Lutfiy va navoiy


I.BOB.Lutfiy va uning lirik merosi



Download 152 Kb.
bet2/9
Sana01.03.2022
Hajmi152 Kb.
#475909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LUTFIY VA NAVOIY

I.BOB.Lutfiy va uning lirik merosi
1.1.Lutfiy g‘azallarining mavzulari
Zamonasining ‘’malik ul- kalomi’’ deya e’tirof etilgan so‘z san’atkori Mavlono Lutfiy o‘zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyondalaridan biridir.Lutfiyning hayoti va ijodiga doir adabiy manbalar haqida ilmiy adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud.Jumladan,lutfiyshunos olim S.Erkinov quyidagilarni yozadi:
‘’Lutfiyning hayoti va ijodi haqida ishonchli va muhim ma’lumot, avvalo Alisher Navoiyning ‘’Majolis un- nafois’’ tazkirasida,’’Muhokamat ul-lug‘atayn’’,’’Xutbai davovin’’(Xazoyin ul-maoniy’’ga muallif ning o‘zi tomonidan yozilgan so‘z boshi) kabi ilmiy va adabiyotshunoslikka oid asarlarida ,’’Nasoyim ul-muhabbat’’,’’Holoti Said Hasan Ardasher’’,’’Manoqibi Pahlavon Muhammad’’singari risolalarida uchraydi.Bu asarlarda Navoiy Lutfiyga juda yuqori baho berib,uni ‘’Malik ul-kalom’’deb ataydi.
Navoiydan keyin yozilgan tazkiralarning birortasida ham Lutfiy hayoti va ijodi haqida muhim yangilik uchramaydi.Davlatshoh Samarqandiyning ‘’Tazkirat ush-shuarosi’’da ham ,Xondamirning ‘’Habib us-siyar’’ asarida ham Lutfiy haqida umumiy fikrlar aytilgan.Xondamirning ‘’Makorim ul-axloq ‘’asarida Lutfiy bilan Navoiyning adabiy suhbatlariga doir bir epizod hikoya qilingan.Abdulla Kobuliy ‘’Tazkirat ut-tavorix ‘’,Vozeh ‘’Majmuai Mansur va manzum’’,SHamsiddin Somiy ‘’Qomus ul-a’lom’’kabi asarlarida Lutfiy to‘g‘risida ba’zi ahamiyatli fikrlarni bayon qilish bilan birga,ko‘pincha shoirga Navoiy bergan bahoni takrorlaydilar.’’1
Navoiydan keyin yaratilgan adabiy-tarixiy manbalar Navoiy ma’lumotlarini takrorlasa-da,ular aynan qaytariqdan iborat bo‘lmay ,balki Lutfiyning hayoti va ijodining biron-bir qirrasini ochishda juda muhimdir.
Mavlono Lutfiy madrasada tahsil olgan.O‘sha davr madrasalarida fanlarni o‘rganish bilan bir qatorda arab va fors tillarini ham o‘zlashtirgan.Bu uning zullisonayn shoir sifatida turkiy va forsiy tillarda ijod qilishiga zamin hozirlagan.Lutfiy ,ayniqsa, turkiy tilda badiiy jihatdan mukammal asarlar yozgan.SHoirning bu darajaga erishishida SHarq mumtoz adabiyot namunalari va badiiy ijod sirlarini puxta o‘rgangani shubhasiz.
Umrining asosiy qismi o‘qish ,o‘rganish bilan o‘tgan Lutfiy badiiy ijoddan bir lahza ham uzilgan emas,Xususan, ‘’Navoiyning ‘’Majolis un-nafois’’tazkirasida Lutfiy umrining oxirlarida ‘’oftob’’ radifli bir she’r yozgan,o‘sha zamonning ko‘p shoirlari unga tazmin bog‘laganlar,ammo ulardan hech biri Lutfiychalik badiiyat yarata olmaganlar.1
Lutfiy diniy-dunyoviy,tasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan,haqiqatparvar va ma’rifatparvar shoirdir.Navoiy ta’biri bilan aytganda,u ‘’forsiy va turkiyda naziri yo‘q kishi erdi’’ Lutfiy turkiy tilda yaratilgan she’rlari bilan mashhur bo‘lsa-da,forsiy tilda ham mahoratli va iqtidorli shoirdir.Bundan tashqari,Lutfiy majoz va haqiqatni ,she’riyat va tariqatni uyg‘unlikda saqlagan shoirdir.U umrining so‘nggi lahzalarigacha badiiy ijodda uzilmadi va o‘zbek nazmini go‘zal namunalar bilan boyitdi.Shoir qanchalik mashhur bo‘lsa ham darveshlik odatini tark etgan emas.Bu uning zamondoshlari va ijod ahli orasida ,balki hukmdorlar oldida ham yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga asos bo‘lgani ayni haqiqat.
Lutfiy turkiy tildagi she’rlarini jamlab,devon tartib bergan.Alisher Navoiy shoirning ‘’turkcha devoni ham mashhurdir’’,--deya ta’kidlaydi.Shoir devonlarining bir necha qo‘lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan.Bizgacha shoirning qariyb 4asr davomida ko‘chirilgan turkiy devonining 33qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan.
Ular Toshkent,Dushanbe,Istambul,Tehron,London,Parij,Sankt-Peterburg kutubxonalari vaqo‘lyozma fondlarida saqlanadi.Lutfiyshunoslarning aniqlashiga ko‘ra,shoir she’rlarining umumiy miqdori 2774bayt yoki 5548misradan ortiq.Ularning asosiy qismini g‘azal janri namunalari tashkil etadi.Mavlono Lutfiy devonining hozirgacha ma’lum nusxalarida 372g‘azal,3qasida,115to‘rtlik,60fard va ruboiy,tuyuq,qit’a kabi janr namunalari uchraydi.
‘’Alisher Navoiyning ‘’Badoye’ ul-bidoya’’asarida besh muxammas keltirilgan bo‘lib,shulardan uchtasi Lutfiyg‘azaliga bog‘langan.
Ulardan biri
Ko‘ktadur har dam fig‘onim ko‘rgali sen mohni,
Da’vii mehringga tonuq tortadurmen ohni.
Lutfiyning matla’li g‘azaliga bog‘langan. G‘azal 7baytli bo‘lib,7baytdan 5bayti olingan va 3-bayt 4-o‘rinda keladi.5-6-baytlar tushirib qoldirilgan.
2-muxammas Lutfiyning:
Laylat ul-me’rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.
Matla’dayoq ma’lum bo‘ladiki,Lutfiy g‘azalining lirik qahramoni go‘zallikda tengsiz yor.Uning tundek qora sochi zamiriga me’roj kechasining sharhi yashiringan,mehrobdek qoshi esa qoba qavsayn oralig‘idagi masofani yodga soladi.Bu o‘rinda Mavlono Lutfiy yor tasviri asnosida payg‘ambarning me’roj tunida Holiq huzuriga ko‘tarilishi va Yaratgan bilan rasul orasidagi masofa ikki qosh oralig‘idek yaqin bo‘lganligi hodisasiga ishora qiladi.G‘azalning keyingi baytlari ham yor go‘zalligi ta’rifi bilan davom etib,uning shirin va jonbaxsh labidan salsabil (jannat bulog‘i) sargardon,Xizr va Iso Masihlar xijolatda ekanligi ta’kidlanadi.Shu tariqa g‘azal baytlari yor ta’rifi tarzida davom etadi.Taxmisga asos bo‘lgan Lutfiy g‘azali,aslida,hajman 7 baytdan iborat.Ammo taxmis bog‘langanda uning ikki bayt qisqartirilib,5 band holiga keltirilgan.

Navoiyning Lutfiyga bog‘langan 3-taxmisi


Ey,soching shaydo ko‘ngullarning savodi a’zami,
Halqa-halqa ruxning sarmanzilidur har xami
ma’tlali g‘azaliga muxammasida Navoiy 4-baytni 3-bayt qilib olgan va maqta’ni
Lutfiyni boshtin yana tirguzsang ,ey Isonafas,
Kim yetibdur,vah,ani o‘lturg‘ali hijron g‘ami
tarzida beradi.’’1
Ushbu muxammaslar Navoiyning ‘’Badoe’ ul-bidoya’’ devonida keltirilgan.Shunga ko‘ra ,bu muxammaslar 1465-80-yillar o‘rtasida yozilganligi namoyon bo‘ladi.Bundan tashqari, manbalarda Navoiy Lutfiy g‘azallariga tatabbu va javobiyalar ham yozgan ,ammo bu ishlar o‘z tadqiqotchilarini topmagan.
Lutfiy lirikasi Navoiy davrigacha bo‘lgab o‘zbek mumtoz adabiyotining g‘oyaviy va badiiy jihatdan,o‘ziga xos uslubi nuqtai nazaridan eng go‘zal namunalari sanaladi.Shoir ijodi o‘zbek mumtoz adabiyotini durdona g‘azallar bilan boyitdi.
O‘zbek adabiyotida Lutfiy mohir g‘azalnavis shoir sifatida mashhurdir.Buning isboti sifatida shoir turkiy devonining katta qismi ya’ni 2086bayti g‘azal janrida yozilganini keltirishimiz mumkin.Shoir g‘azallari mavzulari rang-barang.Xususan ,g‘azallarida milliy tuyg‘ular,dard,armon,qayg‘u va shodlik tasviri benihoya ta’sirchan tasvirlangan.Lutfiyning barcha she’riy misralari nafosat hissi shakllangan ,saviya va did jihatdan yuqori pog‘onada turuvchi –hayotsevar va dono xalq vakillarining fikr va tuyg‘ularini tarannum etadi.Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va oshiq holatini tasvirlashdan iborat bo‘lsa-da,shoir bu mavzuda takrorlanmas tashbihlar ,mazmunga mos poetik obrazlar yaratadi.Lutfiy she’riyatda o‘ziga xos maktab yaratgan ijodkordir.Bu maktabdan Alisher Navoiy va Mirzo Bobur saboq olgan.Xususan,Boburning ‘’Aruz risolasi’’da Lutfiy g‘azaliyotidan misol tariqasida 30 bayt (bunga qo‘shimcha 1tuyuq) keltirilgan bo‘lib,bu namunalar E.Ahmadxo‘jayev tomonidan o‘rganilgan.1
Lutfiy g‘azaliyotidan olingan she’riy parchalar aruzning turkiy bahrlari va vaznlarining tahlili va tadqiqi munosabati bilan berilgan.Bu she’riy parchalar yana shu jihatdan ahamiyatliki,Bobur bu baytlarni Lutfiy yashagan yoki unga yaqin davrda ko‘chirilgan shoir devonining qo‘lyozma nusxalaridan olgan.Bu jihatdan ham Bobur misol keltirgan Lutfiy g‘azaliyotiga doir baytlar matn nuqtai nazaridan ilmiy ahamiyatga egadir. Bulardan tashqari, ‘’Aruz risolasi’’da misolga olingan baytlarning deyarli barchasi Lutfiyning bizgacha yetib kelgan devonining qo‘lyozma nusxalarida uchrashi bilan birga ,ba’zilarida uchramaydi .Shuni aytish kerakki,Bobur o‘zi misol keltirgan har bir bayt yoniga uning muallifi nomini ,taxallusini,shu jumladan Lutfiy nomini ham izchil va aniq ravshan yozib qo‘ygan.Lutfiy ijodini va undan namunalarni Boburdek nihoyatda iste’dodli shoir va yirik olim tadqiqotida tahlil va tadqiq etilishi adabiyotshunoslikda Lutfiy merosini nazariy jihatdan o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatbaho manbadir.’’1
Shoir g‘azallarini turli xil mavzuiy guruhlarga ajratishimiz mumkin.Ular:
1.Oshiqona.
2.Diniy-tasavvufiy.
3.Rindona.
4.Axloqiy-ta’limiy mavzudagi g‘azallar.
5.Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar.
Shoirning ‘’Ey jamoling shami’ xurshidu qamar parvonasi’’,’’Ey sochingning soyasinda oftobi xovar’’,’’Mahvashim,bir nazar etsang,ne nimang o‘ksugusi’’,’’Bir tabassum birla la’ling meni xushnud etti’’,’’Kelmadi sentek jahonda dilbari ayyorae’’,’’Ey malaksiymo pari ishqing elindin oh-oh’’,’’Oy yuzung olida xijil husn eli Rumu Chin aro‘’ deb boshlanuvchi g‘azallari tamoman oshiqona ruhda bitilgan.
Muhabbat- Lutfiy g‘azaliyotining asosiy mavzusidir.Shoir mana shu azaliy mavzu atrofida hayotdan zavqlanish,olam go‘zalligidan bahramand bo‘lish,odamiylik,saxovat va yuksak insoniy fazilatlar :mehr,vafo,sadoqat kabilar haqida keng mushohada yuritadi. Shoir g‘azaldagi asosiy obraz ma’shuqani original baytlarda tavsif etadi.Shoir lirik obrazlarining turli holat va kayfiyati,kechinmalarini hayotiy misollar vositasida tasvirlaydi,bundan tashqari shoir g‘azallarida ijtimoiy-siyosiy mavzular haqida ham fikr yuritadi.Shoir g‘azallarining aksariyati ma’shuqa tavsifiga bag‘ishlangan.
Chu zulfungizdin bog‘ladim tarsolar bikin,
Imonim ortar dam-badam ,bu ne ajab zunnor erur?(57-bet)1
Shoir zunnor timsolidan mahorat bilan foydalanib,uni yor zulfiga tashbeh etarkan,tarsolar singari bu zunnor –zulfni bog‘laganida Haqqa bo‘lgan iymon-e’tiqodi tobora ortib borishi sababidan ajablanadi.Ma’shuqa labining jon baxsh etishi oldida shunday a’mol sohibi bo‘lgan Iso Masihning uyalishi talmeh san’atining ajoyib namunasi bo‘lib,Lutfiy g‘azalda ilgari surgan ilohsevarlik g‘oyasining badiiy ifodasiga g‘oyatda mos keladi.
Ey pari yuzluk begim,jonlar fido bo‘lsun sanga,
Dunyada husn oti bor erkan,baqo bo‘lsun sanga.(11-bet)2
Shoirning ushbu g‘azali ham oshiqona ruhda bo‘lib,yorni pariga mengzash orqali shoir o‘z jonini fido qilishga ham tayyor ekanligini oshkor etadi.Dunyoda husn bor ekan, u yorda abadiy bo‘lishini tilash orqali o‘zining yorga hayrixoh ekanligini namoyon etadi.
Suratingni kim ko‘rdi,qildi jono,jon fido,
Siyratingg‘a xud qilur olib farishta iqtido.(15-bet)
Sharq falsafasida surat va siyrat masalasi azaldan muhim mavzu bo‘lib kelgan.Odamning tashqi ko‘rinishiga qarab emas,balki ichki olamiga,ma’naviy qiyofasiga e’tibor asosiy o‘rin egallagan.Bu mavzu xalq og‘zaki ijodi janrlari uchun ham bosh mavzu hisoblanadi.’’Suratga emas, siyratga boq’’maqoli buning dalilidir.Bu mavzu she’riyatga ham ko‘chgan.Lutfiyning yuqoridagi g‘azalida yorning tashqi qiyofasini kim ko‘rgan bo‘lsa,jon fido qildi.Siyratidan esa farishta ham ko‘p bora unga taqlid qildi. Shoir bu baytda mubolag‘adan o‘rinli foydalangan holda go‘zal tashbehlar yarata oldi.
Shoir ijodida Ollohga hamd va payg‘ambarimizga bag‘ishlangan na’t g‘azallar ham talaygina.Zero, ‘’Zihi zuhuri tajalli yuzung safosinda’’,’’Pardadin chiqti-yu,zohir qildi rahmon suratin’’,’’Zihi sarv ustida yuzung qamardek’’,’’Ey oyati rahmat yuzungiz sha’nida nozil’’ deb boshlanuvchi g‘azallari diniy-tasavvufiy ruhda yozilgan.
Zihi sarv ustida yuzung qamardek,
Qani bir shoxi gul sen siymbardek.(123-bet)1
Lutfiyning ushbu g‘azali Ollohga hamd tarzida bitilgan.Olloh jamolini oyga qiyoslagan holda uning sarvdek tik ekanligini ham aytib o‘tadi.U bebaho deya ta’kidlab,unga teng keladigan hech bir jonzot yo‘qligini ham aytib o‘tadi.
Shoir ijodida rindona ya’ni may ta’rifidagi g‘azallar ham uchrab turadi.
Soqiyo,ko‘nglum tutuldi aqli nofarjomdin,
Sog‘are tutqil,meni qutqar g‘ami ayyomidin.(207-bet)2
Rindona g‘azallarga xos an’anaviy xususiyatlardan biri soqiyga murojaat tarzida namoyon bo‘ladi.Lirik qahramon noxushliklardan ko‘ngli buzilib soqiyga murojaat etadi. U uchun sog‘ar-may bu g‘am-anduhlarni ketkazishga qodir kuch.Shoir ijodida bu mavzuga ko‘p bora murojaat etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Sharq mumtoz adabiyotida pand –nasihat,axloqiy mavzu yetakchi o‘rin egallagan.Shoirning
Ey,jafochi,tut g‘animat ko‘rkning davronini
Kim,kishi topmaydurur bu davrning poyonini.(265-bet)3
Shoir bu g‘azali orqali inson umri o‘tkinchi ekanligini ta’kidlaydi va undan o‘rinli foydalanish, vaqtni behuda o‘tkazmaslik,hayrli amallar va savob ishlar qilishga undaydi.
Malik ul-kalom g‘azallarida tabiat tasviri vositasida she’r qahramoni ichki kechinmalarini tasvirlash ham yetakchilik qiladi:
Yoz fasli barcha shod-u ko‘nglumiz g‘amnok erur,
Gul bikin jon ko‘nglaki hijron elindin chok erur.(51-bet)4
Shoir she’rlari uslubiy ravon va muxtasarlikka asoslangan.Shoir g‘azallarida tazod,tashbeh,talmeh,irsoli masal,mubolag‘a,talmeh, iyhom va boshqa ko‘plab badiiy san’at namunalaridan ustalik bilan foydalanadi va go‘zal baytlar yarata oladi.
Mehringdin ,ayo,oy-u falakka yetar ohim,
Qilmas,netayin,ko‘nglunga bir zarra siroyat.(29-bet)1
Lutfiy bu baytda mubolag‘aning g‘uluvv turidan foydalangan holda go‘zal bayt yaratganligini ko‘rishimiz mumkin.Ya’ni yorning mehridan oshiqning ohi falakka-da yetadi ammo bu yorning ko‘ngliga zarracha ham ta’sir etgani yo‘q.Oh-u fig‘onning falakka qadar yetishi bu aqlga sig‘maydigan holat bo‘lib ,shoir bu bayt orqali o‘zining ahvolini bayon qiladi.
Lutfiy o‘zining
Ul la’li labing birla tishing turfa tushibdur,
Kim ko‘rgali bor shakli surayyo shafaq ichra(221-bet)2
misralarida yor labini la’lga o‘xshatadi va tashbih san’atidan ustalik bilan foydalanib bayt mazmununi boyitadi.
Nargis ko‘zungning o‘xshashi qaysi chamanda bor?
Yuzung tarovati qachon, ey gul,sumanda bor?(102-bet)3
Baytidan shoirning maqsadi ma’shuqa ko‘zini chamandagi nargisga,yuzini gulga,sumanga o‘xshatishdir.O‘zini bilib bilmaslikka solish bilan shoir o‘xshatmasdan go‘yoki so‘rayotgandek bo‘lib ko‘rinmoqchi, xolos.Bu bayt orqali shoir tajohuli orif ya’ni ‘’bilib bilmaslikka olish’’ san’atidan foydalanib,g‘azal badiiyatini boyitadi.
Lutfiy mumtoz adabiyotda irsoli masal ‘’maqol kiritish’’ya’ni,she’riyat va nasrda ifodalanayotgan biron fikrni isbotlash uchun xalq maqolini keltirish san’atidan eng unumli foydalangan shoir hisoblanadi.U o‘zining ‘’Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu…’’g‘azalida boshidan oxirigacha irsoli masal qo‘llash san’atidan mahorat bilan foydalangan.Bu baytlarning badiiy-estetik jozibasini ta’minlashga xizmat qiladi.Bir qofiya tizimiga tushadigan shuncha maqolni topib,ularni ustalik bilan qo‘llashi shoirning yuksak badiiy mahoratidan dalolat beradi.
Lutfiy o‘zbek adabiyoti tarixiga o‘zining betakror g‘azallari,yuksak badiiyat namunalari bilan o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.Lutfiy ijodiga bo‘lgan qiziqish ,uning ijodining ta’siri faqat O‘rta Osiyo bilan chegaralanib qolmasdan Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga hamyetib borgan.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish