M. A. Azizov umumiy gigiyena va ekologiya tibbiyot kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma To‘rtinchi nashri


Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxiri va yozning bosh- larida zaharlangan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilgandan



Download 422,93 Kb.
bet98/194
Sana19.04.2022
Hajmi422,93 Kb.
#562579
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194
Bog'liq
GIGENA fan

Kasallikning tarqalishi bahor faslining oxiri va yozning bosh- larida zaharlangan g‘alla mahsulotlarini iste’mol qilgandan

  1. 3 hafta o‘tgandan keyin kuzatiladi. Ba’zi vaqtlarda, kasallik belgisi (noxushlik, og‘izning burishishi, yutishning qiyinligi, kam bo‘lsa-da, ko‘ngil aynish, qusish, ich ketish alomatlari) kuzatiladi. Zamburug‘ toksinlari bilan zararlangan g‘alla mahsulotlaridan


10 — M.A. Azizov


145




tayyorlangan non iste’mol qilingandan bir necha soat o‘tgandan keyin ham bu alomatlar kuzatiladi. Aleykiya kasalligining boshlanishi qon paydo qilish a’zolari faoliyatining buzilishi bilan ifodalanadi. Kasallikning rivojlanishida qonda leykopeniya hamda qon tanachalarining hosil bo‘lishida depressiya (trom- bopeniya, gipoxrom anemiya) alomatlari kuzatiladi. Leykotsit- larning miqdori 1:109/1 kamayishi (1 mm3 da 1000 va undan ham kam) eritrotsitlarning soni esa l,8:10l2/l (1800.000) gacha kamayishi mumkin.
Kasallik asta-sekin rivojlanadi. Avvaliga tomoqning yallig‘- lanishi va yengil gastrit paydo bo‘lib, umumiy holat biroz o‘zgaradi, so‘ngra qonda leykotsitlar miqdori 3000-4000 gacha, hatto 800 va undan ham kamayadi. Bu leykopeniya bosqichi deyiladi. Keyinchalik qon tarkibida o‘zgarishlar kuchaya boradi: leykotsitlar miqdori 1 mm3 da 400-200 gacha pasayadi. Gemog- lobin miqdori ham keskin pasayadi.
Kasallik og‘irlashib, teriga gemorragik toshmalar toshadi. Tomoqning difteritik yallig‘lanishi bilan birga, og‘ir angina bel- gilari rivojlanadi. So‘ngra nekrotik va hatto gangrenoz angina paydo bo‘ladi. Nekrotik jarayon bodomcha bezlarga, yoycha- lariga, tilchaga, burun-halqum halqasiga va hatto lunj shilliq pardasiga tarqaladi. Natijada komaning klinik manzarasi rivojla- nishi mumkin.
Bu anginali gemorragik bosqich deyiladi. Zamburug‘larning ba’zi bir shtamplari nefrotrop xossaga ega bo‘lgan zahar ajratadi. 1960-yilda Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviyada olingan g‘alla zamburug‘i zaharlari oqibatida buyrak va siydik yo‘llari kasalligi qayd etilgan. Siydik yo‘llari kasalligiga duchor bo‘lganlarning 1/3
qismida poliplar va karsinomalar topilgan. Bunday kasalliklar zararlangan g‘alla mahsulotlaridan tayyorlangan taomni iste’mol qilganlarda ko‘proq uchragan. Shuning uchun ham endemik nefropatiya deb atalgan.
Profilaktikasi. Dalada, qor ostida qolib ketgan g‘allani ovqatga ishlatmaslik kerak. G‘allani yig‘ish va almashtirish sanitariya nazorati ostida amalga oshiriladi. G‘alla boshoqlari qolib ketgan dalalarni erta haydash tavsiya etiladi. Fuzarium zamburug‘i tush­gan g‘allani umuman ovqatga (hayvonga ham) ishlatish mumkin emas, chunki hayvonlarda ham bu kasallik kuzatiladi. Bu g‘alladan texnik qayta ishlash (xususan spirtga) maqsadida foyda- lanish mumkin, xolos.




Zaharlanish, asosan, Fusarium graminea zamburug‘i bilan zaharlangan non mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Achigan nondan zaharlanish XIX asrning oxirida ma’­lum bo‘lgan. Primorsk viloyatida hamda mamlakatning shimoliy qismida achigan nondan zaharlanish hodisalari qayd etilgan. Zamburug‘ g‘allani yig‘ish davrida, g‘aramlar yuqori namgar- chilikda, ayniqsa, yomg‘irda qolib ketsa, g‘alla saqlanadigan omborlarda namgarchilik yuqori bo‘lganda yaxshi rivojlanadi va ko‘payadi. Zamburug‘ toksini neyrotrop ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Shu zamburug‘ bilan zararlangan g‘alla, odatda, bujmaygan, toshi yengil, pushti rang oq parda bilan qoplangan bo‘ladi.
Klinikasi. Kasallik asab sistemasining buzilishi bilan kechadi. Zaharlanish alomatlari spirtli ichimliklardan mast bo‘lish belgi- lariga o‘xshaydi. Muvozanat buzilishi va talvasaga tushish qayd qilinadi. Zararlangan g‘allani uzoq vaqt iste’mol qilish kamqon- likka va asab sistemasi faoliyatining buzilishiga olib keladi.
Profilaktikasi. Mahsulotlarni g‘alla tozalaydigan mashinalarda tozalash lozim. Bunda zamburug‘dan zararlangan puch don to‘q dondan ajratib olinadi.

Download 422,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish