Profilaktikasi. Zaharlanishning oldini olish maqsadida quyidagi tadbirlarni bajarish darkor:
oziq-ovqat korxonalari xodimlari shaxsiy gigiyena qoi- dalariga amal qilishlari shart;
oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan uskunalar va anjomlar bekam-u ko‘st bo‘lishi, yuvilmasdan ishlatilmasligi lozim;
umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat sanoati korxonalarida hasharotlar va kemiruvchilarni yo‘qotish, shuningdek, bu-
zilayotgan mahsulot va nishxo‘rdning yig‘ilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur;
tez ayniydigan, ayniqsa, tayyor taomlarni tarqatish qoidalariga qattiq amal qilish shart.
§. ENTEROKOKKLAR QO‘ZG‘ATADIGAN TOKSIKOINFEKSIYALAR
Ko‘p miqdorda enterokokklar (Enterococcus, Str, Faccalis, Var, liguefaciens et Zumagenes) (1 g mahsulotda o‘nlab milliard tirik mikroblar) tushib, zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilingandan 15—24 soat o‘tgach, yuzaga chiqadigan toksikoinfeksiya tipidagi kasallik vujudga kelishi, hojatning og‘riqli bo‘lishi bilan boshlanadi. Organizm harorati o‘zgarmaydi. 36—48 soatdan so‘ng sog‘ayish boshlanadi.
Profilaktikasi yuqorida keltirilgan boshqa toksikoinfeksiyaga o‘xshash. Mahsulotning zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, ovqatni me’yoriga yetkazib pishirish va tez buziladigan tayyor mahsulotlarni saqlash muddatlariga rioya qilish zarur.
Sporali anaeroblar (Clastridium pereringens) qo‘zg‘atgan ovqat toksikoinfeksiyalari
Hozirgi kunda 12 turdagi toksinli moddalar va boshqalar ajra- tadigan A, B, C, E, G, D, C1 perfringens turli ovqat toksiko- infeksiyalarining qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi.
CI. perfringens fakultativ anaerob, to‘liq hamda to‘liqmas vakuum sharoitlarida ko‘payadi. 37 °C ko‘payishi va zaharlar hosil bo‘lishi uchun qulay harorat hisoblanadi.
Yuqish manbalari uy hayvonlari: yirik va mayda shoxli qoramol, parrandalar hisoblanadi. Hayvonlarda bu kasalliklar enterotoksemiyalar ko‘rinishida kechadi. Go‘sht, sut, kolbasa mahsulotlari CI.perfringens bilan zararlanishi mumkin. Shuning- dek, CI.perfringens tuproq va suv orqali oziq-ovqat mahsu- lotlariga tushishi ham mumkin.
Klinikasi. Kasallik ikki shaklda namoyon bo‘ladi: a) yashirin davr — 6—22 soat davom etadi. Bunda kasallik to‘satdan boshlanadi: bemorning ko‘ngli ayniydi, qusadi, ichaklari spazmga
uchraydi, ko‘p marta (sutkada 20 martagacha) ichi ketadi, axlatidan badbo‘y hid keladi, ko‘p yel ajraladi, og‘ir kechganda oyoq-qo‘l mushaklari tortishadi, ba’zan, arterial bosim tushib ketadi (kollapsga qadar).
Kasallik me’yoriy haroratda kechadi, 1-2 kun davom etadi, xolos; b) kasallik nekrotik enterit ko‘rinishda ham o‘tib, ichak- larning bir qismida yiringlanish boshlanadi, natijada bemorlar jarrohlik bo‘limiga tushib qoladilar.
Epidemiologiyasi. Toksemiya bilan kasallangan hayvonlar (qo‘y, buzoq, echkilar) oziq-ovqat mahsulotlarini zararlan- tiradigan manba hisoblanadi. Go‘sht va sut mahsulotlari aksari A tur bilan zararlangan bo‘ladi: go‘sht va tuproq namunalaridan C turdagi CI perfringens ajratiladi. Charchagan hayvonlar, masalan olis joylardan - 260 km uzoqdan haydab kelingan hayvonlar go‘shtida CI.perfringens 3-4 barobar ko‘p ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |