Insho.She’rdagi ifoda usullarini anglatuvchi bu san’at tamanni’,nido,istifhom,amr va nahiy degan to‘rt usulni o‘z ichiga oladi.
Nido.She’riyatimizda juda keng qo‘llangan nido usuli lirik qahramonning boshqa shaxslarga,narsalarga xitob qilishi,ularga murojaat etgan holda o‘zining ichki kechinmalari,tuyg‘ulari,tilaklari,mulohazalarini bayon qilishini nazarda tutadi.Bu xil tasvir asardagi ma’naviy qiyofalarni jonliroq,ta’sirchanroq ifodalashga xizmat qiladi.
Lutfiyning
Ey qaroqchi ko‘zli dilbar,o‘yla bil,
Jon ayoman sen kibi jononadin.
Husnu lutfu suratu ma’ni bila
Tug‘magay sentek yana jon onadin (352-bet)2
Lutfiy bu qit’asi orqali yorga qaroqchi ko‘zli dilbar deya murojaat qilmoqda.Yor ta’rifida bunday go‘zal tashbih yaratish Lutfiyga xos lutf namunasidir.
Nido usuli diniy mazmundagi asarlar –hamd,na’t,munojot va boshqalarda Ollohga,payg‘ambarga iltijo tarzida qo‘llansa,ishqiy she’riyatda mahbubaga,do‘stlarga,ko‘ngilga,saboga,boshqa jonli va jonsiz narsalarga xitob,murojaat ko‘rinishida aks etadi.
Nido usulidanliro-epikshe’riyatda,xususan,dostonlarda keng foydalaniladi.Asar qahramonlarining xilma-xil shaxs va buyumlarga nidosi ko‘pincha monologlar sifatida ifodalanadi.
Ma’lumki,qit’a kichik janr namunasi hisoblanadi.U kichik janr sanalsa-da,o‘zida axloqiy-tarbiyaviy,ijtimoiy-siyosiy mavzularni yoritib beradi.Mavlono Lutfiy o‘z qit’alarida ham ma’no tomondan,ham badiiyat tomonidan o‘ziga xos uslub yarata olgan shoirdir.Shoir qit’alariga teran mazmun singdira olish bilan bir qatorda,ko‘plab badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalana olishga erishgan.Qit’alarida tajnis ,tajnisning bir qancha turlari tajnisi tomm,tajnisi murakkab,tajnisi zoyid,tanosub,ta’dil,nido kabi bir qancha lafziy san’atlar,shuningdek,tashbeh,irsoli masal,tajohilu orifona kabi bir qancha ma’naviy san’atlardan unumli foydalana olgan va o‘zbek adabiyotida qit’a janri taraqqiyotiga munosib hissasini qo‘shgan.Shoir qit’alarini o‘rganish jarayonida bir qit’a tarkibida bir necha xil badiiy san’atlarning qo‘llanganiga guvoh bo‘ldik. Bu shoirning ilmi badi’ ilmi bilimdoni ekanaligini yana bir karra isbotlaydi.
Xulosa
1.Mavlono Lutfiy o‘zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyondalaridan biridir.U Firdavsiy,Nizomiy,Sa’diy,Xoja Hofiz singari buyuk fors-tojik darg‘alari qatoridan faxrli o‘rin egallagan.
2.Shoirning hayoti va ijodi haqida Alisher Navoiyning ‘’Majolis un-nafois’’,’’Muhokamat ul-lug‘atayn’’,’’Xutbai davovin’’,,’’Nasoyim ul-muhabbat’’,’’Holoti Said Hasan Ardasher’’,’’Manoqibi Pahlavon Muhammad’’,Davlatshoh Samarqandiyning ‘’Tazkirat ush-shuarosi’’,Xondamirning ‘’Habib us-siyar’’,’’Makorim ul-axloq’’kabi asarlarda umumiy ma’lumotlar keltirilgan.Lutfiy haqida faqatgina umumiy ma’lumotlar saqlangan xolos.Shoirning tug‘ilgan joyi,ota-onasi,tug‘ilgan yili haqidagi qator masalalar lutfiyshunoslikda o‘z yechimini topmagan masalalardir.
3.Shayx Ahmad Taroziyning ‘’Funun ul-balog‘a’’ asari topilgunga qadar shoir tug‘ilgan joy Hirotning Dehikanor mavzesi deya ko‘rsatib kelingan.’’Funun ul-balog‘a’’asarida esa shoirning ‘’ma’dan ul-Lutfiyi Shoshiy’’ jumlalariga asoslanib,shoir Toshkentda tug‘ilgan,degan fikr ham ilgari suriladi.
4.Lutfiy ijodi Alisher Navoiygacha bo‘lgan davrda yaratilgan o‘zbek mumtoz adabiyotining g‘oyaviy va badiiy jihatdan eng yuksak namunalari hisoblanadi.Shoir ijodida g‘azal janriga ko‘p murojaat qilingan.Shoir g‘azalnavis sifatida shuhrat qozongan.Shoir tuyuq janri rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan.
5.Lutfiy turkiy tilda yaratgan she’rlaridan devon tartib bergan.Shoir devonlarining 33 qo‘lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan.Ular Toshkent,Istanbul,Tehron,London,Parij,Sankt-Peterburg kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.Lutfiyshunoslarning aniqlashicha,shoir she’rlarining umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548misrdan ortiq.Ularning asosiy qismini g‘azal janri namunalari tashkil etadi.Shoir devonining hozirgacha ma’lum nusxalarida 372 g‘azal, 3qasida, 115 to‘rtlik,60 fard va ruboiy,tuyuq,qit’a kabi janr namunalari uchraydi.
6.Shoir ijodi mavzu va badiiyat jihatidan g‘oyat keng va rang-barang.Shoir turli mavzularga murojaat etgani holda,sevgi-muhabbat mavzusini yuqori pog‘onaga olib chiqa oldi.Shoir lirikasida sevgi –muhabbatni ulug‘lash,yuksak insoniy fazilatlar,odamiylik,hajr azobi,visol orzusi,zamonadan shikoyat,vafo va sadoqat tarannum etiladi.Bundan tashqari shoir ijodida ijtimoiy-falsafiy mavzular ham yetakchi o‘rin egallaydi.Shoir kichik she’riy janrlarda ham barakali ijod qilgan.Lutfiy qit’alari mavzu jihatdan oshiqona,ijtimoiy-falsafiy,axloqiy-ma’rifiy mavzudagi qit’alarga bo‘linadi.Shoir qit’alari hajm jihatidan kam bo‘lsa-da,ular g‘oyaviy va badiiy jihatdan mukammal namunalardir.
7.Shoir qit’alarida tajnis va uning turlari:tajnisi murakkab,tajnisi zoyid,tajnisi muzori’,tanosub,ta’dil,insho,nido kabi lafziy san’atlar,tashbeh,irsoli masal,husni ta’lil,talmeh kabi ko‘plab ma’naviy san’atlardan mohirona tarzda foydalangan.Shoir g‘azallaridan tashqari,kichik janr namunasi sanalmish qit’ada ham xalq maqollari,hikmatli so‘zlardan o‘rinli foydalana olgan holda baytlar zamiriga singdirib yuborishga erishadi.
8.O‘zbek mumtoz adabiyotida Lutfiy ijodi keyingi davr ijdkorlari uchun asosiy manba va dastak vazifasini o‘tadi.So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy shoir g‘azallariga taxmislar bog‘ladi.Ozarbayjon shoiri Fuzuliy, mumtoz shoirlarimizdan Munis,Ogahiy,Nodira,Uvaysiy,Furqat kabi ijodkorlarimiz Lutfiy adabiy merosidan ilhomlanib go‘zal ijod namunalar yaratishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |