M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


§. MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A’ZOLAR VA SISTEMALARDA RO‘Y BERADIGAN FUNKSIONAL O‘ZGARISHLAR



Download 422,93 Kb.
bet127/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

§. MEHNAT JARAYONIDA AYRIM A’ZOLAR VA SISTEMALARDA RO‘Y BERADIGAN FUNKSIONAL O‘ZGARISHLAR

Mehnat jarayonida organizmda muhim morfologik, fiziologik va kimyoviy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Jismoniy va aqliy mehnat farq qilinadi. Aqliy mehnatda zo‘riqish, asosan, asab siste- masining oliy bo‘limi — bosh miya katta ayrim sharlari va po‘st- log‘iga tushadi. Jismoniy mehnatda markaziy nerv sistemasidan tashqari, asab, mushak apparati, yurak tomirlari, nafas va issiq­likni idora etadigan sistemalar katta ish bajaradi.
Ish kunlari, hatto ish boshlashdan avval organizmda moddalar almashinuvining oshishi, puls va nafas olishning tezlashuvidan iborat shartli refleks ko‘rinishidagi funksional siljishlar kuzatiladi. Bunda ishlab chiqarish sharoiti va vaqt shartli ta’sirlovchilar bo‘lib hisoblanadi.
Markaziy nerv sistemasidan mushaklarga yetib keladigan nerv impulslari ta’sirida mushaklarda ularning qisqarishini keltirib chiqaradigan o‘ziga xos jarayonlar ro‘y beradi. Ishlayotgan mushaklarning kislorodga va oziq moddalarga ehtiyoji oshishi shunga olib keladiki, jismoniy mehnatda organizmning ko‘pgina fiziologik sistemalari faoliyati sezilarli o‘zgaradi. Yurak-tomir sistemasida talaygina o‘zgarishlar ro‘y beradi; yurak qisqarishlari tezlashadi va ishning ayrim turlarida puls bir minutda 90—150 marta va bundan ko‘p uradi.
Yurakning sistolik hajmi ham oshadi. Natijada yurak hay- daydigan minutlik qon hajmi 3—5 dan 30—40 I gacha yetadi. Eng yuqori arterial bosim 5—30 mm simob ustunigacha ko‘- tarilishi mumkin.
Ish tugagandan so‘ng organizmda ro‘y bergan o‘zgarishlar darrov yo‘qolmaydi. Ma’lum vaqtgacha nafas va puls tezlashgan holda qoladi. Ish tugash davridan boshlab organizmning dastlabki holatga qaytgunicha o‘tadigan vaqt tiklanish davri deyiladi. Tiklanish davrida ishlab turgan a’zolarda oksidlanib ulgurmagan moddalar almashinuvi mahsulotlari yig‘ilib bo‘ladi. Ish jarayonida o‘zgarish faqatgina nafas, yurak-tomir sistemasidagina emas, balki deyarli barcha sistemalarda yuzaga keladi. Og‘ir, notinch davomli ishda yoki ish noto‘g‘ri tashkil qilinganda odam juda toliqib qoladi.




Toliqish — organizmning alohida fiziologik holati bo‘lib, uzoq vaqt yoki zo‘r berib ishlash natijasida yuzaga keladi va ish qobiliyatining pasayishi bilan ifodalanadi. U qator fiziologik diqqat funksiyasining yomonlashuvi, mushaklar chidamliligining pasayishi, ish bajarish bilan bog‘liq jarayonlar muvozanatining buzilishi va biokimyoviy (qonda qand miqdorining kamayishi, sut kislota darajasining oshishi va hokazo) ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi.
Toliqish — qaytar hodisa. Tegishli hordiq chiqargandan so‘ng toliqish yo‘qoladi va organizmning ish qobiliyati asli holiga keladi. Toliqish natijasida paydo bo‘ladigan subyektiv charchoq sezgisi dam olish zarurligidan xabar beradi. Mehnat tartibiga rioya qilinmasa, toliqish holdan toyishga olib keladi. Holdan toyish patologik holat hisoblanadi. Og‘ir yoki uzoq davom etadigan ishda, uzoq vaqt davomida dam olinmaganda va ish qobiliyati tiklanmaganda shunday hodisa yuz beradi. Toliqishda markaziy nerv sistemasining o‘ta qo‘zg‘alishi (muhofaza tormoz- lanishining yetarli emasligi) kuzatiladi, natijada odamning kay- fiyati yomonlashadi, jahldor bo‘ladi, uyqusizlik paydo bo‘ladi. O‘ta toliqish nevrozlarga, yurak-tomir kasalliklari, gipertoniya, me’da yarasi kasalligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Holdan toygan organizmning himoya kuchlari pasayib ketadi. Bunday paytda miriqib, to‘yib uxlab, hordiq chiqarish kerak, ba’zan davo tadbirlari ko‘rish ham zarur bo‘ladi.
Ko‘p charchash aksari mehnat jarayonini noto‘g‘ri tashkil qilish, katta asab-ruhiy quvvat va ko‘p energiya sarflashni talab etadigan yoki nisbatan ko‘p bo‘lmagan mushaklar guruhining jadal faoliyati, noqulay ish holati (vaziyat) bilan bog‘liq ishlarni bajarish oqibati deb hisoblanadi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish