19. Ayrim undoshlar orfoepiyasi
So`z oxirida kelgan jarangli b, v, g, d, j, j, z undosh tovushlar jarangsiz p, f, k, t, ch, sh, s
tarzida talaffuz qilinadi:
maktab→[maktap], Salimov →[salimɔf], pedagog→[pidagok , zavod→[zavot , avj→[avch , garaj[garish , faraz→ [faras .
ba`zan so`z o`rtasida jarangsiz undoshlardan oldin kelgan v, z jarangli undoshlar ham jarangsiaz f, s tarzida aytiladi: avtobus →[aftobus , mazkur→ [maskur .
Ayrim undoshlardan (g, s, t, sh) oldin qo`llangan chuqur til orqa portlovchi q undoshi sirg`aluvchi x tarzida talaffuz qilinadi: naqd → [naxt , maqsad→ [maxsat , vaqt→ [vaxt , qaqsha→ [qaxsha .
kombinator o`zgarishga uchragan ayrim so`zlar talaffuz me`yorlariga mos deb qaraladi:
manba→[mamba , tanbur→ [tambur , karnay→[kannay , bebosh→[bevosh , buncha→[muncha .
20. Ayrim affikslar orfoepiyasi
Hozirgi o`zbek tilida qaratqich va tushum kelishigi affikslari (-ning va -ni ) bir xil -ni tarzida aytiladi. Qiyoslang : maktabni (hovlisi ), maktabni (esladi), kitobni (muqovasi), kitobni (o`qidi).
Men, sen olmoshlariga qaratqich kelishigi affiksi (-ning ), tushum kelishigi affiksi (- ni) hamda qarashlilik affiksi (-niki) qo`shilganda , n undoshi bitta talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan: men+ning = meni, sen+ ni = seni, men+ niki = meniki.
Oxiri b, p, d, t, s, f, x, ch, sh, h undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilgan jo`nalish kelishigi affiksi –ka tarzida aytiladi: kitobka (kitobga), kanopka (kanopga), avlotka (avlodga), tutka (tutga ), giloska (gilosga), insofka (insofga ), mixka (mixga), sochka (sochga), idishka (idishga).
Oxiri k yoki g bilan tugagan so`zlarga g undoshi bilan boshlanadigan –ga , -gan, - gach, - guncha, -gin affikslar qo`shilganda, affikslardagi g undoshi k tarzida aytiladi : etak-etakka , barg - barkka , ek - ekkan , tug – tukkan kabi.
Oxiri q yoki g’ bilan tugagan so`zlarga g undoshi bilan boshlanadigan -ga, -gan, gach,- gunsha, -gin kabi affikslar qo`shilganda, affikslardagi g’ undoshi q tarzida talaffuz qilinadi: qishloq
–qishloqqa, tog‘ - toqqa, chiq – chiqqan , sog‘ – soqqach kabi.
Oxiri b, p, d, t, s, f, x, ch, sh, h undoshlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilgan o`rin payt va chiqish kelishigi affikslari -ta , -tan tarzida aytiladi: kitopta (kitobga), kanoptan (kanopdan), zavottan (zavotdan), muhlatta (muhlatda), gilostan (gilosdan), takliftan (taklifdan), cho`michta (chomichda).
Dorboz, ishqiboz, kaptarboz, bog‘bon, darvozabon, tarozibon so`zlari tarkibidagi –bos, - bon shaklida talaffuz qilindi: dorvos, ishqivos, kaptarvos, bog‘von, darvozabon , tarozibon kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |