Lutfiy va navoiy


Boshqa janrda yaratilgan she’rlaridagi g‘oyalar haqida



Download 152 Kb.
bet3/9
Sana01.03.2022
Hajmi152 Kb.
#475909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LUTFIY VA NAVOIY

1.2.Boshqa janrda yaratilgan she’rlaridagi g‘oyalar haqida
Lutfiy ijodi ham serqirra ijod namunalaridan sanaladi.Shoir faqat g‘azallar yaratishda mahoratli bo‘lib qolmasdan,balki boshqa janrlarda ham muvaffaqiyatli qalam tebratgan.Xususan,shoir o‘zbek mumtoz adabiyotida kichik she’riy janrlar sanalmish ruboiy,tuyuq,qit’a janrlarida ham barakali ijod qilgan.Lutfiy o‘zbek adabiyotida tuyuq janrini yuqori pog‘onaga olib chiqqan shoirdir.Shoir devonida 16ta tuyuq keltirilgan.Ular mavzu jihatdan xilma-xil.Asosiy mavzu esa ishq mavzusidir.Hajr azobi,yor vasliga intiqlik,yor jabridan shikoyat kabi mavzular qalamga olinganini ko‘rishimiz mumkin.
Men sening ilkingdin,ey dil,bandamen,
Vah,qachon yetkaymen ul dilbanda men.
Bevafolarg‘a meni qilding asir,
Sen menga sultonsen,ey dil,banda—men.(349-bet)1
Ushbu tuyuqda ,odatdagidek,tajnisli so‘zlar qofiya bo‘lib kelgan va ular quyidagi ma’nolarni anglatadi:

  • Dil,bandanen—yurak,men bandaman (boglanib qolganman);

  • Dilbanda men –dilbandga men;

  • Dil,banda-men—yurak,banda(qul)—men.

Misralar talqin etilsa ,quyidagicha mazmun kelib chiqadi:


Men sening dastingdan ,ey dil ,banddaman(bog‘lanib qolganman),evoh men qachon u dilbandga yetgayman?Ey dil,meni bevafolarga asir qilding,sen menga sultonsan,banda( qul)-men.
Ey,ko‘ngul yorsiz sanga ne bor,bor
Qaydakim ul zulfi anbarbor, bor.
Chek jafou javru nozi borini,
Bir kun o‘lg‘aykim ,degaylar :’’Bor-bor’’(348-bet)1
Ushbu tuyuqda misralar quyidagicha mazmun kashf etadi:
-ko‘ngil,yorsiz senga nima bor,bor(ketaver);
-ul zulfi anbar taratuvchi bor,bor(mavjud);
-barcha javru jafolarini cheksang:
-baribir bir kun ‘’Bor-bor’’deydi.
Bu tuyuq orqali ma’shuqaning bevafoligi,oshiq qancha kuyib yonmasin baribir oxirida ketaver deb quvib solinishi holati tasvirlangan.Lutfiy tajnisli so‘zlarni yuqori mahorat ila misralar qatiga jo qilganki ,bu shoir tuyuqlarining nodir mazmun kashf etishini ta’minlagan.
Shoir ruboiylari ham o‘ziga xos lutf kasb etganini ko‘rishimiz mumkin.Shoir ruboiylari turli mavzularni qamrab oladi.Bu mavzular qanchalik turfa bo‘lmasin ,ularning mazmunida yotgan bosh g‘oya pand-nasihat va axloqiy mavzulardir.Shoir ruboiylari soni 27ta.
Ey ko‘ngul,bu yo‘lda ne g‘amdur sanga
Kim,xayoli yor bayramdur sanga.
Sevdung o‘z haddingdin ortuq yorni,
Gar seni kuydursalar kamdur sanga!(344-bet)2

Bu ruboiy ko‘ngulga murojaat bilan boshlanadi.Ya’ni lirik qahramon ko‘ngildir.Oshiqlik yo‘lida senga nima g‘am bor ya’ni sen nima qilasan oshiq bo‘lib senga yor xayolining o‘zi bayram emasmi?O‘z haddingdan ortiq yorni sevding,seni kuydursalar ham kamdir degan mazmun kelib chiqadi.Bu ruboiy bilan shoir har kim o‘z haddini bilsin mazmunini yoritib berayotgani shubhasiz.


Shoirning yana bir ruboiysi
Furqatingni chekkali jon qaydadur,
Sabr etarg‘a sonsiz imkon qaydadur.
Bizni bir yo‘li faromush ayalading,
Ul burunqi ahdu paymon qaydadur?(344-bet)
Ruboiy lirik qahramonning yorga murojaatini aks ettiradi.Sening hajringni ko‘tarishga jon qayda,sabr etarga sonsiz imkonim qayda bizni xaf qildingki, biz kelishgan ahd-u paymonlar qayerda qoldi ?Yor ma’shuqa ishqida nihoyatda og‘ir ahvolga tushganki,o‘zining joni qolmaganligini bayon qilmoqda.Ruboiy mazmuniga singdirilgan ma’no mubolag‘a va savol shaklida yanada boyiganligini kuzatishimiz mumkin.
Lutfiy fardlari ham badiiy jihatdan ancha mukammal namunalardir.Shoir devonida 32ta fard namunasi keltirilgan. Fardlar mavzusi ham xilma-xil.Yorga oshiqlik,do‘slik va dushmanlik munosabatlari,soqiyga,ko‘ngilga murojaat etgani holda dunyo o‘tkinchiligi,hech kim bu omonat dunyoda umrboqiy emasligikabi mavzualr qalamga olingan. Lutfiy fardlarida turli xil badiiy san’at namunalarini ham kuzatamiz.
La’ling tamannosida o‘z holimni ko‘rguzsam biror,
Barcha munajjim tole’im ichra manga qon ko‘rguzur.(340-bet)1
Ushbu fard oshiqning yorga murojaati tarzida bo‘lib, labing orzusida munajjimlarga o‘z holimni ko‘rsatsam,baxtim men uchun qon ko‘rinadi degan mazmun kelib chiqadi.Oshiq yorning vasliga qanchalik umidvor bo‘lmasin, baribir yor unga parvo qilmaydi. Baytda la’l va qizil so‘zlarini ma’nolar tarkibiga ustalik bilan kiritilgani shoirning yuksak mahorat sohibi ekanligidan dalolat beradi.
Shoir fardlari turli xil mazularda ekanligini yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik.Xususan,ularda yaxshilik va yomonlik ,yor ta’rifi,so‘z ta’siri,do‘stlik va dushmanlik masalalari aks etganini ko‘rishimiz mumkin.
Og‘zing bila tenglik taloshur ,pista uyalmas ,
U og‘zi ochuq boyg‘izining puchlug‘ini ko‘r.(342-bet)
Bu fardda shoir tamsil va mubolag‘adan mahorat ila foydalangan.yorga murojaat tarzidagi bu baytda yorning og‘zi shu darajada kichikki, go‘yo pista uyalmasdan unga tenglashmoqchi bo‘ladi.Shoir bu bilan mubolag‘aning tablig‘ turida mahorat ila foydalangan.Keyingi misrada esa pista yorning og‘zi bilan qanchalik talashmasin, u baribir puch ekanligini shoir nihoyatda yuksak badiiyat ila bayon qiladi.Pistaning puchligini ko‘rsatish orqali shoir tamsildan unumli foydalanganini ko‘rish mumkin.
Shoirning og‘iz ta’riflangan yana bir fardiga diqqat qiladigan bo‘lsak
Obi hayot birla nabot og‘zing oldinda,
Biri hayoti bo‘lg‘ayu biri nabotidur.(343-bet)1
kabi go‘zal o‘xshatishga duch kelamiz.Bu baytda shoir mubolag‘a vositasida yorning nihoyatda go‘zal qiyofasini yarata oladi.Ma’shuqaning og‘zi oldida abadiy tiriklik suvi sanalmish obi hayotning biri suv va biri nabot bo‘lib qolishini ta’kidlaydi.
Sham’i majlisga berur nur ul safoliq orazing,
Bu masal ravshandurur,oreki,yog‘-yoqqa tomar.(342-bet)
Yorning yuzi majlisga nur sochib turibdiki,bunga misol tariqasida ‘’yog‘-yog‘ga tomadi’’ maqolini keltirib o‘tadi.Ishimizning oldingi boblarida Lutfiyning g‘azallarda irsoli masal qo‘llash borasidagi badiiy mahorati to‘g‘risida to‘xtalgan edik.Ushbu fardda ham irsoli masal namunasini ko‘ramiz.Sham yoki chiroq uzoq asrlar mobaynida ko‘plab durdona asarlarning yaratilishiga guvoh bo‘lgan vositalardir. Fardda majlisda sham o‘rnini yorning yuzi egallagan.Yorning yuz nuri sham yog‘i ustiga tomgandek mazmun anglashiladi. Shoirning boshqa fardlari ham yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan.
Mavlono Lutfiy faqat mahoratli g‘azalnavis shoir bo‘lib qolmasdan,boshqa she’riy janrlarda ham muvaffaqiyatli ijod sohibidir.Shoir she’riyati mavzular olami va badiiyati o‘zbek adabiyotini yuqori pog‘onaga ko‘tardi.



Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish