M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


-§. Undov so`zlar haqida ma`lumot



Download 1,05 Mb.
bet131/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

2-§. Undov so`zlar haqida ma`lumot


His-hayajon, tuyg`uni, haydash-chaqirishni bildiradigan so`zlar turkumi undov deyiladi: eh, uh, o, e, uf, voy, ura, barakalla, ofarin, salom, xayr, xo`sh, rahmat, balli, bay-bay, voy-bo`y, a, ax, ohho, obbo, ey, ehhe, i, ie, o`h, o`hho`, hm, him, be, tuf, hah, ho, hay-hay, eh, o`, ha, iyi. Bu so`zlar mustaqil so`zlarga ham yordamchi so`zlarga ham kirmaydigan ayrim so`z turkumidir.


Undovlar yakka holda, juft holda yoki takrorlanib qo`llanishi mumkin: oh, voy, oh-voh, dod- voy, bay-bay, hay-hay.
Juft va takrorlangan undovlar chiziqcha bilan yoziladi. Undovlar ma`no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:

    1. His-hayajon undovlari quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:

1) shafqat, mehribonlik: ie, o, voy, voy-ey, eh; 2) sevinch, xursandchilik, zavqlanish: ho, o`h-ho`, ehe; 3) qoyil qolish, rohatlanish: hay-hay (takrorlansa), oh-oh; 4) mamnuniyat, faxrlanish, mag`rurlanish, xayrihohlik: e-ha, eh, ha-ya, o`; 5) undash, ogohlantirish, tasdiq: ha.
Undovlar yozuvda gap bo`laklaridan vergul bilan ajratiladi. Agar undov kuchli bo`lsa, his- hayajon bilan aytilsa, undov belgisi qo`yiladi: Eh! Havo naqadar sof va musaffo!
Undovlarning asosiy qismi yasama emas, lekin mustaqil so`zlardan undovlarga ko`chgan so`zlar ham mavjud: 1) olmoshdan : qani; 2) fe`llardan: kel, hormang, yo`qol, bor-ey, yashang, kechirasiz: Kel, bir bahslashaylik!
His-hayajon undovlari, odatda, gap bo`lagi vazifasini bajarmaydi. Ular yo kirish so`z, yoki so`z-gap bo`lib kelishi mumkin: Ie, men kimni ko`ryapman? - Dod! - ichkaridan dodlagan ovoz eshitildi.

    1. Buyruq-xitob undovlari ikki xil bo`ladi: 1) odamlarga qaratilgan undovlar: a) kishilarning diqqatini tortish uchun qo`llanadigan: hoy, hay (bir marta aytilsa), hey, allo, ey; b) ta`kid, buyurish uchun qo`llanadigan: ma, tss, jim, marsh; 2) hayvonlarga yoki boshqa jonivorlarga qaratilgan undovlar: a) hayvon va jonivorlarni chaqirish uchun qo`llanadigan: kisht, bah-bah, mosh-mosh, tu- tu-tu, kuch-kuch, gah, chuh, beh-beh, qurey-qurey; b) hayvon va parrandalarni biror harakatdan to`xtatish uchun qo`llanadigan: ishsh, ho`k, tak; v) hayvon va parrandalarni biror ishni bajarishga undash uchun ishlatiladigan: pisht, drr, xix, hov-hov, cho`k, tek, hayt, chu.

    2. Ko`rsatish, ta`kid undovlari quyidagi ma`nolarni ifodalaydi:

  1. ko`rsatish: hu, huv, hovv; 2) javob, tasdiq, ta`kid, mulohaza: ha-ha-ha, xo`sh, labbay, ha.

Bulardan tashqari, quyidagi undovlarni urf-odat undovlari (ayrim darsliklarda nutqiy odat undovlari deb ataladi: (25; 100.) tarzida ajratish mumkin: rahmat, marhamat, salom, xayr, barakalla, ofarin, balli, yashang, hormang, qulluq va b.
Undovlar odatda deb so`zi bilan qo`llanib, hol (U ―voy deb yonboshiga yiqildi), degan so`zi bilan qo`llanib, gapda ko`pincha sifatlovchi-aniqlovchi (Ko`chada ―dod‖ degan ovoz eshitildi) bo`lib keladi. Undovlar otlashishi mumkin, bunda ular ega (Ularning dod-voyi osmoni falakka chiqdi.), kesim (Endi uning holiga voy) to`ldiruvchi (Uning oh-vohiga kim quloq soladi?), qaratqich-aniqlovchi (Dod-voyning foydasi yo`q.) vazifalarini bajaradi.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish