M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Masalliqlar tayyorlab qo‘yiladigan korxonalarda xonalar birmuncha ko‘proq bo‘ladi



Download 422,93 Kb.
bet91/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Masalliqlar tayyorlab qo‘yiladigan korxonalarda xonalar birmuncha ko‘proq bo‘ladi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining sathi yoppasiga, xo‘ran- dalar bir yo‘la ovqatlanishiga qarab rejalanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ishlab chiqarish binolari ufqning shimol tomoniga, savdo binolari janub tomonga qarab turadigan qilib rejalangani ma’qul. Korxonadagi binolarning hammasini shunday loyihalash kerakki, oshxona xizmati jarayonida ishchilar bilan xo‘randalar to‘qnash kelmasin.
Umumiy ovqatlanish korxonalaridagi ishlar, asosan, mexanik moslamalar va avtomatlar yordamida bajariladi. Qo‘l mehnatini mexanizatsiyalash, avtomatlash iqtisodiy jihatdangina emas, balki epidemiologik jihatdan ham ahamiyatga ega. Tayyor taomlarning epidemiologik jihatdan ishonchli bo‘lishida ularning issiq bo‘- lishi muhim ahamiyatga ega. Suyuq taomlarning harorati 75°C, quyuq taomlarniki esa 65°C dan kam bo‘lmasligi kerak.
O‘choqxona va yordamchi binolar yorug‘, havo almashinib turadigan bo‘lishi kerak. Gazli plitalar o‘rniga elektr plitalar bo‘lgani ma’qul. Xonalarning poli va devorlarining bir qismiga oson yuvib-tozalanadigan keramik plitalar qoplanishi kerak. Oshxona doimo ozoda bo‘lishi, eshik va dastgohlar nam latta bilan har kuni artilishi, haftada bir marta bir foizli tindirilgan xlorli eritma — ohak bilan yuvib turish lozim. Oshxona anjomlarini ish tamom bo‘lgach har kuni yaxshilab tozalash, kalsiylangan ishqorli issiq suv bilan yuvish, toza suv bilan chayish va quritish kerak. Pashsha, sichqon, kalamush hamda suvarakni qirish darkor.
Har bir xonada chiqindilar uchun qopqoqli idishlar bo‘lishi, ularni har kuni ikki mahal to‘kib turish kerak. Idish-tovoq yuviladigan stol va vannalar zanglamaydigan yaxlit po‘lat tunuka bilan qoplanishi, asbob-anjomlarni vaqti-vaqtida 0,2% li xloramin eritmasi bilan chayib turish kerak. Tayyor ovqatni zangla­maydigan po‘lat idishda saqlash, bo‘shaganidan keyin darhol yuvish lozim. Yuvish uchta jarayonda bajariladi: l) vannada idishlar xantalli issiq suvda yuviladi; 2) issiq suv bilan chayiladi; 3) sim to‘rdan to‘qilgan javonlarda quritiladi.



Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish