joylashgan yeri, jihozi, yuvish usuli. Xonaning sanitariya holati, pashsha, kemiruvchi, suvaraklar bor-yo‘qligi.
Oshxona idish-tovoqlari yuviladigan xona; birin-ketinlikka rioya qilinishi (yuvilgan va yuvilmagan idish-tovoqlarning duch kelmasligi), jihozlari (yuviladigan vannalar soni va joylanishi, stellajlar, yuvadigan mashinalar); sovuq va issiq suv bilan ta’min- lanishi, tarelkalar, vilkalar, qoshiqlar va pichoqlarni yuvish usuli hamda sifati (asboblarning qaynatilishi); toza idishlarning saqla- nishi, havo tortadigan ventilatsiya.
Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish uchun xonalar. Vestibul, garderob, umivalniklar (sovun, qo‘l yuvish uchun cho‘tka, sochiq, elektr sochiq), sanitariya uzeli.
Ovqatlanadigan zal. Kattaligi (bir odamga to‘g‘ri keladigan maydon), derazalarning joylanishi, tabiiy va sun’iy yoritilishi, jihozlari, stollar servirovkasi, iste’molchilarga xizmat qilinishi, sanitariya holati.
Bufet. Jihozlari: sovun bor-yo‘qligi, umivalnik, bufetchining oziq-ovqat mahsulotlarini qisqichda, qoshiqda olib berishi va hokazolar; tarelkalar, stakanlar, asboblarning yuvilishi.
Sanitariya jihatidan tozaligi. Pol, ship, devorlar (paneli borligi) holati, yoritilishi, ventilatsiya, suv bilan ta’minlanishi (suv sifatining analizlari), kanalizatsiya, qattiq va suyuq chiqindilarni yig‘ish va olib ketish.
Supurib-sidirish rejimi (kundalik, haftalik, mavsumiy) va dezinfeksion vositalar hamda pashshalarga qarshi kurash vosita- larining qo‘llanilishi.
Xizmat ko‘rsatadigan xodim. Sanitariya ma’lumoti (sanitariya minimumini topshirganligi, ayniqsa, ovqatdan zaharlanish va infeksiyalarning oldini olish hamda ovqat pishirayotganda vitaminlarni saqlab qolish usullariga tegishli masalalarni qanchalik bilishi; sog‘ligi (vaqt-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi), shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi (qo‘li, kiyim-kechagining tozaligi, ichak tayoqchalari bor-yo‘qligiga qo‘li hamda kiyim-kechagidan olingan yuvindini tekshirish natijalari); sanitariya kiyimlari komplektining soni, ahvoli va boshqalar. Oshxona xodimlari bilan doim sanitariya-oqartuv ishlari olib borilishi.
Tibbiy hujjatlarning ahvoli. Sanitariya jurnalining borligi (vrach yoki feldsherning takliflari, ularning to‘ldirilishi), barcha xodimlarga sanitariya daftarchasi berilganligi va unda meditsina ko‘rigi, batsilla hamda gijja tashuvchanlikka tekshirish, o‘pkaning
rentgenoskopiyasi, balg‘amni tekshirish, profilaktik emlashlar natijalari, sanitariya minimumi topshirilganligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganligi yoki ovqat pishirayotganda sanitariya qoidalari buzilganligi to‘g‘risida vrach yoki feldsherning yozuvi qayd qilinganligi, shuningdek, xomashyo va tayyor ovqat- lar sifati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoziladigan brakeraj jurnal borligi.
Oshxona ustidan sanitariya nazorati va jamoat nazorati o‘rnatilishi. Oshxona ustidan kim va qanday sanitariya nazorati o‘rnatishi; kim va qanday jamoat nazorati o‘rnatishi (jamoat nazoratchilariga sanitariya instruktaji berilishi) ko‘rsatiladi.
Oshxona ovqatiga fiziologik-gigiyenik baho berish. Kaloriyalilik, oziq-ovqat moddalarining tarkibi, ovqatlanish rejimi, ovqatning xilma-xilligi va oziq-ovqat mahsulotlarining assortimenti, ovqatning ta’mi va boshqa organoleptik xossalari, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa to‘yimli moddalarning saqlab qolinishi nuqtayi nazaridan ovqat pishirishning to‘g‘riligi; ovqat tarqa- tilishi, uning vitaminlashtirilishi to‘g‘riligi.
Bu ma’lumotlar taomnoma va kaloriyalilik hisobi hamda ovqatlanish tarkibi bilan tanishib chiqib olinadi. Bundan tashqari, oshxonani tekshirayotganda oshxonaga buyurtma qilingan portsiyalar soni bo‘yicha ovqat qancha chiqqanligi hamda qozon- dagi ovqatning amaldagi miqdori va miqdor massasi nazorat qilinadi (ayniqsa, baliq, go‘sht, sariyog‘ va boshqalar miqdorining massasi tekshiriladi).
Laboratoriyada kaloriyalilikka tekshirish uchun ovqatdan na- muna olinadi. Ovqatlarning hisob bo‘yicha va amaliy kaloriyaliligi o‘rtasidagi laboratoriyada belgilangan farq 10% dan oshmasligi kerak. Zarur bo‘lgan hollarda sanitariya laboratoriyasiga oqsillar, yog‘lar, C vitamini miqdorini, kotletga qancha non aralash- tirilganini va boshqalarni tekshirish uchun namunalar yuborilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |