M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


ALOHIDA OLINGAN SO`ZLAR GURUHI



Download 1,05 Mb.
bet130/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

ALOHIDA OLINGAN SO`ZLAR GURUHI




1-§. Modal so`zlar
So`zlovchining o`z fikriga bo`lgan munosabatini bildiradigan so`zlar modal so`zlar deyiladi:
Ehtimol, bugun etib kelar.
Modal so`zlar ma`no jihatidan quyidagi turlarga bo`linadi:

    1. Fikrning aniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:

1) fikrning rostligi tasdiqlanadi: darhaqiqat, haqiqatan, haqiqatda, filhaqiqat (arx.); 2) fikrning qat`iyligi ta`kidlanadi: shubhasiz, shaksiz, so`zsiz 3) ishonch: albatta 4) anglatilayotgan voqelikning yuzaga kelishi tabiiy ekanligini bildiradi: tabiiy, o`z-o`zidan, 5) fikrning chinligi eslatiladi: to`g`ri, xoynaxoy, muhaqqaq (arxaik), aslida, darvoqe, rostdan.

    1. Fikrning noaniqligini ifodalaydigan modal so`zlar:

  1. fikrning taxminiyligini bildiradi: shekilli, chamasi, chog`i;

  2. fikrning gumonli ekanligini bildiradi: ehtimol, balki;

  3. fikrning tusmolli ekanini bildiradi: aftidan;

  4. fikrning chinligiga gumon ham, ishonch ham bildiradigan: har holda, har qalay.

    1. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor, birinchidan, ikkinchidan.

    2. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan.

    3. Xulosa: xullas, demak, nihoyat, xullas kalom.

    4. Achinish: afsus, attang, esiz.

    5. Zaruriyat: kerak, zarur, lozim.

    6. Quvonch: xayriyat.

    7. Mavjudlik va mavjud emaslik: bor, yo`q.

Bulardan tashqari: binobarin, zero, holbuki, vaholanki kabi modal so`zlar ham mavjud. Modal so`zlarning ko`pchiligi mustaqil so`zlardan o`sib chiqqandir.

  1. ot turkumidan: aftidan, haqiqatan, mazmuni, ehtimol, darhaqiqat; 2) sifatdan: yaxshi(ki), to`g`ri, so`zsiz, shubhasiz, tabiiy; 3) ravishdan: albatta; 4) fe`ldan: xoyna-xoy (tojikcha xohi-naxohi so`zidan); 4) bog`lovchidan: balki; 5) so`z birikmasidan: har qalay, har holda; 6) gapning modal so`zga aylanishi: holbuki (Hol buki); 7) so`z tushirish natijasida hosil bo`lgan: o`z-o`zidan (aniq so`zi tushib qoladi).

Modal so`zlar sof va vazifadosh modal so`zlarga bo`linadi. Haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli, avvalo, xullas, masalan, umuman, taxminan so`zlari sof modal so`zlar hisoblansa, modal ma`noda ham qo`llanadigan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz kabi so`zlar vazifadosh modal so`zlar hisoblanadi.
Modal so`zlar gap tarkibidagi so`zlardan vergul bilan ajratiladi va ko`pincha kirish so`z
vazifasini bajarib keladi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish