M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet59/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

[o] harf belgisi o‘unlisini ifodalaydi: [ozarɔ], [kon], [sozlar].

  • [ь] belgisi bilan, chigit, kishi kabi ko`p bo`g`inli so`zlarning birinchi bo`g`inidagi hamda tik, bir, chit kabi bir bo`g`inli so`zlarda qisqa til oldi unlisini ifodalaydi: bьlan, chьgit, kьshi, tьk, bьr, chьt.

  • [ъ] belgisi qish, g`isht, xirmon kabi qъsh, g`ъsht, xъrmon.

  • b, g, d, z, y, k, l, m, n, p, r, s, t, x, q, g`, h harflari o`z vazifasida ishlatiladi.

  • [v] belgisi vaza, vazir, zavod kabi so`zlarda lab-tish undoshini ifodalaydi: vaza, vazi:r, zavot.

  • [w] belgisi vodiy, sovuq, saylov kabi so`zlarda lab – lab v undoshini ifodalaydi: [wɔdi:],[ sɔwъq],[ saylɔw].

  • [ f ] belgisi fazo, fabrika, fil kabi so`zlarda lab – tish undoshini ifodalaydi: [fazɔ], [fabrika],

    [fil].



    1. [ f'] belgisi tufli, tuf, uf kabi so'zlarda lab-lab f undoshini ifodalaydi: [tuf‘li],[tuf‘], [uf‘].

    2. [ ĵ ] belgisi juda, jazo, jilva kabi so`zlarda jarangli qorishiq portlovchi undoshini ifodalaydi:[

    ĵuda],[ ĵazo], [ĵilva]

    1. [ ņ] belgisi ng til orqa burun tovushini ifodalaydi: [oņ], [eņ],[ miņ].

    2. [ç] belgisi til oldi jarangsiz qorishiq portlovchi ch undoshini ifodalaydi: ьdam], [çaros].

    3. [ş] belgisi til oldi jarangsiz sirg`aluvchi sh undoshni ifodalaydi: [şaşmaqɔm], [şaşka], [şarɔyit].

    4. Unli tovushning cho'ziqligi [:] belgisini unlinking o`ng tomoniga qo`yilishi bilan ko`rsatiladi

    [ilmi:], [me:mor], [a:lo].

    1. Undosh tovushning yumshoq talaffuz qilinishi [‛] belgisini undoshning o`ng tomoniga, teparoqqa qo`yilishi bilan ko`rsatiladi: [aprel‛ , [iyun‛ , [iyul‛ .



    Orfoepiya





    1. §. Orfoepiya haqida umumiy ma`lumot. Orfoepiya37 adabiy til me`yorlarini o`rganuvchi tilshunoslikning sohasidir.

    Orfoepiya milliy til uchun yagona talaffuz meyorlarini belgilaydi. Ma`lumki, o`zbek milliy tili dialektik tarkibi jihatdan rang-barang bo`lib, u uch katta lahja(dialekt)ni o`z ichiga oladi:
    1. Qipchoq lahjasi.


    2. O`g`uz lahjasi.

    3. Qarlug` chigil uyg`ur lahjasi.

    Bu lahjalar ba`zi leksik, fonetik va morfologik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, qipchoq lahjasida so`z boshida adabiy tildagi y undoshi o`rnida j undoshi (yo`q→jo`q, yigirma→jigirma) talaffuz qilinadi: ch undoshi o`rnida sh undoshi (kech→kesh, kechir→keshir) aytiladi.
    O`g`uz lahjasida so`z boshida kelgan t, k jarangsiz undoshlari d, g jarangli undoshlari tarzida aytiladi: tog`→ dog`, keldi→galdi.
    Qarlug` chigil uyg`ur lahjasida esa so`z ohiridagi q undoshi g‘ tarzida talaffuz qilinadi yoki umuman talaffuz qilanmaydi, k undoshi y tarzida aytiladi: qishloq→qishlog`, (yoki qishlo:), iliq→ilig` (yoki ilu:), qatiq→qatig` (yoki qatu:), kesak→kesay, kepak→kepay, telpak→telpay. Lekin, so`zlar tarkibidagi tovushlar har xil lahjalarda turlicha talaffuz qilinsa ham, adabiy til an`analariga mos keladiganlari tanlab olinadi.
    Adabiy talaffuz me`yorlarini tilning tovushlar tizimi (sistemasi) asosida yaratiladi, bu esa talaffuz me`yorlarini belgilashda tilning tovush tarkibi, ularning nutqdagi turli kombinator va pozitsion o`zgarishlarini hisobga olishini taqozo etadi. Masalan, so`z oxirida kelgan b undoshining jarangsiz p tarzida aytilishi: kitop, maktap, kelip (yozilishi: kitob, maktab, kelib), q undoshining so`z o`rtasida s yoki sh undoshidan oldin kelib, x tarzida talaffuz qilinishi: oxsil, oxshom, taxsim (yozilishi: oqsil, oqshom, taqsim), ba`zan so`z oxirida kelgan d, t undoshlarining talaffuzda tushib


    37 Orfoepiya - grekcha orphos – “to`g`ri” epos – “nutq”.

    qolishi: xursan, monan, farzan, do`s, sus, g`ish (yozilishi: xursand, monand, farzand, do`st, sust, g`isht) adabiy talaffuz me`yorlariga mos.
    Ko`rinadiki, so`zning talaffuzdagi shakli yozuvdagi shakliga hamma vaqt to`g`ri kelavermaydi. Orfoepiya unlilar talaffuzi, ayrim undoshlar talaffuzi, o`zlashma so`zlar talaffuzi, ayrim grammatik shakllar talaffuzi qoidalarini o`z ichiga oladi.



    1. Download 1,05 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   274




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish