M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


Differensiatsiya tamoyili



Download 1,05 Mb.
bet66/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Differensiatsiya tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra, shakli yoki talaffuzi bir xil bo`lgan so`zlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida (yoki ba`zan ma`noga ko`ra) farqlanadi. Masalan: 1) urg`u vositasida farqlash: atla s – mato, tlas geografik atlas, – ot, fiz k – sifat (fizik hodisalar); 2) unlining qisqa yoki cho`ziqligini farqlash : she‘r –sher, ta‘na –tana , da‘vo - davo (she‘r, ta‘na, da‘vo so`zlaridagi a unlisining cho`ziqligi ayirish (tutuq) belgisi orqali ko`rsatilgan; 3) boshqa- boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida farqlash: shoh – podshoh, shox – daraxtning shoxi, urush – jang, urish – qo`l bilan urmoq.
Ko`rinadiki, fonetik va morfologik tamoyillar o`zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari bo`lib, morfologik tamoyil yetakchi, chunki imloga oid ko`pchilik qoidalar ana shu tamoyil asosida yaratiladi.


MORFEMIKA (SO`Z TARKIBI)


So`zlar kopincha tarkibiy jihatdan turli qismlardan iborat bo`ladi: Mustaqil-lik-ning 22 yil-lik bayram-i nishon-la-n-di. Ko`rinyaptiki, gap tarkibidagi so`zlar atash ma`nosini yoki grammatik ma`noni ifodalaydigan qismlarga bo`lindi. Bu qismlar asos va qo`shimchalar deb yuritiladi.


So`zning tub (atash) ma'nosini bildirib, mustaqil qo`llana oladigan qism asos dеb ataladi: gulzor, bog‘bon, chizg`ich, paxtakor. O`zak so`zdagi ma'noli qismlarning yеtakchisi bo`lib, u boshqa ma'noli qismlarga bo`linmaydi. O`zak so`z tarkibida doim qatnashadi.
Asosga qo`shilib, turli ma'nolarni ifodalaydigan yoki so`zlarni bog`lash uchun xizmat qiladigan qism qo`shimcha dеyiladi: tokzor, qizcha, yozgi, kattaroq, ishla, keldi, birinchi, ishni. Qo`shimchalar so`z tarkibida qatnashmasligi ham mumkin, ular ayrim qo`llanmaydi, doim o`zakka qo`shilib kеladi.
Qo`shimchalar vazifasi va so`zga qo`shilib anglatadigan ma'nosiga ko`ra ikki turga bo`linadi:

  1. So`z yasovchi qo`shimchalar asosga qo`shilib, yangi ma'noli so`z hosil qiladigan qo`shimchalardir: o`t - o`tloq, arra - arrala, kuch - kuchli, hosil -sеrhosil. So`z yasovchi qo`shimchalar unumli (-li, -la, -chi, sеr-, -dosh, -kor) va unumsiz (-vul, -ag`on, -chil, -in, -a) bo`lishi mumkin.

  2. Shakl yasovchi qo`shimchalar asosga qo`shilib, ma'noni bir oz o`zgartiradigan yoki so`zlarni o`zaro bog`lashga xizmat qiladigan qo`shimchalardir. Bu qo`shimchalar bajaradigan vazifasi hamda ma`nolariga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: 1) lug`aviy shakl yasovchi qo`shimchlar asosga qo`shilib, unga ko`plik, kichraytirish, erkalash, chеgaralash, kamlik, oshirish, kuchaytirish, gumon, taxmin kabi ma'nolarni ifodalaydigan qo`shimchlardir: uycha, kitoblar, kattaroq, ozgina, yurib, onajon, bura, oqarinqira(di), chayqa, tеpkila. 2) sintaktik shakl yasovchi qo`shimchalar so`zlarni bir-biriga bog`laydigan qo`shimchlardirdir: Bularga kelishik (kitobni o`qidi, uyga ketdi, daftarning varag`i), egalik (maktabimiz hovlisi, mening ukam, talabalar uyi), shaxs-son (biz kеldik, men bordim, sen kеlding) qo`shimchalari kiradi. Bu qo`shimchlar yana sintaktik munosabat shakllari ham deyiladi.

O`zbеk tilida qo`shimchalarning asosga qo`shilish tartibi, odatda, quyidagicha: asos + so`z
yasovchi qo`shimcha + lug`aviy shakl yasovchi qo`shimcha + sintaknik shakl yasovchi
qo`shimcha: kitob+xon+lar+ning.
Qo`shimchalar tuzilishiga ko`ra 2 xil bo`ladi:

  1. Sodda qo`shimchalar boshqa qo`shimchalarga ajralmaydi: ish-chi, aql-li, gul-la-di.

  2. Murakkab qo`shimchalar kamida ikkita qo`shimchaning qo`shilishidan hosil bo`ladi: dеhqonchilik, odamgarchilik, yordamlash, otlan, uydagi, yuzlab, butunlay, ochiqchasiga, tortqila, xomligicha, tеpkila, turtkila, yugurgilamoh, ezg‘ilamoh, akalarcha.

Bu qo`shimchalar ma`lum so`zlar tarkibida kelganida boshqa ma`noli qismlarga ajralmaydi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish