LUTFIY VA NAVOIY
KURS ISHI
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………………
I bob.Lutfiy va uning lirik merosi……………………………………………
1.1 Lutfiy g‘azallari mavzulari………………………………………………..
1.2.Boshqa janrlarda yaratilgan she’rlaridagi g‘oyalar haqida………………..
II bob.Lutfiy qit’alari va ularni yozishda shoirning badiiy mahorati………….
2.1.Lutfiy qit’alarining mavzulari haqida…………………………………….
2.2.Shoirning qit’anavislikdagi badiiy mahorati………………………………
Xulosa………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….
Kirish
Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi,yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda.Xalqimiz milliy tiklanishdan –milliy yuksalishga erishishni o‘z oldiga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydi.
‘’Hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bo‘layotgan,biz ilgari duch kelmagan g‘oyat murakkab muammolar,global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish,shu yo‘lda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda,dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik g‘oyalar ruhida tarbiyalashda badiiy so‘z san’atining o‘rni va mas’uliyatini har qachongidan yuksaltirish zarurligini bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li-Cho‘lpon “Adabiyot yashasa,millat yashar!’’degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi.Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas.Darhaqiqat,adabiyot,san’at va madaniyat yashasa,millat va xalq,butun insoniyat bezavol yashaydi.’’1
Darhaqiqat,istiqlolimizning dastlabki kunlaridan to hozirga qadar ajdodlarimiz merosini har tomonlama o‘rganish ,shu asosda millatning kelajagi bo‘lganyoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.Hozirgi kunda bu masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani hech kimga sir emas.
Bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda Navoiygacha bo‘lgan davrdagi o‘zbek she’riyatining yirik vakili Mavlono Lutfiy asarlarining ham o‘rni beqiyos.O‘zbek adabiyotida o‘zining go‘zallik tajassumidan iborat g‘azallari bilan katta shuhrat qozongan shoir ijodiyoti ulkan ma’naviy xazinadir.Sharqda sohibidevon shoir bo‘lish nihoyatda murakkab ish sanalgan.Devon tartib berish uchun shoir arab alifbosidagi har bir harfga mos she’r yoza olish malakasiga ega bo‘lishi kerak.Lutfiy ham sohibidevon shoirdir.U o‘zining turkiy tilda bitilgan she’rlaridan devontartib bergan.Shoir devonidan o‘zining g‘azal,ruboiy,tuyuq,qit’a,fard kabi bir qancha lirik janrlardagi she’rlari o‘rin olgan.Shoir mazmunan yuksak va shaklan go‘zal g‘azallar yaratib,bu janr rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.Uning rang-barang mavzularda yozilgan g‘azallari mohiyatini hayot zavq-shavqlari, tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish,sevgi-sadoqatni ulug‘lash ,ezgulikni targ‘ib etish g‘oyalari tashkil etadi. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov ‘’ …ma’naviyatni tushunish,anglash uchun avvalo,insonni tushunish,anglash kerak.’’1 Ushbu fikrlar Lutfiy ijodiga hamohang tarzda jaranglaydi.Zero,shoir ijodida insonni ulug‘lash,insoniy fazilatlar va ularning tadriji masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.Lutfiy xalq og‘zaki ijodi namunalaridan bahramand bo‘lgan va bu shoir she’rlarini go‘zal badiiy san’atlar bezashda muhim o‘rin tutadi.Shoir tuyuq janrining ustasi sifatida o‘zbek mumtoz adabiyotida bu janrni yuqori pog‘onaga ko‘tardi va bu janr rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi.Shoir ijodining serqirraligi kichik janrlar hisoblanmish qit’a,ruboiy,tuyuq,fard kabi janrlarda ham mohirona qalam tebrata oldi.Shoir lirikasida turli xil lafziy va ma’naviy san’atlarning bir qancha turlaridan mohirona foydalana olgan.Bu ish ancha murakkab sanalsa-da,shoir o‘z ijodida o‘zgacha mahorat bilan yondashgan.Zero,har bir bayt zamiriga bir- biriga o‘xshash bo‘lgan yoki aksincha, zid bo‘lgan so‘zlarni singdira olish,shu bayt mazmunini go‘zal badiiy vositalar bilan ziynatlash she’rning badiiyati va g‘oyaviy tomonini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etgan. Shoirning adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rni,uning g‘azallari badiiyati bir qancha lutfiyshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan.Biz ham ushbu kurs ishimiz orqali Lutfiy g‘azallari, boshqa janrda yaratilgan she’rlari va shuningdek,qit’alarining mavzulari,janr tabiati va badiiy san’atlardan foydalanish mahorati xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |