M. E. Jumayev, Z. G'. Tadjiyeva



Download 3,82 Mb.
bet11/63
Sana13.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#665295
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
Bog'liq
BOShLANG‘ICh SINFLARDA

Nazorat uchun savollar

  1. Elementar matematik tasavvurlami shakllantirishga oid mash- g'ulot bo'lagini ishlab chiqing.

  2. Elementar matematik tasavvurlami shakllantirishga oid yangi texnoldogiya tadbig'ini asoslang,

  3. Elementar matematik tasavvurlami shakllantirishga oid ko'r- gazmalar to'plamini tuzing.

  4. Bolaiami og'zaki nutqini rivojlantiradigan elementar mate­matik tasavvurlami shakllantirishga olib keladigan o'yin mash- g'ulotlari namunasini tuzing.

  1. §. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish
    metodlari


Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang'ich kursning asosiy o‘zagi natural sonlar va asosiy miqdor- lar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari birlashadi.
V-XI sinflarda o'qitiladigan matematikaning eng asosiy va o‘quvchilar yoshiga mos bo'lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o'qitiladi. Demak, boshlang'ich sinf matemati- kasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang'ich matematikaning tuzilishi o'ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va ge­ometriya element material bilan qo'shib o'qitiladi.

  2. Boshlang'ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o'nlikni raqamlash o'qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish o'qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arif­metik amallar bajarish, keyin ko'p xonali sonlar ichida.

Bulami o'qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar, al- gebraik va geometrik materiallar qo'shib o'qitiladi.

  1. Nazariya va amaliyot masafelari o'zaro bog'langan xarakterga

ega.

  1. Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog'lanishlami ochish kursda o'zaro bog'langan.

  2. Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi.

Masalan, arifmetik amallami o‘qitishdan oldin uning aniq mo- hiyati ochiladi, keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasi- dagi bog'lanish, keyin amal natijasi, oxirida amailar orasidagi bog‘lanish beriladi.

  1. Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o'zaro bog'lanishda berilgan.

Masalan, qo‘shish asosida ko'paytirish keltirib chiqarilgan.
Boshlang'ich matematika kursi o'z tuzilishi bo'yicha o‘z ichiga olgan, arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlar- ni bosh1ang‘ich matematika kursida konsentrik joylashuvi saqlanadi.





Ammo, amaldagi dasturda konsentrlar soni kamaytirilgan: o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar. Shuni ham aytish kerak, material shunday guruhlashganki, unda o‘zaro bog‘langan tushun­chalar, amailar, masalalarni qarash vaqt jihatdan yaqinlashtirilgan.
Arifmetik amallaming xossalari va mos hisoblash usullarini o‘rganish bilan bir vaqtda arifmetik amailar natijalari bilan kompo- nentalari orasidagi bog‘Ianishlar ochib beriladi. (Masalan, agar yig'indidan qo‘shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi qo‘shiluvchi ho- sil bo'ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi bilan arifmetik amailar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi.
Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umum- lashgan o'zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.

  1. sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar (4=4, 6=1+5, 2<3, 6+1 >5, 8-3< 8-2 va hokazo) qaraladi.

Ulami o'rganish arifmetik materialni o'rganish bilan bog‘lanadi va uni chuqunoq ochib berishga yordam beradi.

  1. sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k ko‘rinishdagi tenglamalar qaraladi.

Tenglamalami yechish, oldin tanlash metodi bilan, so'ngra amallaming natijalari bilan komponentlari orasidagi bog'lanishlami bilganlik asosida bajariladi.
0‘zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o'quvchilarning funksional tasavvurlarini egallashlariga imkon beradi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish