2-Rivoyat. Tojxoja otaning oilasida o’g’il farzand tug’ilgan, u chaqaloqning chillasi bilan Qovunchi yaqinidagi qishloqdan Yassi qishlog’igacha ot otlab, tuya ko’mlab, qancha yo’l bosib kelib, go’dakni Yassaviyning ettagiga soldi. Yassaviy chaqaloqning og’ziga tuflar ekan, uni duo qildi: Ilohim, shu go’dakkinaga ilmu ma’rifat ato qilgin, solih amallarini qilishida o’zing qo’llagin, toki kelajakda ulug’ pir bo’lib etishgan. Modomi, bu go’dakkinani bizga nazr qilibdilar, bizga baxshida qilinadigan barcha hayrlarning avvalini shu go’dakka bag’ishlaymiz.
Yassaviy duo o’qib bolani otasiga qaytara ekan, o’g’ling zanji tug’ilibdi, o’zining arab ajdodiga tortibdur, deb qo’ydi. Shu bo’libmi yoki keyinroqmi, bolaning ismi Ahmad Yassaviy marxamati bilan Oyxoja deb atalgan bo’lsa ham, uni erkalab Zanji yoki Zangi deb ataydigan bo’ldilar…
Amir Temur ana shu rivoyatni bilar, shuning uchun ham Yassaviyning nazari tushgan zot, boz ustiga hayrli ishlarning avvali bag’ishlangan bu kishiga oldin maqbara yasashni buyurgan edi…
Do'stlaringiz bilan baham: |