Flektiv (ingl. Inflexional – “o`zgaradigan”, “turlanadigan” degani) tillar grammatik ma`nolar o`zak ichidagi tovush almashinuvlari asosida yasaladigan tillardir. Flektiv tillarga hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi. Bu tillarning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
o`zakdagi tovush o`zgarishlari yangi grammatik ma`noning yasalishiga olib keladi. Arab tilidagi quyidagi so`zlarga e`tibor bering: naqsh, naqqosh; xalq, xaloyiq kabi.
bir grammatik ko`rsatkich (qo`shimcha) birdan ortiq grammatik ma`noni ifodalaydi: rus tilidagi kniga
so`zi tarkibidagi –a qo`shimchasi jinsni (jenskiy rod), bosh kelishikni, birlik sonni bildirib kelgan.
bir grammatik ma`no turli shakllardagi ko`rsatkichlar bilan ifodalanadi. Rus tilida ko`plik ma`nosi -i, - a, ы, ya qo`shimchalari orqali ifodalanishi mumkin: книги, города, ножы, братья.
o`zak-negiz mustaqil qo`llanmasligi mumkin. Rus tilidagi idu, idya, idti, idyom so`zlarida id– qismi o`zak hisoblanadi va u mustaqil ishlatilmaydi.
Mujassamlantiruvchi (polisintetik)18 tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so`z holida yoziladi va talaffuz qilinadi. Masalan, AQSHning Yuta shtatida yashovchi hindularning payyut tilidan misol keltiramiz: ―vii-to-kuchum-punku-ryugani-yugvi-van-tyum‖ tarzida yoziladigan “so`z-gap” so`zma- so`z quyidagicha tarjima qilinadi: ―pichoq-qora-bizon-qo`lga o`rgatilgan-bo`laklamoq-o`tirmoq‖. Ma`nosi: Pichoq bilan qo`lga o`rgatilgan qora bizonni bo`laklab o`tirishibdi‖. Polisintetik tillarga chukot tili, suningdek, Amerikadagi ayrim hindu tillari, Osiyodagi paleoosiyo oilasiga mansub ayrim tillar kiradi. Bunday tillarda bizning tushunchamizdagi so`z birligi yo`q, ya`ni so`zlar gapdan tashqarida mavjud bo`la olmaydi.
Shuni ta`kidlash lozimki, tillarning morfologik tasnifi nisbiy tabiatga egadir, chunki o`z xususiyatlari bilan mutlaq tarzda bir guruhga tegishli bo`lgan til yo`q. Misol uchun, o`zbek tili asosiy xususiyatlari bo`yicha agglyutinativ tillar guruhiga kirsa ham, flektiv tillarga xos belgilardan xoli emas. Masalan, o`zbek tilida ham so`z tarkibidagi tovush o`zgarishi natijasida yasalgan so`zlar mavjudligi haqida buyuk o`zbek tilshunosi Ayyub G`ulomov fikr bildirib o`tganlar. U kishi bo`r va bo`z (gazmol nomi), ko`r va ko`z, semir va semiz, qimir va qimiz so`zlarining o`zaro aloqadorligini, ya`ni yasalganligini ta`kidlaganlar19. Shuningdek, keldim so`zidagi –m qo`shimchasi ham 1-shaxsni, ham birlikni ifodalaydi. Bular o`zbek tilidagi fleksiyaning izlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |