M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova


So`roq turi Olmoshlar



Download 1,05 Mb.
bet96/274
Sana07.11.2022
Hajmi1,05 Mb.
#861701
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   274
Bog'liq
M. A. Hamrayev d. A. Muhamedova d. X. Shodmonqulova

So`roq turi

Olmoshlar

1.

Shaxsga so`roq

Kim?

2.

Narsaga so`roq

Nima?

3.

Belgi-xususiyatga so`roq

Qanday? Qanaqa? Qaysi?

4.

Miqdorga so`roq

Qancha? Necha? Nechta?

5.

Tartibga so`roq

Nechanchi?

6.

Sabab-maqsadga so`roq

Nega? Nimaga ?

7.

O`rin-joyga so`roq

Qaerda? Qayda? Qayoqqa?

8.

Paytga so`roq

Qachon?

9.

Mavjudlikka so`roq

Qani?

Kim birlik va ko`plikda qo`llanadi, egalik va kelishik qo`shimchalarini oladi: Kim so`zladi? Nimalarni ko`rding? Nimang bor? Nima olmoshi belgisiz kelishik shaklida kelishi mumkin: Nima(ni) olding?
Qanday, qanaqa, qaysi olmoshlari belgini aniqlash uchun ishlatiladi: qanaqa odam, qaysi kitob. Qaerda, qayda, qani, qayoqqa, qachon, nega olmoshlari o`rin, payt, mavjudlik, sabab, maqsad kabilarni aniqlash uchun ishlatiladi: Qachon keldi? Qaerda yuribdi? Ukang qani? Qayoqqa ketdi? Nega keldi?

    1. Belgilash olmoshlari predmet va shaxslarning yig`indisini bildiradi yoki ularni ayirib ko`rsatadi, shuning uchun ularni ikkiga bo`lish mumkin: 1) jamlovchi belgilash olmoshlariga hamma, barcha, bari, jami, jamiyki, butun, yalpi so`zlari kiradi. 2) ayiruvchi belgilash olmoshlariga har so`zining o`zi (Har qovunlarki...) va har kim, har nima, har bir, har qaysi kabi so`zlar kiradi va bu olmoshlar to`pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradi. Har so`zi ayrim yoziladi.

Hamma, barcha, bari olmoshlari ko`plikni anglatadi. Belgilash olmoshlari egalik, kelishik, ko`plik qo`shimchalari bilan qo`llanadi: Hammalari jim. Har kimga aytaverma.

    1. Bo`lishsizlik olmoshlari inkor ma`nosini bildirgan olmoshlardir. Bular hech so`zining o`zi va shu so`zning ba`zi so`roq olmoshlari bilan birikishidan hosil qilinadi, hech so`zi ayrim yoziladi. Bu olmoshlar egalik, kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanadi: U hech kimni ko`rmadi. Hech kimim yo`q.

Hech so`zi yakka holda qo`llanganda, ko`pincha fe`llar oldida kelib, ravish vazifasini bajaradi (lekin butunlay ravish turkumiga o`tmaydi): U hech qiynalmadi.
Bo`lishsizlik olmoshlari ishtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo`ladi: Hech qachon unutmaydi.
Kimsa so`zi ham bo`lishsizlik olmoshlari o`rnida qo`llanishi mumkin: Buni kimsa (hech kim) bilmasligi kerak.

    1. Gumon olmoshlari narsa, belgi yoki voqea haqidagi noaniq tasavvurni bildirib keladigan olmosh turidir. Ular alla- yordamida yoki -dir qo`shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim, allanima, allanarsa (narsadir emas), allaqaysi, allaqaer, allaqayoq, allanechuk, allaqancha, allanechanchi, kimdir, nimadir, qachondir, qandaydir, qaerdadir, qaergadir, negadir. Gumon olmoshlari so`roq olmoshlariga bir, ham so`zlarini qo`shish orqali yasalishi ham mumkin: Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima deganday bo`ldi. (Ba`zan bir nima birikmasi bo`lishsiz olmosh o`rnida kelishi mumkin: Buni ko`rib bir nima demadi.) Bu olmoshlar birlik va ko`plikda (allakimlar) keladi, kelishiklarda turlanadi: (kimnidir), egalik qo`shimchasini oladi (allakimim). Birov so`zi ham kimdir, allakim so`zlariga sinonim bo`lgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. Birov so`zi, shuningdek, har kim, hech kim, bitta degan so`zlarga ham sinonim bo`lishi mumkin.




  1. Download 1,05 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish