18 lar guruhining faoliyati



Download 451,21 Kb.
bet1/3
Sana29.05.2022
Hajmi451,21 Kb.
#619097
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu ma`ruza D


  1. Mavzu: Inog`omovchilik va Qosimovchilik harakatlari va “18 lar guruhining faoliyati”.

Reja
1.Ma`muriy buyruqbozlik va qatog`onlik siyosatining kuchaytirilishi.
2.Innog`omovchilik va Qosimovchilik harakatining vazifa va maqsadlari.
3. “18 lar guruhining mag`lubiyati”.
1922 yil 30 dekabrda tashkil topgan SSSR qudratli unitar (qo’shma) davlat bo’lib, unda rasmiy federatsiya sub’ektlari suveren huquqlar va real mustaqillikdan mahrum edilar. O’zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren ruspublika hisoblangan, aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaram edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o’z maqsad va vazifalariga bo’ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o’ta siyosiylashtirilib, o’zgacha fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi.
20-30 yillarda mustabid tuzumga qarshi fikr bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda “18 lar guruhi”, “inog’omovchilik”, “qosimovchilik” kabi siyosiy ishlar to’qib chiqarilgan edi.
O’zbekistondagi hukumat va partiya organlarining vakolatlari masalasi tadqiq etilganda o’n sakkizlar guruhining faoliyati va qismatini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixdan ma’lumki, asosan hukumat a’zolari kirgan o’n sakkizlar guruhi a’zolari O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti siyosatiga qarshi chiqqan edilar.
1925 yil noyabrda O’zbekistonda faoliyat ko’rsatgan milliy rahbar xodimlardan 18 kishi (ular tarixiy adabiyotlarda “o’n sakkizlar guruhi” deb atalardi) 1925 yil 19-22 nobrda Samarqandda bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi Makaziy Komiteti plenumiga quyidagi ariza bilan murojaat qilgan edilar:

“O’zKP(b) MK plenumiga


Ariza
Do’stona va samarali ishlash uchun toqat qilib bo’lmaydigan sharoit yuzaga kelganligi munosabati bilan bizni O’zbekistondagi ishdan bo’shatishni va RKP(b) MK ixtiyoriga jo’natishingizni so’raymiz.
Agar lozim bo’lsa, sababini yanada mufassalroq bayon qilishimiz mumkin”.
Ariza ostida O’zbekistonda faoliyat olib borgan 18 nafar mas’ul milliy xodimlarning familiyasi va lavozimi yozilib, imzolari qo’yilgan. O’zbekiston SSR hukumati a’zolari, ayrim okruglar, viloyatlar, uezdlar, tumanlar va shaharlar rahbarlari, yirik xo’jalik boshliqlari va partiya xodimlaridan iborat bo’lgan va mazkur arizaga qo’l qo’ygan 18 nafar milliy xodimlar quyidagilar bo’lib, ular ariza yozilgan 1925 yil noyabrda quyidagi rasmiy lavozimlarda faoliyat ko’rsatishgan:

  1. Abduraxim Hojiboev - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; Farg’ona okrugi partiya komiteti mas’ul kotibi.

  2. Nuritdin Qoriev - O’zSSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi a’zosi; O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi mas’ul kotibi.

  3. Bahodir Maqsumov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; “O’zbekxlopkom” boshqarmasi raisining o’rinbosari.

  4. Rahimjon Rahimboboev - O’zbekiston SSR Ichki ishlar komissari o’rinbosari.

  5. Inomjon Xidiraliev - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; O’zbekiston SSR Yer ishlari xalq komissari.

  6. Mirzaxo’ja O’rinxo’jaev - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zoligiga nomzod; Samarqand viloyati ijroiya komiteti raisi.

  7. Muxtorjon Saidjonov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; Zarafshon okrugi partiya komiteti mas’ul kotibi.

  8. Ismoil Bozorboev - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; Qashqadaryo okrugi partiya komiteti tashkiliy bo’limi boshlig’i.

  9. Rahmat Rafiqov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; O’zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari.

10. Zokir Hasanov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; “Qizil Sharq” to’qimachilik korxonasining Samarqand bo’limi boshlig’i.
11.Muhammadjon Karimjonov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; Toshkent shahar kasaba uyushmasi raisi.
12.Obid Maqsudov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; Toshkent shahri 1-rayon partiya komiteti mas’ul kotibi.
13.Hayitdin Eshonov - Konibodom rayon partiya komiteti kotibi.
14.Abdurashid Mukamilov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zoligiga nomzod; Zarafshon okrugi ijroiya komiteti raisining birinchi o’rinbosari.
15.Rahmatulla Muzaffarov - O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti a’zosi; Zarafshon okrugi partiya komiteti targ’ibot tashviqot bo’limi boshlig’i.
16.Abdumajid Zokirov - O’zbekiston Kompartiyasi obkomi (oblast partiya komiteti) a’zosi; O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti zaxirasida turgan.
17.Nasm Shirinov - kommunistik partiya, ya’ni O’zbekiston Kompartiyasi a’zosi; Samarqand uezdi partiya komiteti mas’ul kotibi.
18.O’rinboy Ashurov - kommunistik partiya, ya’ni O’zbekiston Kompartiyasi a’zosi; Marg’ilon uezd - shahar partiya komiteti mas’ul kotibi.
O’zbekiston Kompartiyasi MK plenumi ushbu arizani ko’rib chiqishini RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosiga topshirgan. Mazkur arizadan so’ng plenum va O’zbekiston Kompartiyasi MK kotibiyatiga o’n sakkizlar arizasini qo’llab quvvatlab, 21 noyabrda yana 8 kishi (Abdurahmonov, Qodirov, Mirxo’jaev, Saidxonov, Musaxo’jaev, Olimjonov, Qurbonov, Isamuxamedov)dan ikkita ariza tushgan. Bu arizalarning birinchisini Zarafshon viloyati delegatlari va ayrim xodimlaridan Abdurahmonov, Qodirov, Mirxo’jaev, Saidxonov, Musaxo’jaev, Olimjonov, ikkinchisini O’ratepa uezdi ijroiya komiteti raisi Qurbonov va O’zbekiston LKSM MK tashkiliy ishlar bo’limi boshlig’i va O’zbekiston SSR MIK a’zosi Isamuhamedov kabi mas’ul xodimlar berishgan.
Ariza berganlar bilan RKP(b) MK O’rta Osiyo birinchi kotibi I.A.Zelenskiy va Markazdan yubrilgan boshqa mas’ul xodimlar suhbatlashgan. Bu suhbat aslida tergov tusini olgan. Partiyaning ichki intizomiga qat’iy amal qilish, partiya saflarida hech qanday guruhbozlikka o’rin bo’lmasligi kabi talablar va turli tazyiqlardan so’ng 18 nafar kishidan 8 kishi (A. Hojiboev, I.Xidiraliev, M. O’rinxo’jaev, O’.Ashurov, H.Eshonov, A. Mukamilov, A.Zokirov, N.Shirinov) xato qilganliklarini “tan olib”, arizadagi o’z imzolarini qaytarib olganliklari xususida ariza berganlar. Qolgan 10 nafar kishi (N.Qoriev, A.Muzaffarov, M. Saidjonov, R.Rafiqov, B.Maqsumov, I.Bozorboev, O. Maqsumov, M. Karimjonov, Z.Hasanov, R.Rahimboboev) qaytadan ariza yozishib, ishlarini O’rta Osiyo byurosida ko’rib chiqishni talab qilishgan.RKP(b) Markaziy Kontrol Komissiyasi Prezidiumi a’zosi M.V. Kosarev, RKP (b) Markaziy Kontrol Komissiyasi a’zosi D.Manjara va O’rta Osiyo byurosi tashkiliy – taqsimlov bo’limi boshlig’i A.Zdobnovdan iborat maxsus komissiya 1925 yil 22- 29 noyabrda ariza beruvchi har bir kishi bilan alohida savol-javob, aslida o’ziga xos so’roq o’tkazib, ariza yozishining sabablarini tekshirgan. Dekabr oyining boshlarida bu savol - javob yana takrorlangan.
Mazkur komissiyasining xulosalariga tayanib tarixchi Q.Rajabovning yozishicha, o’n sakkizlar guruhining harakatlarini O’zbekiston SSR hukumati boshlig’i Fayzulla Xo’jaev faol qo’llab- quvvatlagan. Hujjatda qayd qilinishicha, Fayzulla Xo’jaev bu guruhning rasmiy a’zosi bo’lmasa ham, aslida ularning g’oyaviy ilhomchisi bo’lgan. O’n sakkizlar guruhi a’zolari VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosining O’zbekistondagi shovinistik siyosati hamda bu siyosatni yurituvchilari bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari Vladimir Ivanov va Akmal Ikromovning o’lkada olib borayotgan siyosati va ish yuritish uslubiga qarshi norozilik izhor etib, mazkur arizaga imzo chekkanlar.
Eng qizig’i shundaki, so’roq qilingan rahbarlarning barchasi mahalliy millatga mansub kishilardan iborat bo’lib, so’roq qilgan komissiya a’zolarining birortasi ham o’zbek tilini bilmagan. Shu boisdan so’roq qilish va stenogramma rus tilida olib borilgan. U davrda hali so’roqqa tortilgan mahalliy millatga mansub rahbarlarning hammasi ham rus tilini birdek mukammal bilavermasligi, ruschani sal-pal tushunganlari ham o’z mulohazalarini mazkur tilda erkin ifoda eta olmasliklari so’roqqa tortilgan xodimlarda katta qiyinchilik tug’dirgan. Shu boisdan ularning ba’zilari ariza yozishdan maqsadlari nima ekanligini oldindan qog’ozga yozib olib, unga tayangan holda javob berishga harakat qilishgan. Komissiya a’zolari esa bu holatga siyosiy tus berib, ushbu “shpargalkalar” guruhbozlik kurashining g’oyaviy rahnamolari tomonidan maxsus tayyorlab berilgaligi xususidagi xulosaga kelganlar.
O’n sakkizlar guruhi ishtirokchilari ariza berishlariga partiya ichida guruhbozlik kurashining davom etayotganligi, buning natijasida esa samarali ishlash uchun sharoitning yo’qligi, rahbarlarning xodimlarga ishonmasligi asosiy sabab bo’lganligini ko’rsatib o’tganlar. Buni ular O’rta Osiyo byurosi majlisida bergan ko’rsatmalarida ham ta’kidlab o’tishgan. Masalan, Rahmat Rafiqov mulohazalarida shunday deyiladi: “Respublika partiya tashkilotidagi guruhbozlik kurashi to’xtamayotganligi ariza yozishga majbur qildi. Men to’ralarcha ishlashni xohlamayman, balki halol partiya kishisi sifatida ishlashni xohlayman. Ivanov va Ikromovning guruhbozlik kurashi masalasi bo’yicha xodimlarni qabul qilish va eshitish uchun vaqtlari yo’q edi, ular tomonidan do’stona maslahatlar berish ham amalda yo’q edi”.
Muhamadjon Karimjonov ko’rsatmalarida esa quyidagi fikrlar mavjud: “Men bu guruhbozlarning tugatilganligini ko’rmayapman, aksincha ular kuchayib bormoqda. Agarda ularning nufuzi oldin partiya a’zolarining 25 foizini tashkil qilgan bo’lsa, hozirda ular 90 foizga yetgan. Markaziy Komitet rahbaligining mustahkamligi va yaxshiligini tan olgan holda aytish kerakki, baribir MK bu borada hech qanday chora ko’rmadi, men shaxsan do’stona ishlash va guruhbozlarni tugatish mumkin emas, deb hisoblayman”. Zokir Hasanov esa yana ham keskinroq fikr bildirgan: “Markaziy Komitet lozim darajada yaxshi va keragicha rahbarlik qila olmadi”.
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti V plenumida (1925 yil 22 noyabr) so’zga chiqqan RKP (b) MK O’rta Osiyo byurosi birinchi kotibi I.Zelenskiy quyidagicha fikr bildirgan edi: “Men o’rtoqlarga (ariza bergan o’rtoqlarga) yangi xo’jalik yili boshlanayotganda MK rahbariyati to’g’risidagi masalani kun tartibiga qo’yish barcha sohadagi ishlarga salbiy ta’sir qilishini, shuningdek, hozir rahbariyatni almashtirish partiya va sovet organlarining quyi bo’g’in rahbarlarini ham almashtirishga sabab bo’lishini tushuntirdim”. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, o’n sakkizlar guruhi a’zolarining talablaridan biri Markaz manfaatlarini O’zbekistonda amalga oshirayotgan respublika kommunistik tashkilotining rahbarlari V.Ivanov va A.Ikromovni o’z vazifalaridan ozod qilishdan iborat bo’lgan.
RKP(b) Mk O’rta Osiyo byurosi komissiyasi xulosasiga ko’ra, Fayzulla Xo’jaev, Abdurahim Hojiboev va Bahodir Maqsumov o’n sakkizlar guruhining g’oyaviy rahnamosi va tashkilotchisi deb topildi. Bundan tashqari xulosada ta’kidlanishicha, Fayzulla Xo’jaev, A.Hojiboev va R. Islomov O’zbekistonda uchta gruppa tuzib, go’yoki Markaziy Komitetga qarshi birgalikda yagona jabhada turib kurash olib borganlar.
O’n sakkizlar guruhi a’zolari RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi komissiyasi va O’zbekiston Kompartiyasi MK ikkinchi chaqiriq 1 plenumi qaroriga ko’ra 1925 yil dekabrda quyidagicha jazolandi: Rahmat Rafiqov, Muxtorjon Saidjonov, Inomjon Xidiraliev, Nuritdin Qoriev o’z vazifalaridan olib tashlandi, Rahmat Rafiqov va Bahodir Maqsumov partiya a’zoligidan chiqarildi, Zokir Hasanov va Obid Maqsumovga qattiq hayfsan e’lon qilindi, Raxmatulla Muzaffarovning ishi ko’rib chiqish uchun O’zbekiston Kompartiyasi MKKga topshirildi, Rahimjon Rahimboboev va Abdurahim Hojiboega tanbeh berildi, o’z xatolarini “tan olgan” 8 kishini shaxsiy ishiga esa guruhbozlik kurashida ishtirok etganligi yozib qo’yildi.
Fayzulla Xo’jaevning O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti 1927 yil mart plenumida so’zlagan nutqida aytgan fikrlari o’sha yillarda partiyada vujudga kelgan ahvolni to’la - to’kis ta’riflab beradi: “Biz o’tgan vaqt davomida mazkur arizaning siyosiy vazifalari yoki amaliy maqsadlari nimadan iborat bo’lganligini bilishga biror marta ham urinib ko’rmadik”.
Biroq o’n sakkizlar guruhi a’zolarining keyingi taqdiri ayanchli kechdi. Inomjon Xidiraliev 1928 yil 31 dekabrda Moskvada fojiali o’lim topdi, ayrim kishilar 1930 yili B. Mavlonbekov guruhida ishtirok etganlikda ayblandi va jazolandi, qolganlari esa 1934, 1937-1938 yillardagi ommaviy qatag’onlarning qurboni bo’lishdi. Faqat umrining katta qismini surgun va qamoqxonalarda o’tkazgan Mirzaxo’ja O’rinxo’jaev 1958 yilda tug’ilgan yurti Samarqandga qaytib, keyinchalik o’z ajali bilan vafot etdi
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston SSR va O’zbekiston Kompartiyasi tashkil topgach, hukumat va partiya organlarining vakolatlari doirasi qizg’in munozaralarga sabab bo’ldi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti rahbariyati VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi a’zolari hamda Markazning boshqa vakillari madadi va ko’rsatmasiga tayanib, respublikadagi sovet va xo’jalik organlari ishiga, xususan, O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti faoliyatiga bepisandlik bila qaradilar. 1925-1926 yillarda partiya saflari o’rtasida qat’iy tartib va intizom yo’qligi turli guruhbozlik holatlarini keltirib chiqardi. Markaziy Komitetdan o’rnak olgan joylardagi partiya tashkilotlari sog’lom raqobat va o’zaro tanqid muhitida ishlash o’rnida sovet va xo’jalik organlari faoliyatiga bilar-bilmas aralashib, ularning mustaqil ish ko’rishiga monelik qildi.
Partiya tashkilotlari rahbar kommunistlarni xo’jalik, ijtimoiy va madaniy qurilishining barcha sohalariga mutasaddi qilib qo’ygan edi. Ma’muriy – buyruqbozlik usullari bilan ish olib borgan partiya tashkilotlari korxonalar va muassasalar rahbarlari hamda mehnat jamoalarining mustaqilligini cheklab, ularning tashabbusini bo’g’ar, ular faoliyatidagi demokratik jihatlarni yo’qqa chiqarar edi.
Hukumat va partiya organlarining funktsiyalari konstitutsiya va turli qonunlarda ko’rsatilgan bo’lishiga qaramasdan, partiyaviy vakolatlar doirasi tabora kengayib, keyinchalik jamiyatning barcha sohalari ustidan hukmron kuchga aylandi. Bu holatga qarshi chiqqan milliy rahbar xodimlar (o’n sakkizlar guruhi, R.Inog’omov va b.) muxolifatda ayblanib, ular avval g’oyaviy jihatdan, so’ngra jismoniy jihatdan mahv etildi. Sovet rejimining repressiv xususiyati O’zbekistonda ham yaqqol namoyon bo’la boshladi.
Inog’omovchilik” 1926-1931 yillarda mustabid tuzum tomonidan milliy rahbar va ziyolilarning qatag’on qilinishiga sabab bo’lgan uydirma. “Inog’omovchilik”- o’sha yillarda O’zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasini bajarib kelgan Rahim Inog’omov (1902-1938) nomi bilan bog’liq.
R.Inog’omov va uning tarafdorlari xalq ta’limi va madaniyatini proletarlashtirishga qarshi chiqib, VKP (b) MQ O’rta Osiyo byurosi faoliyatini tugatish talabini ko’tarib chiqadilar. Shuningdek, R.Inog’omov o’zbek mehnatkashlarining oktyabr to’ntarishiga tayyor bo’lmaganliklari va uning yevropalik proletar kuchlar tomonidan amalga oshirilganligi hamda rus istibdodiga qarshi mustaqillik harakatida tarixiy rolni faqat ziyolilar o’ynagan, bizda esa hali proletariat yo’q degan dadil fikrlarni bildiradi.
Maxsus uyushtirilgan viloyat plenumlarida “inog’omovchilik” qoralanib, u bilan ayovsiz kurash olib borishga da’vat etiladi. Hatto “inog’omovchilik” ni partiya saflaridagi burjuaziya agenturasi deb baholashadi.
“Inog’omovchilik” ka qarshi kurash matbuotda ham davom etadi. O’rta Osiyo byurosining “Za partiyu” degan jurnalida I.Zelenskiy “inog’omovchilik” ni qattiq tanqid qilib, uning kommunistlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmaganligi, unga qat’iy zarba berilganligini alohida ta’kidlaydi.
Rahim Inog’omovga shu kabi asossiz “aybnomalar” qo’yilgandan so’ng, uni Qashqadaryo viloyatining eng chekka qishloqlarining biriga ishga yuborishadi. Quvg’in va ta’qiblar ta’sirida R.Inog’omov matbuot orqali tavba-tazarru mazmunidagi “ochiq xat”i bilan chiqadi.
Inog’omovning qarashlari xususida Mustafo Cho’qaev quyidagi fikrlarni bildirgan: “...Biz ruslarga iqtisodiy jihatdan qaram bo’lishni istamaymiz.. Mana shu haqiqatni kommunist bo’lishga shoshilgan turkistonlik yoshlar anglay boshladi.. R.Inog’omov boshliq guruh o’zbeklarga o’z-o’zini boshqarish huquqini berish, Turkiston ustidan O’rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilinishini talab qilgan.”
Qosimovchilik”-1929-1930 yillarda milliy an’anaviy sud va huquq sohasidagi qadriyatlarni saqlab qolish tarafdorlari bo’lgan vatanparvar ruhdagi huquqshunos mutaxassislarni mustabid sovet tuzumiga majburan bo’ysundirish yo’lidagi (repressiya) qatag’onga qarshi harakat bo’ldi.
1929 yilda O’zSSR Oliy sudining raisi Sa’dulla Qosimovning “qosimovchilik” deb nomlangan ishini ko’rib chiqish boshlanadi.
S.Qosimov, B.Sharipov, sudyalar M.Mirzokirov, I.Xo’jaev, sud idorasi xodimi Spiridonov ustidan 1930 yilning martida boshlangan sud jarayoni natijalari oldindan tayyorlangan yolg’onga aylantirilgan edi. Davlat va jamoat ayblovchilari S.Qosimov va maslakdoshlarining haqiqiy jinoiy ishlarini isbot qila olmadilar. Biroq, ularning Munavvar Qori Abdurashidxonov tomonidan tashkil etilgan “Turk odami markaziyati” partiyasi bilan aloqalari, S.Qosimovning Sulton Segizboev va advokat Ubaydulla Xo’jaev (Asadullaxo’jaev), Yaponiyadagi Turkiston milliy qo’mitasining muxtor vakili (aslida bunday qo’mita bo’lmagan) Hasanxon Qori Karimov bilan do’stona munosabatda bo’lganligi bir necha marotaba esga olindi. S.Qosimov va uning tarafdorlari “bosmachilar”ni qo’llab-quvvatlashda, “aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar” a’zolari bilan aloqa bog’laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblandilar. Holbuki, S.Qosimov va B.Sharipov o’z xizmat vazifalarini bajarish vaqtida tub millat manfaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan O’zbekistonning suverenlik huquqi va milliy manfaatlari poymol qilinayotganligini ochib tashlashdan cho’chimadi.
1930 yilning 22 iyunida xukm e’lon qilinadi. Ularning hammasi yot sinf manfaatlarini himoya qilganliklarida, Sharipov esa bosmachilarga faol yordam berganlikda ayblanadilar. Katanyan so’nggi sud jarayonida: ”...adolatli qonun g’alaba qilsin va qon to’kilsin!” deb xitob qiladi. Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadilar.
Bu jarayonning asl mohiyati ko’zga ko’ringan mahalliy arboblarni tugatishga qaratilgan edi.
Minglab ziyolilar yo’q qilinishining cho’qqisi 1937-39 yillarga to’g’ri keldi.1937 yil dekabr-1938 yil yanvarida XKS va O’Z KP (b ) MQning “O’zSSR Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori e’lon qilingandan so’ng, xalq ta’limining barcha sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari va institutlarida o’qituvchi kadrlar va talabalarni “tozalash” ishlari avj oldirib yuborildi.
Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan quvg’in va qatag’onlarga “xalq dushmanlari, chet el josuslari”-A.Ikromov, F.Xo’jaev, N.Karimov va boshqalar o’zlarining Maorif komissarligidagi “odamlari”- Usmonov, Ro’ziev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon etkazishgan, degan bo’htonlar “asos” qilib olindi: “Ular turli choralar bilan o’zbek xalqini sotsialistik madaniyatning ilg’or vakili-buyuk rus xalqidan ajratmoqchi bo’ldilar, yoshlarni millatchilik bilan zaharlashga harakat qildilar... Ular bir tomondan, o’zbek maktablarida Lenin va Stalin asarlarini o’rganishga imkon beruvchi rus tili o’qitilishiga qarshilik ko’rsatib, ikkinchi tomondan, marksizm-leninizm klassiklarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilinishiga to’sqinlik qildilar.”


Download 451,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish