I.BOB. SINONIMLAR KLASSIFIKATSIYASI VA ULARNING TURLARI
1.1 Sinonimlar haqida umumiy tushuncha
Biz yuqorida ko`rib chiqqan bo`limlarda ta`kidlab o`tilgan umumnazariy mulohazalar. Agar ular aniq muammolarni ko`rib chiqishda zarur ekanligi isbotlansa, unda bu ma`lumotni ishonchli asosda deb qabul qilamiz. Shunday muammolaridan biri bu – leksik antonimiya muammosidir. Sinonimiya an`anaviy kategoriyalaridan biri bo`lib, nazariy jihatdan u deyarli o`rganib chiqilmagan. Odatda sinonimlar tipik hisoblangan, tahminan olingan misollar orqali umumiy holda aniqlanadi. O. S. Ahmanova4 bu muammoga o`z fikrini quyidagicha bildiradi. Tilshunoslikda umum qabul qilingan tushuncha, bu sinonimlar, ya`ni talaffuzi har xil, ma`nosi bir xil yoki ma`nosi bir-biriga mos so`zlardir. A. B. Sharipov5 bu tarifga aniqliklar kiritadi, “Ma`nosi butunlay mos keladigan, tovush tarkibi bilan farq qiladigan so`zlar sinonimlar emas, bunday moslik tillarda bo`lmaydi”. Shunday qilib, sinonimlar - tovush tarkibi bilan farq qiladigan va o`zining o`hshash ma`nolarida u yoki bu farqlarni mujassamlashtirilgan so`zlardir.
Bu ta`rifga yaqin fikrni R. A. Budagov6 beradi: “sinonimlar ma`no jihatdan yaqin bo`lgan, lekin turli talaffuzdagi bir ma`noni ifodalovchi so`zlardir. Barcha sinonimlar turli xil so`zlar bo`lib, bir xil ma`noni ifodalasa ham, doim shu so`zlarga tegishli ma`noni anglatadi. Sinonimlar insonlarning turli xil so`zlar orqali bir ma`noni yetkazishlari haqida guvohlik beradi. ”
Ba`zan sinonimlar ta`riflari ularning klassifikatsiyasi orqali aniqlanadi. Shunday ta`riflardan biri K. A. Levkovskayanikidir. “Sinonimlar bu - nominativ mazmuni jihatdan mos tushadigan, qo`llanish hussiyatlari va turli qo`shimcha ma`nosi bilan bir-biridan farqlanadigan so`zlar (ideografik) sinonimlardir. ” Bundan tashqari ular bir-biridan stilistik qo`llanishi (stilistik sinonimlar) yoki o`zining tarqalish maydoni bilan bir tomondan umum tarqalgan sinonimlar, ikkinchi tomondan farq qiladi.
Sinonimlarni guruhlarga bo`lish orqali aniqlanadi va qo`llanadi. S Ulmanning7 quyidagi so`zlarida aks etadi: “faqat shunday so`zlarni sinonimlar deb ta`riflash mumkinki, ular har qanday matnda ma`no ta`siri jihati hech qanday o`zgarishlarsiz bir-birini o`rnini egallashi mumkin.” Bu ta`rifdan kelib chiqib S. Ul`man sof sinonimlar ya`ni bir davriy nuqtai-nazarda mavjud bo`lmagan va bir-birini mantiqan va emotsiyali hususiyatlari jihatidan o`rnini bosuvchi so`zlarni aniqladi. (misol tariqasida S. Ul`man bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan tabiiy terminlar ccecite va typhitis “ko`richak yalliqlanishi” bunday sinonimlarni sof yoki absolyut sinonimlar deyiladi).
Sohta sinonimlar o`z o`rnida quyidagi qismlarga bo`linadi:
a) Bir davriy nuqtai nazardan mavjud bo`lgan va faqat ayrim matnlarda o`zaro almashinish mavjud bo`lgan sinonimlarni tahlil qilamiz. Misol: lamp-jump, xilper-aider, assistance.
The two sleepy helpers put the wrong harness on the wrong horses.
She couldn`t find for herself neither an aider nor a counselor she was alone with her troubles and difficulties. (Dickens)
He was presented to a clerk in the wordens office and his name and crime entered in the book-himself assigned to two assistents who saw to: if that he was given a prison both and hair cut. (Drieser).
Birinchi gapimizda helpers - yordamchilar ma`nosida qo`llanilib, helpers - so`zining asl ma`nosi ma`lum ishda ko`maklashuvchi shaxs hisoblanadi. Ikkinchi gapimizda an aider so`zi va ko`makdosh madadkor, yordamchi ma`nosida kelib an aider so`zi ishda, ayrim harakterlarda hurmat bilan yordamlashuvchi shaxs hisoblanadi. Uchinchi gapimizda assistet so`zi yordamchi ma`nosida keladi. Birinchi va ikkinchi gaplarimizda helpers va an aider so`zlarini tahlil qilganimizda helpers doimiy ma`nosi ma`lum ishda qo`llanilib an aider so`zi esa hurmat bilan yordamlashmoq ma`nosida kelib bir xil ma`noni anglatsada stilistik jihatidan bir-birini o`rnini bosa olmaydi.
b) Bir davriy nuqtai-nazarda mavjud bo`lgan va emotsiya jihatidan emas, balki ma`no jihatidan o`zaro almashinuviga ega bo`lgan sinonimlarni tahlil qilamiz. Masalan: liberty-freedom, hide-concial.
He approach of liberty makes even an old man brave. Education is a better safeguard of liberty then a stamina army. (Proverbs).
The agreement which provides that U. S. Government must at all times ensure freedom of access to the United Nations headquarters. (Daily worker 1960).
He has a secret should not only hide it, but hide that has it to hide.
Clyde had managed to conceal his realations. (Bennett).
Bu yerda liberty va freedom so`zlari juda tez almashinib ketadi. Freedom so`zi ozodlik, erkinlik degan ma`noda kelib, davlat yoki shaxsni gapirishda, ozod bo`lish ma`nosida keladi. Liberty - so`zining ma`nosi o`zbek tilida erkin bo`lish, erkinlikka erishish ma`nosida va qilish, aytish ishning erkinligiga ega bo`lish ma`nolarida keladi.
Sinonimiyani erkinroq tushunishni biz Roteni “Tezaurus”idagi quyidagi parchada ko`rishimiz mumkin. Masalan “nice” so`zini ko`rib chiqaylik. Biz bunda “nice” so`zida turli ma`nolarda keluvchi turli sinonimlarni ko`rishimiz mumkin.
Nice - so`zining sinonimlari o`zbek tilida - yahshi, yoqimli, mayin, chiroyli, jozibali, ingliz tilida savory - yoqimli, discriminative - ajratib turadigan; exact-aniq, good-yaxshi, foydali, sahiy, muloyim, pleasing-yoqimli, jozibali, fastidious-nafis, honourable-rostgo`y, sahiy kabi ma`noli so`zlarni o`z ichiga olib kelishi mumkin. Ushbu so`zlarning har biri “Tezourus” lug`atining8 sinonimlar ro`yhatida uchraydi. Erkinroq tushuntirishda sinonimiya tushunchasidagi ushbu parcha so`zlar nice so`ziga sinonim bo`ladi.
O`zbek tilshunosi Azim Hoshiyev sinonimlarga ta`rif berib shunday deydi: - “sinonimlar talaffuzi yozilishi har xil birlashtiruvchi ma`nosi bir xil bo`lgan, qo`shimcha ma`no nozikligi, emonsional buyrug`i, qo`llanishi kabi bir qator hususiyatlari bilan o`zaro farqlanadigan so`zlardir.”
B. A. Ilish9 so`zni semantik klassifikatsiya qilganimizda ular ikki kategoriyaga bo`linadi deydi va bular sinonimlar va antonimlar. Sinonimlar har xil so`z, bir xil yoki yaqin ma`noni beruvchi so`zdir deydi. Ingliz tili sinonimlarga boy tildir.
Masalan: want, wish, desire, crove, covet sinonimlar qatori xohlamoq, ehtiyojni his qilmoq kabi ma`nolarni anglatadi. Bu sinonim so`zlar bir-biridan harakter hoxishining ta`sirchanligi bilan farqlanadi.
They wonted only truth (Galsworthy). 400 bet “The man of properly”.
Ular faqat haqiqatni hoxlashadi.
He wished to be home (J. London)
U uyda bo`lishni xohlaydi
I wish I were 9 yipsy (A. J. Gromin)
Men lo`li bo`lishni istayman.
He finally receieed his position he desired. (G. Greene).
Nihoyat u o`zi xohlagan mansabga erishdi.
He croved fresh fruit (O. Henry)
U o`lgidek yangi uzilgan meva xohladi.
He coveted place and wordly wealth. (A. Christie)
U yuqori mansab va boylikni xohlaydi.
Birinchi va ikkinchi gapimizdagi want va wish sinonim so`zlar bir xil ma`noni anglatib, stilistik jihatdan bir-birini o`rnini bosa oladi. Uchinchi gapimizda wish - so`zi buyruq, istak mayli konstruksiyasida sodir bo`lmaydigan hodisalarni bildiradi.
Uning sodir bo`lishiga hech qanday imkon yo`q. To`rtinchi gapimizda desire - want ma`nosiga yaqin lekin kuchli maqsadga yo`naltirilgan hoxish istakni ko`rsatadi uning tarkibida aniq sodir bo`ladigan hoxish bor. Birinchi gapimizda croved - so`zi juda ham kuchli hoxish ma`nosida kelib, nimanidir qoniqtirmaydigan kuchliliklarni tug`diradi.
Til hodisalari bir guruhga, bir turga birlashar ekan, bu birlashish ulardagi yaqinlik asosida emas, balki birlik asosida bo`ladi. Yaqinlik yaqinlashtiradi lekin birlashtirmaydi. Demak ikki va undan ortiq so`z ma`nosi asosida o`zaro birlashar ekan o`z-o`zidan ularning ma`nosida bir xillik bor bo`ladi. Masalan: witness-spectator-shohid so`zlari biror-bir voqea-hodisani o`z ko`zi bilan ko`rgan uni tasdiqlovchi shaxs ma`nosini bildiradi. Ana shu ma`no bu so`zlarni birlashtirib sinonim xosil qiladi. Ma`nodagi yaqinlikka qarab so`zlarning sinonimligini belgilab bo`lmaydi. Chunki so`zlarning ma`no jihatdan yaqinligi har xil darajada bo`lishi mumkin. Ba`zan so`zlar ma`no jihatdan boshqa so`zga yaqin bo`lsa, boshqa bir so`zga yaqinligiga nisbatan kuchsiz bo`lishi, yana bir so`zga ma`no jihatidan yaqinligi esa sezilarsiz darajada bo`lishi mumkin. Lekin har uch holatda ham ma`no jihatdan yaqinlik bo`ladi. Shunga ko`ra ikki va undan ortiq so`zning o`zaro sinonimligini belgilashda ma`nodagi yaqinlik asosga olinadigan bo`lsa, u holda ma`nosi bir-biriga juda yaqin bo`lgan so`zlar bilan birga qisman bo`lsada ma`noda yaqinligi bor so`zlar ham sinonim deb qaralishi kerak bo`ladi. Masalan:
To chuckle - ishshaymoq
Lough - kulmoq
Siniaker - tirjaymoq
To giggle - hiringlamoq
Grin - irjaymoq
To smile - tabassum qilmoq
Cockle - xohlamoq, qiqirlab kulish.
Guffam - qah-qahalamoq
Roar - hixillamoq
So`zlarning ma`nosi qay darajada bo`lmasin, yaqinlik bor, lekin bularning hammasi o`zaro sinonim bo`lmaydi. Buni To smile - tabassum qilmoq bilan guffam - qah-qahalamoq so`zlarini qiyoslaganda aniq yozish mumkin.
Zvechensev kitobidan keltirilgan:
Hard - qattiq
Strong - kuchli
Firmly - mustahkam
Solid - pishiq sinonimlarni tahlil qilamiz.
Kuchli bo`yoq - ketmaydigan bo`yoq
Kuchli hid - achchiq hid
Kuchli shakar - qattiq shakar
Kuchli muz - mustahkam muz
Kuchli aez - shafqatsiz ayoz
Kuchli shamol - chuqur shamol
Kuchli organizm - chidamli organizm
Kuchli do`stlik - sodiq, ajralmas do`stlik
Kuchli so`z - chin so`z
Kuchli gan - arishish so`zi.
Bu yerda qattiq, kuchli, mustahkam sinonimlarni hamma so`zlarda ham ma`no jihatidan bir-biriga mos kelmaydi.
Masalan: bir mustahkam eritma, qattiq bo`yoq, chuqur shamol deb aytolmaymiz.
Sinhronik va Diahronik aspekt o`rtasidagi aloxida farqni ajratish juda muhim buni tasavvur qilish mumkin emas, ammo ikkala aspekt mustaqil bir va bir-birisiz tushunish qiyin. Shuning uchun sinonimlarni tarixiy analiz qilish, hozirgi ingliz tilida sinonimlarga tarixiy yondashish sinonimlarni kelib chiqishini muhokama qilish va ingliz tilida qo`llash sabablarini ko`rib chiqamiz.
Ko`pchilik olimlar sinonimlarni o`rgatayotganda o`tmishdagi so`zlarga qisman yondashishadi va ko`proq e`tiborlarini ingliz sinonimlarining chetdan kirib kelgan mashhur so`zlarga qaratishadi. Masalan: frudom - liberty yoki heawhshy so`zlarini keltirishimiz mumkin. Birinchi so`zlar mahalliy va ikkinchi so`zlar fransuz va skadinaviya tilidan kirib kelgan so`zlardir.
Ingliz tilidagi sinonimlarning boyligi asosan A. Imishning10 fikricha fransuz tiliga bog`liqdir. Ingliz tili leksikasida sinonimlarning kelib chiqishini anglasak va fransuz tilidagi so`zlardan iborat. Misol uchun: weak-fuble, begin-commense, go up-ascend, go on-continue, at once-immediately-wood-forest, think-reason, merry-gay, hearty-cordial va hokazolar. Bu sinonimlarni farqlaganimizda asosiy ma`no, odatda son so`zlarni so`zlashuvda ishtirok etadi.
Fransuz tilidan kirib kelgan so`zlar ko`proq ofitsalniy va turli adabiyotlarda uchratishimiz mumkin. Misol uchun: begin-commence va wood-forest so`zlarini olaylik.
Ba`zan fransuz so`zlar za`monaviy so`zlashuvga ishtirok etadi. Va anglo-sakson so`zlarini she`riy va arhaik adabiyotlarda ko`rishimiz mumkin. A. Imish misol keltirib deen va consider yoki language birliklarni keltiradi.
O. Jesperson11 va boshqa olimlar ingliz tilidagi so`zlarning sinonimga boyligini britanlar, saksonlar, danlar va normanlar o`rtasidagi urushlarda yoki britaniya orollarini bosib olganda shu so`z kirib kelgan deyishadi. Ammo Arnold fikricha bu so`zlar bir-biriga ta`sir o`tkazgan.
Sinonimlar har bir tilda o`zining harakteriga egadir. Uning ingliz tilida o`ziga hos qirralari oddiy va mahalliy so`zlar stilistik neytral va fransuz so`zlaridan olingan adabiy so`zlar va ularinng kelib chiqishini lotin so`zlarida ko`rishimiz mumkin.
Bunday turdagi stilistik hulosalarni quyidagicha ko`rishimiz mumkin.
Native English words borrowed from.
Word from French Latin
To ask stomach to interrogate
Belly finish abdomen
To end to assemble complete
To gather guidance collect
teaching to guestion instruction
Ingliz sinonimlari manbai kellenik va roman so`zlaridan kirib kelgan. Misol uchun: periphery, circumstence, hypothesis, supposition, sympathy, compassion, synthesis, composition. 12
XIII asrda soil so`zi ingliz tilida strip of the land ma`nosida keladi. Old Englishda o`rmonlar, o`simliklar erishtiradigan yer corpe, land, folde sinonimi orqali berilgan.
Bu so`zlarning markazida boshqa ma`nolar yotgan. Agar hozir ikkita so`z foydalanish va qo`llanishda bir xil ma`no bo`lsa, ulardan bittasi raqobatda tildan tushib qoladi, folde so`zining ma`nosi huddi shu vositada “corpe” harflarining ishlatilishida birinchi so`z g`olib chiqqan “folde” so`zining ma`nosi noadatiy emas. Boshqa ko`pgina so`zlar lug`atlarda “arxaik” yoki “mavhum” holatda bo`lib bunday raqobatda tushib qoladi. Boshqalari esa ma`nolari yoki asl ma`nosi juda kam saqlanadi. Bu jarayon synonymic differentiation (ya`ni sinonimlarda har xillik) deb nomlanib buyuk tilshunos olim M. Breal til rivojlanishida haqiqiy qoida deb ko`rsatadi. Bundan ko`rish mumkinki.
Sinonimlar bir-biriga semantik jihatdan ikki qarama-qarshi yo`l bilan ta`sir ko`rsatadi. Birinchi dissimlation (dissimlasiya), ikkinchi jarayon ossimlasiya deb nomlanadi. Sinonimlarning assimlasiya jarayoni parallel rivojlanishni nazarda tutadi. Masalan: Middle English dagi ingliz ravishi swifty so`zining ma`nosi va immediately - darhol so`zini olishimiz mumkin. Bu qoida ingliz tilshunosi G. Sterk tomonidan kashf qilinib tushuntirilgan.
Ingliz sinonimlarining o`sishida shevalarning (dealect 1) ahamiyati katta, ko`pgina so`zlar shevalardan kirib kelgan. O`tgan yuz yillikda Amerika ingliz variantida shevalar ko`p o`rinni egalladi. Masalan: Yimmicktrick, subscription; long distance, trunk call; radio.
Sinonimlar yana so`z shakllari ma`nosini tilda mahsuldorligini yaratish uchun tarixda foydalanilgan so`zlar allaqachon tilda ya`ni ma`no rivojlantirishda paydo bo`lib bormoqda.
Bu usullar sinonimlarda ham rivojlanib bormoqda. Ko`pgina sinonimik guruhlar bir element sifatida ajrim aloqada davom etadi. Bu holatni misollar bilan izohlaymiz.
To choose: to pick out, to enter-tocome in
To abandon: to give up, to lift-to pick up.
To continue: to go on, to post pone-toput off
To quarrel: to fall out, to return-to bring back
By the way, to by has quite given up the idea of doing those animal (300 b) cartoons. (Maugham. The Moon of Sixpence)
Yo`l-yo`lakay Tobi bu hayvonlardan multfilm qilish g`oyasidan voz kechadi.
My brother has quarreled with me and give up me (dickens).
Men ukam bilan janjallashib qoldim va meni tark etdi.
I resolved to give up my from sell my stock and remove (helston).
Men ho`jalikni tashlab dachani sotib ketishga va ko`chishga qaror qildim.
Good fortune did not abahdon him (shokespeare).
Omad uni tark etadi.
Sh.Amasova frazalari haraktariga frazaning qurilishi va aloqasi o`rtasidagi bog`liqlikning doimiyligi va semantik tasirchanlikka urg`u berib o`tadi. U yana e`tiborini bir narsaga qaratadi, frazeologik birikmalarda ma`nosi to`laligiga turlicha bo`lishini ta`kidlaydi. Bu ishda to give a lift, to give somebody wite a furn frazeologik birikmalarni keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |