M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Odatda, qo‘ziqorinlardan zaharlanish yakka yoki oilaviy zaharlanish ko‘rinishida o‘tadi



Download 422,93 Kb.
bet100/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Qo‘ziqorinlardan zaharlanish. Odatda, qo‘ziqorinlardan zaharlanish yakka yoki oilaviy zaharlanish ko‘rinishida o‘tadi.
Qo‘ziqorinlardan zaharlanish, asosan, erta bahorda va yoz oxirida kuzatiladi. Erta bahorda zaharli struchkini yanglishib iste’mol qilinadi. Yoz oxirida zaharlanish boshqa fasllarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Qo‘ziqorinlardan zaharlanish og‘ir kechadi va o‘lim hodisalari uchraydi. Zaharli qo‘ziqorinlarga oq poganka, muxomor, struchki va boshqalar kiradi.
Oq poganka. Uning uch, ya’ni yashil (Amanita-pholloides), sariq (Amonita-toppa), oq (Amonita-verna) turi bor. Bu qo‘ziqorinlar iyul oyidan oktabrgacha o‘sadi, avgust oyida juda ko‘p chiqadi. Kasallik 7—20 soat, o‘rtacha 12 soatlik yashirin davrdan so‘ng o‘tkir qorin og‘rig‘i bilan boshlanadi, og‘riq zo‘rayib tez-tez ich ketadi, ketma-ket qayd qiladi, najas sariq ko‘kimtir yoki loyqasimon ko‘kimtir, tez orada shilimshiqli — suvdek, lekin hidsiz bo‘lib qoladi. Behollik kuchayadi, tashnalik avjiga chiqadi, ichilgan suv qusganda qaytib tushadi. Suvsizlanish oqibatida bemorning ko‘zlari kirtayib, rangi bo‘zarib ketadi, so‘ngra ko‘kimtir tusga kiradi, talvasa tutadi, oyoq-qo‘llari muzlaydi. Harorat, odatda, o‘zgarmaydi, bolalarda ba’zan 38°C


gacha chiqadi. Og‘ir hollarda 2-3 kun falajdan keyin yurak butkul to‘xtaydi.


Muxomorlar. Muxomorlardan zaharlanish juda kam uchray­di, chunki uni iste’mol qilsa bo‘ladigan qo‘ziqorinlardan ajratish juda oson.
Zaharlanish qo‘ziqorin iste’mol qilingandan keyin 1-4 soatli yashirin davri bilan boshlanadi. Bemor g‘araq-g‘araq terlaydi, so‘lagi oqadi, ko‘zi yoshlanadi, ko‘ngli behuzur bo‘ladi, tez-tez qusadi, tinmay ichi ketadi. Keyinchalik bosh aylanadi, tez-tez esi kirarli-chiqarli bo‘lib qoladi, bemor bezovta bo‘ladi, alahlaydi, ko‘ziga narsalar ko‘rinadi, mast odamga o‘xshab yuradi. Ko‘- pincha tuzalib ketadi.
Struchki (Gyromitra esculenta). Oq pogankaga nisbatan zaharsizroq. Struchki bilan zaharlanganlarning 26%i o‘lim bilan tugaydi. Aprel, may hamda iyul oyi boshlarida, yangi terilgan qo‘ziqorindan tayyorlangan taomlarning yoki qo‘ziqorin mari- novkasini iste’mol qilganda zaharlanish qayd qilingan.
Kasallik 6-10 soatlik yashirin davrdan so‘ng yuzaga chiqadi. Me’da achishib og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, bemor qusadi, ba’zan ichi ketadi, 2-3-kuni bo‘shashadi, keyin 2-3 kun rangi sarg‘ayadi. Bemor yengil zaharlanadi: hushdan ketish, alahsirash, talvasa tutish kuzatiladi. Yurak faoliyati susayib ketadi.

  1. §. G‘ALLADAGI BEGONA O‘TLAR URUG‘IDAN ZAHARLANISH Tuyaqorin (ko‘kmaraz), kampirchopon (jabrey), kakra, randak

va boshqalarning urug‘lari aralashgan undan tayyorlangan taom- larni iste’mol qilish natijasida odam zaharlanib qoladi. Shuning uchun tegirmonda tortishdan oldin donning tozaligiga ahamiyat berish zarur. Kasallik 3-4 kun o‘tgach boshlanadi. Jigarning o‘tkir zaharlanish alomatlari yuzaga chiqadi: qorinning o‘ng yarmi og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, umumiy lohaslik, sarig‘lik sezi- ladi. Og‘ir hollarda astsit rivojlanadi. Tuyaqorin aralashgan non ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda komatoz holat sodir bo‘ladi. Kasallikning 20-30% o‘lim bilan tugaydi. Tuzalish juda sekin (bir necha oylar) davom etadi.
Kampirchopon (Trixodesma) — jilangar ensefaliti. Kasallik tarkibiga uchburchak shaklidagi yirik g‘adir-budir zaharli o‘t urug‘i tushgan don mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatni iste’mol




qilish natijasida kelib chiqadi. Ensefalit va meningoensefalit belgilari namoyon bo‘ladi. Keyinroq zo‘rayib boruvchi kamqon- lik avj oladi, jigar faoliyati va yurak-tomir faoliyati izdan chiqadi. Kasallik uzoq davom etadi. O‘lim hollari 35% gacha boradi.
Pikulnik (jabrey). Jabrey donli ekinlarni zararlantiradi. Za­harli moddasining tabiati o‘rganilmagan. U yog‘larda eriydi, issiqqa chidamli, moylar (paxta, kanop, zig‘ir moyi) tarkibida bo‘ladi. Jabrey cho‘chqa ozuqasiga tushsa, zahar cho‘chqa yog‘i- ga ham o‘tadi.
Zaharlanish bir necha soat ichida ma’lum bo‘ladi. Dastlabki belgilari: mushaklar to‘satdan qattiq og‘rib, ba’zan bemorlar harakatdan qoladilar. Diafragma va nafas mushaklari zararlanadi, natijada o‘lim sodir bo‘lishi mumkin.
Kakra (Achchiqmiya). O‘rta Osiyoda tarqalgan begona o‘t. Urug‘lari yasmiqqa o‘xshaydi, tarkibida zaharli alkaloidlar — paxikarpin, sofokarpin va sofokarpidin bo‘ladi. Kasallangan be- mor bo‘shashadi, ko‘ngli ayniydi, boshi aylanadi, aksari asab falajlik belgilari: talvasaga tushish, parezlar kuzatiladi.
Randak (Agrostemma githago) chinniguldoshlar (chinni- gullilar oilasi)ga mansub bir yillik begona o‘t. Bo‘yi 20—70 sm, bargi ensiz, novdada 2 tadan qarama-qarshi joylashgan, guli to‘q pushti, yirik. Mevasi ko‘saksimon. Urug‘i qora, g‘adir-budir. May oyida gullaydi. Mevasi iyunda pishadi. O‘zbekistonda faqat Toshkent, Sirdaryo va Jizzaxda, arpa va bug‘doyzorlarda, yo‘l yoqalarida uchraydi. Urug‘ida 6,5% cha zaharli saponin, gitarin va boshqa alkaloidlar bor. Randak urug‘i aralashgan donni yegan parranda, hayvon va hatto odam zaharlanishi mumkin.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish