r = 2 , l & ,
(13.3)
w .
bunda:
q- titratkichning og'irligi;
у - suvga to'yingan grunt zichligi.
Mazkur usul yordamida qalinligi 4 metrdan oshmagan qatlamni zichlash
yahshi natija beradi. Unda cho'kish miqdori sezilarli darajada kamayishi tajribalarda
isbotlangan.
13.4 G r u n tl a m i q o tiris h u su lla ri
Gruntni qotirish deganda uning g’ovaklariga turli kimyoviy qorishmalar yuborish,
yoki issiqlik ta’sir ettirish orqali grunt mustahkamligini oshirishga qaratilgan texnik
tadbirlar tushuniladi.
Qurilish amaliyotida ishlatiladigan qotirish usullari gruntning turi va unga mos
keluvchi qorishmaning tarkibi bilan bir-biridan farqlanadi.
Mazkur usullar qo'llanishidan oldin, oldingi usullardagidek, qurilish maydoni
kvadratlarga bo'lib chiqiladi va ulaming qirralarida chuqur qazilali. Chuqurlar orasi
qo'llaniladigan qorishmaning turi, sifati va gruntning holatiga qarab belgilanadi.
Tayyorlangan qorishmani gruntga yuborish uchun maxsus moslamalardan
foidalaniladi.
Amalda gruntni qotirish uchun sementlash, suyuq sopol, elektr, mo'm va
issiqlik ta’sir ettirish usullari mavjud.
Sementlash oldindan tayyorlangan chuqurlikka tushirilgan maxsus moslama
yordamida grunt g'ovaklariga suyuq sementli qorishina yuborishga asoslangan.
Qorishma g'ovaklarni to’ldirish bilan birga, tez qotib, gruntni yahlitlash xususiyatiga
ega.
Grunt yahlillangach uning mustahkamligi oshib suv sizdirish qobiliyati
kamayadi.
1 7 8
Zarralarining o'lchamlari sement zarralaridan kamida 4 marta yirik bo'lgan
gruntlarda ushbu usulni qo’llash samarali natija beradi Shundan kelib chiqib, sement
yordamida o'rta va yirik qumlar, tosh-shag'allar va, ayniqsa, seryoriq qoya gruntlar
qotirish maqsadga muvofiqdir.
Sement qorishmasini purkash maqsadida ishlatiladigan moslama 20-40 mm
diametrli quvirdan yasalib, uning ostki qismiga 3-6 mm.li teshiklar bir-biridan' 5-25
mm masofada joylashadi. Y ig’ma qurilmali ushbu quvirlar birjoydan ikkinchi joyga
oson ko’chirish maqsadida uzunligi 1,5 m li alohida bo'laklardan tashkil topadi.
Chuqurlashtirish jarayonida ular maxsus moslamalar yordamida ulanadi.
Turli organik moddalar va changsimon zarralarga serob gruntlar qorishma
yuborishdan oldin bosim ostida oddiy suv yordamida yuviladi. Natijada g'ovaklar
tozalanib, zarralami namlashga sarflanadigan suv miqdori kamayadi.
Qorishma tarkibidagi sement va suv miqdori gruntlaming suv shimish
qobiliyatiga bog'liq ravishda 1
0,4 dan 1
10 gacha, chuqurlararo masofo ос- ' n
dan 3,0 metrgacha o'zgarishi mumkin.
Gruntni
sifatli qotirish maqsadida yuqori navli (300 dan ortiq) sement
ishlatiladi. Nav tanlash masalasi, asosan, zamin mustahkamligi, sizot suvlarining
harakati va ulaming sementga nisbatan zarari darajasiga bog'lab hal etiladi.
Amaliy tajribalar natijasi sement yordamida quyidagi mustahkamlik ko'lamiga
erishish mumkin ekanligini ko'rsatgan: seryoriq qoyalarda - 1,2-1,7 m; yirik zarrali
gruntlarda - 0,7-1,1 m; yirik va o'rtacha yirik qumlarda - 0,25 -0,8 m va mayda
qumlarda 0,1 - 0,3 m. Shuningdek, qorishmani yuborish bosimi grunt g'ovaklari va
yoriqlarining o'lchamlariga moslab tanlanadi. Masalan, 1 metr oraliqni qotirish
uchun qoyali va yirik zarrali gruntlarda - 0,25 atm; qumlarda esa 0,5 -1,0 atm gacha
bosim ta’sir ettirish lozim.
Sement yordamida qotirilgan gruntlaming mustahkamligi 3,0- 4,0 MPa va undan
ham yuqori bo'lishi mumkin.
Suyuq sopol yordamida qotirish uchun ham qorishma yuborish imkoniyatini
beruvchi yirik zarrali gruntlar tanlanadi. Prof. Rjanitsin B. A. (1930 y.) ishlab
chiqqan qo'sh qorishmali usul, ayniqsa, kecha-kunduz davomida 2-80 metr
suv
sizdirish qobilyatiga ega bo'lgan qumli gruntlami qotirishda kutilgan natijani beradi.
Mazkur usulda gruntning g'ovaklariga suyuq shisha (Na20.Si02) bilan kalsiy
xlor (СаСЬ) aralashmasi suyuq holida yuboriladi. Bu ikkala moddaning qorishmasi
grunt g'ovaklaridagi suv bilan kimyoviy aralashib tez qotuvchan xususiyatga ega
bo'lgan qattiq modda - gel kremniy kislota (II
4
S
1
O
2
) hosil qiladi. Ushbu holatda
quyidagi kimyoziy jarayon ro'y beradi:
Na20.Si02 + CaCl2 + 2H20 = H4Si02+Ca(OH)2+ 2NaCl.
Sizdirish koeffitsiyenti kecha-kunduzda 5 metrdan kam bo'lgan mayda qum va
changsimon gruntlami mustahkamlashda kalsiy xlor o'rniga fosfor kislotasidan
(H
3
PO
4
) foydalanish mumkin. Bu esa gruntda ma’lum darajada bog'lanish kuchi
hosil qiladi.
Tarkibida CaCl2 tuzlari, ya’ni organik moddalar qoldig'i bo'lgan gruntlami
qotirish uchun prof. Askalonov V. V (1949 y.) bir qorishmali usul qo'llagan. Unda
1 7 9
grunl g ’ovaklariga xech qanday qo'shimchasiz suyuq shisha yuboriladi, u esa, o'z
navbatida, grung tarkibidagi СаС1г bilan qo'shilib, yuqoridagidek gelkremniy kislola
hosil etadi. Hozirgi vaqtda bu usuldan lyoss va lyossimon gruntlami qotirishda keng
foydalanilmoqda. Ayniqsa, suv sizdirish koeffitsiyenti kecha-kunduzda 0,1 -2,0 metr
atrofida bo'lgan lyosslarda bu usulni qo'llash yahshi natija bermoqda.
Suyuq sopol qorishmasini gruntga yuborish jarayoni ham sementlash
usulidagidek maxsus moslamalar yordamida bajariladi. Mazkur moslamalami ostki
qismlaridagi teshiklaming o'lchami 1- 1,5 mm ni tashkil etadi.
Suyuq sopol qorishmalari yordamida gruntning qotish ko'lami 0,4-1,0 metmi
tashkil etadi. Qorishma yuboruvchi moslamani 15- 20 metr chuqurlikkacha tushirish
mumkin,
E lektr yordamida qotirish usuli Reys F.F. (1809 y.) kashf etgan loyli
gruntlardagi suvning elektrosmotik harakatiga asoslangan. M a’lumki, loyli grunt
zarralarini ko'p miqdordagi suv qobiqlari o'rab turadi. Ularda doimo turli kimyoviy
elektr jarayonlar yuz berib, tabiiy bosimlar ta’sirida loylar asta-sekin yumshoq
holatdan yarim qattiq, so'ng qagtiq holatga o'zgarib turadi.
Agar loyli gruntga o'zgarmas elektr toki ta’sir ettirish jarayonida
mahkamlovchi suyuq qorishma yuborilsa, yuqoridagi jarayon jadallashadi. Unda
musbat o'tkazgichdan (katod) manfiy (anod) tomon sari suv harakati boshlanadi.
Shu bilan birga muallaq holatdagi mayda zarralaming oqib kelishi natijasida musbat
o'tkazgich atrofidagi suvning quyqalanish holatini kuzatish mumkin. Katoforez deb
nomlanuvchi mazkur holat suv qobig’idagi moddalami o'zgarishi bilan bog'liq
bo'lib, vaqt o'tishi bilan asta- sekinlik bilan loylami qotishiga olib keladi.
Elektr toki yuborish jarayonida grunt qa’riga o'matilgan anod quvirlari
yordamida yig'ilgan suv so'rib olinadi. Bu vaqtda qotishni tezlashtirish maqsadida
katod quvirlari orqali suyuq sopol yuboriladi. Shuning uchun ham grunt qa’riga
kiritilgan barcha quvirlar serteshik bo'lishi lozim.
Amalda o'tkazilgan tajribalar elektr yordamida qotirish usulidan sizdirish
koeffitsiyenti
kechayu-kunduzda
0,01
metrdan
kam
bo'lgan
loylami
mustahkamlashda foydalanishiing afzalligini isbotladi.
Sun’iy mo‘m lar yordamnda gruntni qotirish usuli Rossiyaning “Zamin va
yer osti inshootlari ilmiy tadqiqot ilmgohi” (NIIOSP) olimlari tomonidan 1956 yilda
amaliyotga tadbiq etilgan. Bu usul yordamida, asosan, qumlar va lyossimon gruntlar
qotiriladi.
Hozirgi vaqtda karbomid va furfurol kabi mo'm turlari ushbu maqsadda keng
qo'llanilmoqda. Suniy ravishda hosil qilinuvchi ushbu mo'mlaming tarkibi an ch a
murakkab. Tashqi ko'rinishdan to'q qora rangli suyuq holatdagi ushbu mo’mlar
suvda oson erish xususiyatiga ega. Bunday mo'mlar yordamida qotirilgan
gruntlaming mustahkamligi 1,0-5,0 MPa oralig'ida o'zgaradi.
Gruntga yuborishdan oldin mo'mlar suv bilan aralashtiriladi, natijada ulaming
yopishshqoqlik hususiyati kamayib, grunt g'ovaklariga oson kiradi. Suyuq mo’mlami
grunt g’ovaklariga yuborish yuqoridagi usullardagidek
maxsus moslamalar
yordamida olib boriladi. Bunda suv sizdirish koeffitsiyenti kechayu kunduzda 0,5-
1 8 0
5,0 metr boMgan qumlarda va 0,1-2,0 metrli lyossimon gruntlarda samarali natijaga
erishiladi.
Gruntga yuborilgan mo'mlarga tuz kislotasining 2-5% qorishmasi qo'shilsa
ulaming qotish jarayoni bimecha martaga tezlashadi. Mo'mlar yordamida qotirish
ko'lami 0,6-1,0 metr oraliqda yuz beradi.
Issiqlik ta’sirida qotirish usulidan o'ta cho'kuvchan lyoss va lyossimon hamda
serg'ovak qumli loylami qotirishda foydalaniladi.
Issiqlik ta’sirida qotirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi Ostashev N. A. taklif
etgan korxonalaming
gazidan foydalanishga asoslangan usul. Bunda shaxmat
shaklda oldindan qazilgan kvadratlar uchidagi chuqurlarga 600-800° haroratli issiq
havo yuboriladi.
Ikkinchi usul Litvinov I. M. kashfiyotiga mansub. Bunda kavlangan chuqurlar
ichida gazga aylanuvchi suyuq, yoki qattiq holatdagi yonilg'i yoqiladi. Yonish
vaqtida hosil bo'lgan harorat 1000° gacha yetadi. Bajarish nuqtai nazaridan yengil,
iqtisodiy tomondan esa qulay bo'lgani uchun ushbu usul oldingisiga nisbatan keng
qo'llaniladi. Unda 10-20 sm li chuqurlar to'rtburchak, yoki shaxmat shaklida 2-3
metr oraliqda joylashtiriladi. Chuquming o ’lchami, oldingi usullardagidek, tashqi yuk
tasiridan gruntning siqilish qatlami qalinligi bilan belgilanadi. Gruntga yuboriluvchi
issiq havoning xajmi
1 metr
chuqurga
10-40 m3 orasida o'zgaradi.
Suyuq
yonilg'i esa shu hajmga 100 kg atrofida sarflanadi. Yonish jarayoni 5 - 1 0 kun davom
etib, 1,5 -2,5 m atrofidagi gruntni qamraydi. Shundan so'ng hosil bo'lgan chuqurlik
shibbalangan mustahkam grunt bilan to'ldiriladi. Yonish natijasida lyoss gruntlari
mustahkamlanibgina qolmay, balki o'ta cho'kish qobiliyatini ham yo'qotadi. Ammo
uning suv sizdirish qobidiyati sezilarli darajada ortadi.
1 8 1
14 bob. O 'T A C H O 'K U V C H A N G R U N T L A R D A P O Y D E V O R
L O Y IH A L A S H
14.1 U m um iy m a’ lum otlar
Oddiy cho'kishdan farqli o'laroq,
Do'stlaringiz bilan baham: |