M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova



Download 1,05 Mb.
bet100/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

Morfologik usul. Bunda fe`l o`zak-negiziga qo`shiladigan fe`l nisbatini yasaydigan qo`shimchalar (o`zlik, majhullik, orttirma nisbat qo`shimchalari) o`timli va o`timsiz fe`llarni belgilab beradi. Fe`l o`zak-negiziga nisbat qo`shimchalari qo`shilganda, fe`lning o`timli- o`timsizligi quyidagicha yuz beradi:

  1. o`zlik va majhullik nisbat qo`shimchalari o`timli fe`lni o`timsiz fe`lga aylantiradi: so`radi

- o`timli fe`l, so`raldi - o`timsiz fe`l; ko`rdi - o`timli fe`l, ko`rindi - o`timsiz fe`l. So`radi o`timli fe`liga qo`shilgan –l majhullik nisbat qo`shimchasi, ko`rdi o`timli fe`lga qo`shilgan –in o`zlik nisbat qo`shimchasi so`radi, ko`rdi fe`llarini o`timsiz fe`llarga aylantirdi;

  1. orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe`lni o`timli fe`lga aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe`l, kuldirdi - o`timli fe`l; yurdi - o`timsiz fe`l, yurgizdi - o`timli fe`l; uxladi - o`timsiz fe`l, uxlatdi - o`timli fe`l.

  2. orttirma nisbat qo`shimchalari orqali o`timli fe`ldan yana o`timli fe`l hosil qilinadi: esladi

    • o`timli fe`l, eslatdi - o`timli fe`l; ichdi - o`timli fe`l, ichirdi - o`timli fe`l.

Qo`shma fe`llarda o`timli va o`timsizlik ma`nosi yyetakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko`ra boshladi, yozib chiqdi qo`shma fe`llarda aytib, ko`ra, yozib yetaksi qismning o`timli ekanligi shu fe`llarning o`timli ekanligini ko`rsatadi. Aksincha, qo`shma fe`llarning yyetakchi qismi o`timsiz fe`ldan bo`lsa, butun qo`shma fe`l o`timsiz bo`ladi: o`sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo`ydi kabi.


3 -§. Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar


Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe`ldagi bo`lishli va bo`lishsizlik ma`nosini anglatadi.


Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe`llar bo`lishli fe`l deyiladi. Fe`ldagi bo`lishlilik ma`nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko`rsatkich yo`q: o`qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o`qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so`zining o`zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O`z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe`llar bo`lishsiz fe`l deyiladi. Bo`lishli fe`l bo`lishsiz fe`lni hosil qilish uchun asos bo`ladi. Fe`lning bo`lishsiz shakli quyidagicha yasaladi:

  1. Fe`l negiziga –ma (bu affiks urg`u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo`shish: ko`rmadi, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o`smaslik kabi.

Ko`rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe`lga va fe`l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo`shilib inkor ma`nosini ifodalashda asosiy morfologik ko`rsatkich sanaladi. Masalan: G`ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g`irchillatib o`tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog` arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg`ariy). Mehnat qilmagan rohat ko`rmas (O`zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do`sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko`rmaslik uchun bolalar ko`zlarini chirt yumdilar.
-ma, -may affikslari qo`shma fe`llarga quyidagicha qo`shiladi:

  1. asosiy qismga yetakchi fe`lga qo`shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko`rmay qoldi

kabi;



  1. ko`makchi fe`lga qo`shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o`qib chiqmadi kabi;

d) qo`shma fe`lning har ikala qismiga qo`shiladi: aytmay qo`ymaydi, bormay qolmaydi.

Bunday holda bo`lishsiz shakl orqali bo`lishlilik ma`nosi anglashiladi, ya`ni aytadi, boradi kabi.
Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To`xtaboev).
Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga bo`lishsizlik ifodalovchi affikslar qo`shilmaydi.

  1. Fe`lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so`ng emas, yo`q

so`zlarini kiritish bilan bo`lishsiz fe`l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas,

tinchigani yo`q, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima o`qiganini ko`rgan ham, qanday o`qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).

  1. Na inkor yuklamasini uyushiq bo`lak sifatida qo`llangan bo`lishi fe`ldan oldin keltirish bilan bo`lishsiz fe`l hosil qilinadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o`tirdi, na ketdi (A.Qodiriy).

  2. Ba`zan ohang va fe`lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo`shish hamda fe`lni takrorlash orqali bo`lishsizlik ma`nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan).

Masalan: Bolasi tushmagur-ey, chumchuqning uyasini buzib rohat toparmidi? (G`ayratiy).
«Katta bo`lsam, akamga o`xshab, albatta komandir bo`laman», - dedi Sobir. Bo`lasan-a, bo`lasan. Komandir bo`lishga yurak kerak... (H.Nazir).



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish