M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


Bosh ma`no o`z navbatida leksema ma`no tuzilmasida tutgan o`rniga



Download 1,05 Mb.
bet28/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Bosh ma`no o`z navbatida leksema ma`no tuzilmasida tutgan o`rniga qarab ikki turga ajratiladi: a) to`ng`ich bosh ma`no leksema ma`no tuzilmasida birinchi o`rinda turgan ma`nodir. Yuqoridagi uzmoq- leksemasaining 1-ma`nosi shunga mos keladi; b) nisbiy bosh ma`no boshqa hosila ma`noning o`sib chiqishi uchun asos bo`lgan hosila ma`nodir. Yuqoridagi uzmoq- leksemasaining 7-ma`nosi shunga mos keladi, chunki mazkur ma`no 8-ma`noning o`sib chiqishi uchun manba hisoblanadi;
Bosh ma`no unga turlicha yondashuvlar asosida quyidagi nomlar bilan ataladi:

    1. to`g`ri ma`no voqelikdagi narsa, belgi, miqdor, harakat tushunchalarini to`g`ridan- to`g`ri ifodalaydigan bosh ma`nodir.

    2. nominativ ma`no voqelikdagi narsa, belgi, miqdor, harakat tushunchalariga nom bo`lib kelgan bosh ma`no.

    3. erkin ma`no - bu yuzaga chiqishi muayyan matn, qurshov bilan cheklanmagan bosh

ma`no.

  1. Hosila ma`no bosh ma`nodan hosil bo`lgan, undan o`sib chiqqan ma`nodir. Yuqorida

berilgan uzmoq leksemasining 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-ma`nolari 1-ma`noga nisbatan hosila ma`nolar hisoblanadi, 8-ma`no esa 7-ma`noga nisbatan hosila ma`no bo`lib hisoblanadi.
Hosila ma`no ham turlicha yondashuvlar asosida quyidagi nomlar bilan ataladi:

  1. ko`chma ma`no to`g`ri ma`noga zid qo`yiladigan hosila ma`no bo`lib, narsa, shaxs, belgi, miqdor, harakat tushunchalariga ko`chgan hosila ma`nodir. Masalan, ko`chaning boshi birikmasi tarkibidagi bosh leksemasining ma`nosi odam boshi birikmasi tarkibidagi bosh leksemasining ma`nosidan o`xshashlik asosida ko`chgan ma`nodir.

  2. figural (lot. majoz degani) ma`no nominativ ma`noga zid qo`yiladigan hosila ma`no bo`lib, borliqdagi narsa, shaxs, belgi, miqdor, harakatlarni majoziy tarzda ifodalagan hosila ma`nodir. Figural ma`noda obrazlilik kuchli bo`ladi. Masalan, bahor leksemaning umr bahori birikmasi tarkibida ifodalagan “umrning yashnagan davri” degan ma`nosi majoziy ma`nodir, chunki bu ma`no “hayotning kamolga yetgan, yashnagan davri” degan mavhum tushunchani “yil fasllaridan biri” degan aniq tushunchaga bog`lagan holda ifodalayapti. Figural ma`no ko`pincha mavhum tushunchalarni ifodalaydi.

  3. bogli ma`no erkin ma`noga zid qo`yiladigan hosila ma`no bo`lib, uning voqelashuvi uchun muayyan matn, qurshov zarur boladi. Ayrim leksemalarning turg`un (frazeologik) iboralar tarkibidagina ifodalaydigan hosila ma`nolari bog`li mano hisoblanadi. Masalan, bel leksemasining bel olishmoq, bel bog`lamoq, beliga tepmoq, belini ko`tarmoq, belini sindirmoq, beli uzilmoq, belini bukmoq kabi iboralar tarkibidagina ifodalaydigan hosila ma`nolari bog`li ma`noga misol bo`la oladi.




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish