
shumerlar janubda, akkadlar shimolda qator mustaqil shahar-
davlatlar Ьафо etadilar. Eramizgacha bo‘lgan uchinchi ming yillik
o ‘rtalarida Shumer shaharlari Lugalzagissi, Akkad shaharlari Sargon 1
tomonidan birlashtiriladi. Bu ikki birlashma o ‘rtasida kurash boshlanib,
unda Akkad g‘olib chiqadi. U o‘ziga Mesopotamiya tekislik qismini
bo‘ysundiradi. Biroq Shumer-Akkad davlati uzoq yashagani yo‘q.
Kelgindi gutlar Akkad davlatini yakson qiladi.
Keyinchalik paydo
bo‘lgan Shumer davlatining Ura
III
dinastiyasi amoritlar va elamitlar
tomonidan yo‘q qilinadi, ularning o‘zaro kurashida esa amoritlar g‘olib
chiqishdi. Ular markazi Bobil bo‘lgan davlatni barpo etdilar.
Qadimgi Bobil xoqonligi (1894-1595) o ‘z yuqori cho‘qqisiga
Xammurapi (1792-1750) davrida erishdi. U ikkinchi ming yilning
o'rtalarida xettlar va kassitlar tomonidan yakson qilindi. Kassit
dinastiyasi (1518-1202) tarixi to‘g‘risida m a’lumotlar kam.
Eramizgacha
VII
asrda Mesopotamiyaning tog‘oldi qismida assuriyaliklar dastlabki
yirik Yaqin Sharq davlatini barpo etib, uning hududi Erondan Misrgacha
bo‘lgan joylarni qamrab olgan edi.
Bobilning ikkinchi gullab-yashnashi Yangi Bobil xoqonligiga to'g 'ri
keladi (612-538). Uning keyingi rivojiga forsiylar hujumi chek qo‘yadi.
Qadimgi Bobil — “bronza davri” madaniyatining tipik namunasi. U
to‘g‘risidagi manbalar toshdagi va qotgan loydagi yozuvlar bo‘lib, ular
assuriya-bobil (akkad) tilida bitilgan. Assuriya hukmdori Ashshurbanipal
kutubxonasida 30 mingdan ko‘proq loy jadvallar mavjud bo‘lgan.
Matnlarda ish hujjatlari,
qoidalar, tarixiy m a’lumotlar, tibbiy retseptlar,
lug‘atlar, matematik masalalar, xudolar sharafiga bag‘ishlangan bitiklar
qayd etilgan. Ularda qadimgi ilmiy va dunyoqarash mazmuniga ega
m a’lumotlar ham o ‘z aksini topgan.
23
Ilm kurtaklari.
Qadimgi Bobil xoqonligi davriga oid kxrplab
matematik masalalar mavjud. Ular orasida ko‘paytirish jadvali,
kvadrat
va kub sonlar, hisoblash pozitsion sistemasi bor. Shumer va Akkad-
Bobilda oltmishlik hisob sistemasini o ‘yiab topishgan. Eramizgacha
ikkinchi ming yillikda Bobil
olimlariga kvadrat diagonalining
tomonlarga
munosabati, aylananing radiusga munosabati m a’lum
bo‘lgan. Ular kvadrat va kub tenglamalarga mos keluvchi masalalarni
yechishgan.
Qadimgi Bobil astronomlari Aleksandr Makedonskiy davriga
(eramizgacha IV asr) kelib, oy va quyosh tutilishi davriyligini
aniqlashgan. Ikki minginchi yil boshida quyosh-oy kalendarini
yaratishgan. Hammurapining qo‘shimcha oy to ‘g ‘risidagi huyrug‘i
hozirgacha saqlangan. Bu 12 oydan iborat oy yilini (354,36 sutka)
quyosh yiliga (365,24 sutka) yaqinlashtirish maqsadida qilingan.
Keyinchalik 8 quyosh yilining 90 oyga (oy yilidagi) yaqin boMishi
aniqlangan.
Ilmiy bilimlar bilan uzviy bog‘liq
holda ratsional bilish, tafakkur
usullari rivojlana boradi, falsafiy dunyoqarash elementlari shakllana
boshlaydi. Lekin Bobilda falsafa paydo bo‘lgan emas. Hatto, Yangi
Bobil xoqonligi davrida ham olamning tuzilishi mif,
afsonalar asosida
tushuntirilgan. Ilmiy bilim kurtaklari hali fanni hosil qilish darajasigacha
rivojlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: