18 lar guruhining faoliyati



Download 451,21 Kb.
bet2/3
Sana29.05.2022
Hajmi451,21 Kb.
#619097
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu ma`ruza D

Abdulla Qodiriy


G’afur G’ulom




Yunus Rajabiy






Obid Sodiqov


Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari, o’zbek xalqining mashhur yozuvchilaridan Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo’ldilar. 30-yillarda o’zbek adabiyotining Fitrat va Cho’lpon kabi “keksa” avlodi vakillarining erkin ijod etishiga yo’l qo’yilmadi. Fitrat 1938 yil 4 oktyabrda “...sovet hokimiyatiga qarshi aksilinqilobiy, panturkistik ishlar olib borganlikda” ayblanib, otib tashlanadi.


Cho’lpon 1932 yili F.Xo’jaevning maslahati bilan Moskvaga borib, SSSR XKS va SSSR xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon bo’lib xizmat qilayotganida, Toshkentda badriddinovchilar ustidan sud boshlanadi. “Badriddinovchilik”-O’zbekiston SSR Oliy sudining prokurori Shamsutdin Badriddinov nomi bilan bog’liq ish. Sh.Badriddinovga “Milliy ittihod” tashkiloti a’zolari va bosmachilar bilan aloqa bog’lagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do’sti va ham fikri bo’lgan degan ayblar qo’yilgan Sh.Badriddinov va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayoni 1932 yil 5 may-15 iyunda Toshkentda bo’lib o’tadi. Ana shu sudda fosh etuvchi nutq bilan so’zga chiqqan Olimov ismli guvoh Cho’lponning ham nomini g’ayrli niyatda tilga oladi. Bu uning 1937 yilda qamoqqa olinishiga sabab bo’ladi. Cho’lpon o’z oldiga sovet hokimiyatini qurol bilan ag’darib tashlash va O’zbekiston muzofotida burjua davlatini barpo etish maqsadini qo’ygan, aksilinqilobiy millatchilik tashkilot a’zosi bo’lgan..., sovet hokimiyatiga qarshi kurash uchun milliy kadrlar tayyorlagan..., tashkilotning topshirig’iga muvofiq aksilsho’roviy-millatchilik ruhidagi she’rlarni yozgan. Xorijiy razvedka organlarining ayg’oqchilari Shohid Eson Musaev, Fitrat va G’ozi Olim Yunusov bilan doimiy aloqada bo’lgan...” degan soxta aybnomalar asosida sovetlarning jazo organlari tomonidan 1938 yil 4 oktyabrda qatl etiladi.
O’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy 20-yillarda “O’tkan kunlar” dan keyin, “Mehrobdan chayon” asarlarini yaratib, o’zbek romanchiligini jahon madaniyati darajasiga olib chiqdi. Biroq, sovet rejimi uning “O’tkan kunlar” asari kitobxonlarni sovet voqeligidan uzoqlashtiradi va unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb tanqid ostiga olishadi va bu uning 1937 yilda qamoqqa olinishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Adabiyotimizning eng sara arboblari qatorida A.Qodiriy ham 1938 yil 4 oktyabrda otiladi.
Taniqli o’zbek shoiri, dramaturg va tarjimon Usmon Nosir o’zining “Yurak”, “Mehrim, “Norbo’ta, “Naxshon” va boshqa she’riy dostonlari bilan shuhrat qozongan. Shuningdek, u Dobrolyubov, Lermontov asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Usmon Nosir ham 1944 yilda sovet rejimining begunoh qurboni bo’lgan.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVDsi “uchlik” lari tomonidan 1937-39 yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi.
Millatning ilg’or taraqqiyparvar ziyolilari qatag’on qilinishi oqibatida xalqimiz ularning noyob asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi.
Ma’lumki, sovet hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof etilgan, nomigagina vijdon erkinligi e’lon qilingan bo’lsa-da, aslida diniy e’tiqod goh oshkora, goh pinhona tarzda ta’qibu tazyiqqa olinar edi. Holbuki jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo’lishi mumkin emas. Sovet tuzumida bunga mutlaqo e’tibor berilmas edi. Balki, iloji boricha, dinga, diniy tarbiyaga to’sqinlik ko’p bo’lib, jamiyatdan ularni siqib chiqarishga harakat qilingan. Sovetlarning e’tiqodi dahriylik edi. 30-yillarning boshi dindor va e’tiqodli kishilarga zo’ravonlik va siyosiy qatag’onlikning cho’qqisi bo’ldi.


Hatto Alloh taoloning uyi hisoblanmish masjidlar xudosizlar uyiga, ateizm muzeyiga aylantirilgan. Ushbu siyosat oqibatida ko’plab qo’hna masjidlar uzoq vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish to’g’risida esa hatto so’z bo’lishi mumkin emas edi. Bu davrda O’zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy qismi qamoq lagerlariga jo’natildi. Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda mahbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga mahkum etildilar.
20-30 yillardagi mustabid tuzumning qatag’onlik siyosati jiddiy va fojiali oqibatlarga olib keldi. Milliy ziyolilarning jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to’la-to’kis rivojlana olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma “yo’lboshchi”ning itoatkor quliga aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o’zgacha fikrni kuch bilan bo’g’adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo’rlik bilan Vatanga sodiq necha o’n minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibot qaror topdi va kuchaya bordi.



Download 451,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish