Ish bir maromda olib borilganda uning unumi ortadi. Aqliy mehnat izchillikda bajarilganda ish samarali bo‘ladi.
Aqliy va jismoniy mehnat qilganda toliqib qolmaslik uchun mikroiqlim, sof havo, ish joyini yetarlicha yoritish, shovqin-
1500
1000
23-rasm. Tavsiya qilinadigan optimal ish zonasi.
suron bo‘lmasligi, to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Bir kunda uzog‘i bilan 8 soat mehnat qilish kerak. Birqancha kasblar, masalan, ko‘mir va tog‘ sanoati ishchilari uchun 6 soatlik ish kuni belgilangan. Mehnat bilan dam olishni oqilona navbatlashtirib olib borish kerak.
M. Sechenov yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi ishdan keyingi faoliyatli dam olish faoliyatsiz dam olishga qaraganda toliqishni tezroq va yaxshiroq qoldiradi, deb aytgan. Og‘ir ishdan keyingina toliqishni bartaraf qilish uchun to‘liq osoyishtalik zarur. Dam olishning korxonada va ishdan tashqari vaqtdagi turlari mavjud. Agar ish kuni tig‘iz bo‘lsa, har 1—2 soatda 5—10 daqiqa tanaffus qilinadi. Davomli tanaffus qilish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda odam ishdan «sovib qoladi». Tanaffus paytlarida gimnastik mashqlar bilan shug‘ullanish foydali. Fizkultpauzalar sof havoda o‘tkaziladi. Mabodo xonada o‘tkaziladigan bo‘lsa, oldin xona yaxshilab shamollatiladi. Fizkultpauzani 2 marta: tushki tanaffus- dan 2 soat oldin va ish tugashiga 2 soat qolganda qilish maqsadga muvofiq. Gimnastika mashqlari asab markazlariga ijobiy ta’sir qilishidan tashqari, qon aylanishini yaxshilaydi va qorinda dim- lanish hodisalarini yo‘qotadi. Yaxshi kayfiyat, charchoqning qolishi va tetiklik faol dam olishning samarasi hisoblanadi. Bir qancha fabrikalar va zavodlarda fizkultpauza joriy qilinganda mehnat unumi 3—14% ga oshgan. Tanaffuslar vaqtida musiqa eshitish yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Tushki tanaffus 1 soat bo‘lishi kerak. Ish kuni davomida mehnat unumining barqaror bo‘lishi, shuningdek, fiziologik siljishlar amplitudasi va tiklanish davrining davomiyligi korxo- nada dam olishni mazmunli uyushtirish va o‘tkazishning mezoni hisoblanadi. Ko‘rilayotgan tadbirlarga qaramay, ishchi ish kuni davomida va hafta oxirida biroz, yil mobaynida esa ko‘proq toliqadi. Juda toliqib qolmaslik uchun ishdan tashqari vaqtda, ish kuni tugagandan so‘ng, har haftada bir kun dam olish, yillik mehnat ta’tilida miriqib hordiq chiqarish kerak.
§. GAVDA VAZIYATIGA BOG‘LIQ KASB KASALLIKLARI
Kasallikning bu guruhiga noqulay yoki bir zayldagi vaziyatda ishlash natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklari kiradi. Tik turib ishlashda yassioyoqlik paydo bo‘lishi mumkin. Yassioyoqlik
ko‘pincha yuk tashuvchilarda, to‘qimachilarda, novvoylarda rivojlanadi. Uzoq yillar ishlagani sari kasallik zo‘rayib, oyoq panjasi shakli o‘zgarib, og‘riq paydo bo‘lishi, qon aylanishi buzilishi va tez charchab qoladigan bo‘lib qolishi mumkin. Hozirgi vaqtda ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash tufayli bu kasallik kamroq uchray- digan bo‘lib qoldi.
Og‘ir yuk ko‘tarish va tashishda gavdani majburiy egishda (dastgohlarda ishlovchilar, harf teruvchilar, sartaroshlar va hokazo.) umurtqa pog‘onasiga tushadigan og‘irlik umurtqa pog‘onasini turli xilda qiyshaytirib qo‘yishi mumkin (skolioz). O‘smirlik yoshida tik turib uzoq ishlash natijasida ayollarda chanoq shakli o‘zgarishi, oyoq venalari varikoz kengayib, tromboflebit, trofik buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Tik turib zo‘riqib ishlaganda qorin ichi bosimi oshadi va churra tushishi (chov, qorin churralari), ayollarda qinning tushishi va chiqib qolishi, bachadon vaziyati o‘zgarishi mumkin.
O‘tirib bajariladigan ish birmuncha qulay bo‘ladi, biroq bunday ishlar ayrim buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Avvalo, orqadagi turli xil mushaklarga og‘irlik bir me’yorda tushmasligi oqibatida, chevarlarda, mashinachilarda kuzatila- digan umurtqa pog‘onasi qiyshayishi (skolioz), ko‘krak qafasi- ning ichiga botishi kabi o‘zgarishlar paydo bo‘lishini ko‘rsatib o‘tish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |