M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


Fonologiya so`z va so`zshakllar ma`nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi – fonemalar o`rganiladigan bo`lim. Orfoepiya



Download 1,05 Mb.
bet21/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Fonologiya so`z va so`zshakllar ma`nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turi – fonemalar o`rganiladigan bo`lim.

  • Orfoepiya bo`limida talaffuz me`yorlari o`rganiladi.

  • Grafika bo`limida har bir tilning yozuv va harflar tizimi o`rganiladi.

  • Orfografiya bo`limida to`g`ri yozishning qonun-qoidalari o`rganiladi.

  • Morfеmika bo`limida so`zlarning morfologik tarkibi, ya`ni o`zak va qo`shimchalar, ularning turlari o`rganiladi.

  • So`z yasalishida so`z yasash usullari o`rganiladi.

  • Grammatikada tilning grammatik qurilishi o`rganiladi. U ikki qismdan iborat:

    1. morfologiyada so`z turkumlari o`rganiladi;

    2. sintaksisda so`z birikmasi va gap turlari o`rganiladi.

  • Punktuatsiya bo`limida tinish bеlgilarini ishlatish qoidalari o`rganiladi.

  • Uslubiyat (stilistika) bo`limida nutq uslublari o`rganiladi.



    LEKSIKOLOGIYA


    1-§. Leksikologiya, uning o`rganish obyekti, vazifalari
    Oldingi bo`limlarda ta`kidlanganidek, tilda mavjud bo`lgan so`zlar yig`indisi lug`at tarkibi yoki leksika deb yuritiladi. Lug`at tarkibni o`rganadigan bo`lim esa leksikologiya (yun. lexikos – lug`atga oid, logos – ta`limot) deb ataladi.
    Lug`at tarkibiga mansub bo`lmish birlik so`z tilshunoslik fanining asosiy birligi bo`lib, u tilning boshqa bo`limlarida, jumladan, morfologiya, so`z yasalish va uslubiyat bo`limlarida ham o`rganiladi.
    Morfologiyada so`zning qaysi leksik-grammatik guruhga mansubligi o`rganilsa, so`z yasalishi bo`limida u yasalgan yoki yasalmagan birlik sifatida tekshiriladi. Uslubiyat bo`limida esa so`z qo`llanish ma`qulligi yoki ma`qul emasligi jihatidan tekshiriladi.
    Leksikologiya bo`limida so`zning ifodalagan ma`nosi, lug`at tizimida tutgan o`rni, kelib chiqishi, qo`llanish darajasi o`rganiladi. Bu bo`limda so`z lug`aviy birlik sifatida o`rganiladi. So`z muayyan tilning lug`at tarkibiga mansub bo`lganligi uchun leksikologiya mazkur tilning lug`at tarkibini tizim sifatida tekshiradi.
    Yuqorida aytilgan fikrlarni inson so`zi misolida isbotlashga harakat qilamiz:
    Morfologik nuqtai nazardan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) ot turkumiga tegishli;

    1. turdosh ot, aniq ot, yakka ot; 3) bosh kelishikda; 4) birlikda.

    So`z yasalish nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) tub so`z; 2) sifat yasalishi uchun asos bo`la oladi: insoniy, insonparvar;
    Uslubiyat nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) kitobiy uslubda qo`llanadi; 2) hissiy-ta`siriy bo`yoqqa ega.
    Leksikologiya nuqtai nazaridan bu so`z quyidagi xususiyatlarga ega: 1) lug`aviy manoga ega; ongli mavjudot; 2) bu so`z odam, kishi, bashar so`zlariga ma`nodosh hisoblanadi; 3) o`zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan; 4) nisbatan faol so`z hisoblanadi;
    Demak, tilnshunosliking har bir bo`limida so`zning turli qirralari tadqiq qilinar ekan. Ilmiy adabiyotlarda leksikologiya bir qancha turlarga bo`linadi.

    Download 1,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   274




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish