TEST SAVOLLARI
Ko ‘karib ketgan kartoshka mevasida qaysi zaharli modda bo ‘lishi mumkin ?
A Amigdalin. B. Solanin.
D. Botilinus. E. Nitritlar.
Go ‘shtni yaxshipishirmasdan iste ’mol qilinganda qaysi gijja yuqishi mumkin ? A Trixinella. B. Ostritsas.
C. Askarida. D. Qilbosh gijja.
Ovqatda qaysi vitamin yetishmasa shabko‘rlik paydo bo‘ladi?
Bi. В. B2.
A. D. PP.
Organizmda biror xil vitamin yetishmasa nima deyiladi?
A Avitaminoz.
Gipovitaminoz.
Gipervitaminoz.
Polivita ’minoz.
Mustaqil ish
Meva va sabzavotlatdan maket tayyorlang.
Eslab qoling!
Gipovitaminoz — organizmda ba’zi bir vitaminlarning yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasallik.
Ovqat toksikoinfeksiyalari — tirik mikroblar ko‘p miqdorda tushgan ovqatni iste’mol qilish natijasida to‘satdan paydo bo‘ladigan kasallik.
Botulizm — CI. botulinum zahari bilan zaharlangan ovqatni iste’mol qilish natijasida paydo bo‘ladigan og‘ir o‘tkir kasallik.
BOB SHAXSIY GIGIYENA. SANITARIYA MAORIF ISHINI TASHKIL QILISH
§. SHAXSIY GIGIYENA
Ozodalik kishi mehnati va vaqtini tejaydi. Pokiza tutilgan barcha buyumlar: kiyim-kechak, poyabzal, shuningdek, turar- joylar uzoq vaqt xizmat qiladi. Ozodalik bilan turli ortiqcha xarajatlar tejaladi. Ozodalikka rioya qiladigan va chiniqqan odam sog‘lom bo‘ladi. Ozodalik — terini toza tutishning birinchi qoidasidir. Nihoyat, har bir odam, dastavval o‘z badanini ozoda tutishga e’tibor berishi zarur. Bularning barchasi kishi shaxsiy gigiyenasi deyiladi.
Teri gigiyenasi terini parvarish qilish, teri faoliyatini me’yo- rida saqlash va kasalliklardan muhofaza qilish uchun zarur. Odam badanini qoplab turgan teri organizmni tashqi zararli ta’sirlardan: sovuq qotish, qizib ketish, namlik, mexanik va kimyoviy shikastlanishlardan himoya qiladi, modda almashinuvida faol ishtirok etadi. U mikroblardan saqlaydi. Teri sirti undan ajra- ladigan lizotsim birikmasi muhofaza vazifasini o‘taydi. Teriga tushadigan ko‘pgina bakteriyalar lizotsim ta’sirida nobud bo‘ladi, shuningdek, teri organizmning asosiy issiqlik muvozanatini saqlaydi. Tana harorati ko‘pincha atrof-muhit haroratidan yuqori bo‘ladi. Shu sababli organizm issiqlikni to‘xtovsiz ravishda ajratib turish bilan birga, ayni vaqtda, tana haroratini muayyan darajada saqlash uchun sarflangan issiqlik o‘rnini to‘ldirib turadi.
Odam terlaganda teri orqali ter bilan birga organizm uchun keraksiz va zararli moddalar bilan birga organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan osh tuzi va C vitamini ham ajralib chiqadi. Terlash faqat organizm holatigagina emas, balki uni o‘rab turgan tashqi muhitga ham bevosita bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |