Kurs ishning obyekti hozirgi zamon ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi.
Kurs ishning ilmiyligi ushbu ish va tadqiqotlarning natijalarini o`quv jarayonlarida, gramatikaning amaliy va nazariy kurslarida og`zaki nutq kurslarida foydalanilishi mumkin.
Kurs ishning materiali zamonaviy amerika, rus va ingliz mualliflarining badiiy asarlaridan va lug`atlaridan olingan mingdan ortiq sinonimga oid misollar.
Kurs ishning yangiligi ingliz tilidagi sinonimlar haqida ko`plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan, shunga qaramay, hali o`rganilmagan tomonlari ko`p.
Chunki, sinonimlar tilda juda keng tarqalgan va nutqda juda ko`p qo`llaniladi. Men o`z kurs ishimda ingliz tili sinonimlariga oid ma`lumotlar keltirish, ularni o`zbek tilda berish bilangina kifoyalanib qolmay, ular ustida tarjima tahlili olib bordim .
Muhokama ostiga olingan bu mavzu ingliz tilida sinonimlar gap qurilishida va o`zbek tiliga tarjima qilishda muqobil so`zni tanlashda muhim rol o`ynaydi. Vaholanki, tarjima tahlilidan o`zimizda mavjud badiiy asarlarning boshqacharoq talqini yoki variantga ega bo`lish emas, balki yangi go`zallik olami, yangi adabiyot, yangi ezuvchi kashf etish ommaga yangi estetik olam eshigini ochijdan iborat, shunday ekan sinim so`zlarning ingiliz va o`zbek tilidagi tahlili haqida so`z borar ekan, sinonim so`zla shunchaki hashamdorlik emas, balki tilning chinakam boyligidir. Tilshunos olim V. G. Vilyuman3 ta`kidlaganidek: “Sinonimlarning tarjima tahlilida bir xil bo`lgan qism, birlashtiruvchi leksik ma`nodan tashqari yana boshqa qismlar har bir sinonimda o`ziga hos boshqasidan farqli bo`ladi”. Anashu farqlar sinonimdan har birining ingliz va o`zbek tilida yashashi va qo`llanish o`rnini ta`minlaydi. Tilda har bir jihatdan bir-biriga teng bo`lgan, har jihatdan bir-birini qoplaydigan ikki yoki undan ortiq so`zlar bo`lishiga ehtiyoj yo`q. Demak, tilda sinonimlarning borligini o`ziyoq o`zaro sinonim bo`lgan har bir so`z o`ziga hos qandaydir hususiyatga egaligini ko`rsatadi. Ma`lumki o`zbek va ingliz tillari sinonimlarga boy tildir. Tarjimon ingliz va o`zbek tilidagi ana shunday so`zlar orasidan romanda tasvir maqsadi va ruhida muvofiq keladigan aniq so`zni qo`llash orqali, mazmunning eng nozik nuqtalari, qahramon ruhiyati, tasvir obektining eng kichik qirralarigacha real ko`rsatishga harakat qiladi. Shu tufayli men bu mavzunni tilshunos olimlar V. G. Vilyuman, D. D. Apresen, I. V. Arnold nazariyalaridan foydalangan holda o`rganishga va ba`zi muammoli tomonlarini ochib berishga qaror qildim. Sinonimlar so`zning ma`noli tomonlari, shakillaridan biri bo`lib, talaffuzi, yozilishi har xil, birlashtiruvchi ma`nosi bir xil (umumiy) bo`lgan qo`shimcha ma`no nozikligi, yomontsional bo`yog`i qo`llanilishi kabi bir qator hususiyatlari bilan o`zaro farqlanadigan so`zlardir.
Kurs ish ikki bobdan va xulosadan iboratdir. Ishning oxirida foydalanilgan ilmiy, badiiy, qisqartma adabiyotlar ro`yxati va lug`atlardan foydalanilgan. Birinchi bobi ingliz tilida sinonimlarning ishlatilishi haqida umumiy ma`lumot (ya`ni tilshunos olimlarning izlanishlari), ikkinchi bob esa sinonimlarning kelib chiqish tarixi, uning sinfiy qurilishi va ingliz va o`zbek tillardagi qiyosiy tarjima tahlilidan iborat ekan, biz sinonimlarni tilshunoslikda asosan ideografik va stilistik turlarga bo`lamiz. Buni biz “Hotel Revanda”, romanida sinonimlikning har ikki turini ko`rishimiz mumkin.
Already in this half hour of bombardment hundreds upon hundreds of men would have been violently slain, smashed, torn, gouded, crashed, mutilated.
(Hotel Revanda). Bu portlashda yuz-yuzlab odamlar so`yildi, o`ldirildi, vayron qilindi, majaqlandi va yo`qotildi.
Gapimizning isboti uchun slain, smashed, crashed so`zlari ideografik sinonimlar bo`lib, bir xil neytral stilistik turlarga bo`linadi. Stilistik sinonimlar ularni ba`zida emotsional ekspressiv deb ham atashadi. Turli stilistik turlarga tegishli bo`ladi, buni quyidagicha qiyoslaymiz.
Slay - so`yilmoq so`zi patik so`z bo`lib, to kill - so`ziga nisbatan stilistik bo`yoqdorlikka ega, gapiruvchini subektga nisbatan munosabatini har xil bo`lishini ta`kidlaydi.
Sinonimlar doim kutilmagan birliklarni yoki logik ma`nolarni beradi, shuning uchun sinonimlik takrorlash, asarni stilistik jihatdan bezaydi. Ideografik sinonimdan tarjimon eng jo`ng holatda til birliklarining takrori natijasida yuzaga keladigan ifoda kambag`alligi, rangsizligidan qochish uchun foydalanadi. Ma`lumki ayni bir til birligining muayyan nutq parchasida bir necha bor takrorlanishi, nutq uchun maqbul holat emas. Bunday takrorni yo`qotishda sinonim so`zlar eng qulay vositadir.
Ushbu kurs ishimda men bir qancha, jumladan, “Anna Korenina” asarining rus tilidan o`zbek tilidagi va ingliz tilidagi tarjimalari haqida so`z yuritishimga to`g`ri keladi.
Rus tilidan “Anna Korenina” asarini o`zbek tiliga birinchi marta Mirza Kalon Ismoiliy va keyinchalik Holida Ahrorovalar, tarjima qilishda Garnet, Maudi, Tounsen, Veyner Dolilar katta hissa qo`shadilar. Ushbu tarjimonlarning variantlari ko`rib chiqib, tahlilda ularning yutug`i va kamchiliklari haqida so`z boradi hamda misollar orqali tarjimani qiyoslab tushuntirishga harakat qildim. Tarjima mobaynida sinonimlarni qanday ma`no anglatishi va ingliz tili va o`zbek tilida qanday vazifada kelganligini ham ko`rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |