Lutfiy va navoiy


Shoirning qit’anavislikdagi badiiy mahorati



Download 152 Kb.
bet5/9
Sana01.03.2022
Hajmi152 Kb.
#475909
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LUTFIY VA NAVOIY

2.2.Shoirning qit’anavislikdagi badiiy mahorati
MusulmonSharqpoetikasiningtarkibiyqismlaridanbirinutqqabezakberuvchisan’atlar,ularningo‘zigaxosjihatlari,fikrnigo‘zalmazmunliifodalashusullarinio‘rganuvchisoha ‘’ilmibadi’’ bo‘lib,uningasosinimumtozshe’riyat,ba’zannasrdakengishlatilganvazamonaviyadabiyotdahozirhamqo‘llanilayotganbadiiysan’atlartashkilqiladi.Shundankelibchiqib,ilmibadi’ ‘’sanoyiilmi’’ debhamyuritiladi.
‘’Ilmi badi’ga doir dastlabki asarlar arab tilida yaratilgan bo‘lib,ularga Ibn Mu’tazning ‘’Kitob ul-badi’’’ (9asr) ,Nasr binni Hasanning ‘’Mahosin ul-kalom’’(9-10asrlar),Qudama ibn Ja’farning ‘’Naqd ush-she’r’’(10asr) asarlari kiradi.Ilmi badi’ fors-tojik adabiyotshunosligida o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi.Umar Roduyoniyning ‘’Tarjimon ul-balog‘a’’ (9asr),Rashididdin Vatvotning ‘’Xadoyiq us-sehr’’(12asr),Shams Qays Roziyning ‘’Al-mo‘jam’’(uchinchi qism,13asr),Vohid Tabriziyning ‘’Jam’i muxtasar’’(16asr) kabi asarlari shu sohaga bag‘ishlanganmumtoz asarlar sifatida alohida ahamiyatga ega.Turkiy tilda ilmi badi’ masalalari nazariy jihatdan aks etgan dastlabki asar sifatida Shayx Ahmad Taroziyning ‘’Funun ul-balog‘a’’ (1436-1437) risolasini keltirish mumkin.Risolaning uchinchi qismi badiiy san’atlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib,unda 97 san’at turi haqida so‘z boradi.
Ilmi badi’ga doir nisbatan mukammalroq asar Atoulloh Husayniyning ‘’Badoyi’ us-sanoyi’’ (15asr) risolasi bo‘lib,unda ilmi badi’ tarixida ilk marta badiiy san’atlar uch katta guruhga: ma’naviy,lafziy va mushtarak san’atlarga ajratilgan.’’1
O‘zbek adabiyotida keyingi davrda bu borada ko‘plab tadqiqotlar qilindi,o‘quv qo‘llanmalar yaratildi.Y.Is’hoqovning ‘’So‘z san’ati so‘zligi’’,A.Hojiahmedovning ‘’Mumtoz badiiyat malohati’’,’’She’riy san’atlar va mumtoz qofiya’’,’’She’riy san’atlarni bilasizmi?’’kitoblari va T.Boboyevning ‘’She’r ilmi ta’limi’’kitoblari
shular jumlasidandir.Badiiy san’atlar masalasi ko‘plab ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylandi.Bu masala qancha o‘rganilmasin,tadqiqotlar davomida yangi-yangi qirralari ochilib boraveradi.Biz bu ishimiz orqali Mavlono Lutfiy qit’alarida qo‘llangan lafziy san’atlarni tadqiq qilishga harakat qilamiz.
‘’ Lafziy san’atlar nutqning ifoda usuli,xususan so‘z shakli bilan aloqador san’atlar bo‘lib,Atoulloh Husayniy ular sirasiga tarsi’,tajnisli tarsi’,tajnis,radd(qaytarish)san’ati va uning turlari,qalb va uning turlari,saj’,tashtir,tajziya,tasri’,tasmit,aks,tardid,tashri’,zulqofiyatayn,tavshih,talavvun,mulamma’,muqatta’,muvassal,jam’ ul-huruf,mudavvar,mushokala va boshqa san’atlarni kiritadi.Olimning fikricha,lafziy san’atlar ijodkor yetkazmoqchi bo‘lgan fikrni yuksak badiiy shaklda ifodalashga xizmat qilishi kerak.’’1
Atoulloh Husayniy lafziy san’atlarni barcha go‘zalliklarning asosi deb ta’riflaydi. Lafziy san’atning asosi shuki, so‘zlarni ma’noga tobe qiladi. Umuman aytganda esa, nutq shunday bayon etiladiki, ma’noni tushunishga, uning latofatiga,tarkibi va sog‘lomligiga hech bir xalal bermaydi. Lafziy san’atlar ko‘p va xilma-xildir.
‘’Mumtoz she’riy san’atlar Z.Mamajonov tomonidan ham tasnif qilingan bo‘lib, olim ularni yuzaga kelish asosi nuqtai nazaridan 12 guruhga ajratadi. Uning tasnifida lafziy san’atlar asosan takror asosidagi san’atlar (tajnis,tavzi’,ishtiqoq,radd(qaytarish),tardu aks,tardid,taattuf,mukarrar,takrir,radd ul-matla’,tarji),ohangdoshlik(qofiyadoshlik)asosidagi san’atlar (tarsi’,saj’,mumosala,tashtir,tajziya,tasri’,tashri’,e’not va b.),shakl o‘yinlari asosidagi san’atlar (tavshih,talavvun,tarofuq,murabba’,mu’aqqad,mudavvar,mushajjar va b.),yozuv asosidagi san’atlar (istihroj,musahhaf,tajnisi xat,qalb,muqatta’,muvassal va b.)degan guruhlar tarkibida o‘rganilgan.’’2
Turli xil tasniflarning ijobiy jihatlarini e’tirof etgan va umumiy tarzda ulardan foydalangan holda Lutfiy qit’alari tahlili davomida asosiy manba sifatida Atoulloh Husayniyga suyanamiz.Bundan tashqari, biz o‘z ishimizda Anvar Hojiahmedovning ‘’She’riy san’atlar va mumtoz qofiya’’,’’Mumtoz badiiyat malohati’’ asarlaridan ham unumli foydalanishga harakat qildik.

Download 152 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish