Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


      6-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   205
 


87 
 
 
6-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY 
MUNOSABATLAR ISHTIROKCHISI SIFATIDA 
 
Davlatning  fuqarolik  huquq  layoqati.  Davlatning  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlardagi ishtiroki shakllari. 
 
Davlatning fuqarolik huquq layoqati 
 
Davlat jamiyat hayotining barcha sohalarida eng muhim ahamiyatga 
ega  “subyekt”  hisoblanadi.  Davlatning  ushbu  maqomi  iqtisodiy 
munosabatlarda  yaqqol  ajralib  turadi.  Zero,  iqtisodiy  munosabatlarning 
vujudga  kelishi,  shakllanishi  va  rivojlanishida  davlat  ishtiroki  bevosita 
xalq manfaatlarini amalga oshirishga qaratilgan boʻladi. Bunda esa, davlat 
ana  shu  manfaatlarning  himoyachisi  sifatida  ularni  toʻgʻri  va  maqbul 
amalga  oshirilishini  ta’minlab  beradi.  Iqtisodiy  sohada  davlatning  xalq 
manfaatlarini  ifoda  etishi  bilan  bogʻliq  munosabatlar  asosan  fuqarolik 
huquqi bilan tartibga solinishini nazarda tutib, hozirgi sharoitda davlatning 
fuqarolik  huquqiy  maqomini  aniqlash,  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda 
davlat ishtirokining oʻziga xos xususiyatlarini belgilash, xalq manfaatlarini 
ifoda  etishning  iqtisodiy  va  huquqiy  asosi  hisoblangan  davlat  mulkini 
himoya  qilish  va  uni  amalga  oshirishning  samarali  usul  va  vositalarning 
vujudga keltirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.  
FKning 2-moddasiga koʻra davlat ham fuqarolar va yuridik shaxslar 
kabi fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarning 
ishtirokchisidir.  
Darhaqiqat,  bozor  munosabatlari  sharoitida  davlatning  iqtisodiy 
munosabatlardagi  oʻrni  va  fuqarolik-huquqiy  munosabatlardagi  maqomi 
tubdan oʻzgardi. Endilikda davlat fuqarolik huquqining boshqa subyektlari 
kabi huquqiy munosabatlarda teng asoslarda ishtirok eta boshladi.  
Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda hokimiyat sohibi sifatidagi davlat 
ishtirokining  oʻziga  xos  xususiyatlaridan  biri  bu  davlatning  oʻzi  bevosita 
ishtirok  etadigan  munosabat  doirasini  oʻzi  belgilashidir.  Demak,  davlat 
oʻzining  qaysi  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  ishtirok  etishini  oʻzi 
belgilab  oladi.  Zarur  paytda  esa,  davlat  oʻz  qarorlari  bilan  oʻz  ishtirokini 
ta’minlaydi. Masalan, davlat, xalq va jamiyat manfaatlarini koʻzlab gʻalla 
ekinlari faqat davlatga sotilishini belgilab qoʻyishi mumkin.  
Davlatning  fuqarolik-huquqiy  munosabatlardagi  ishtiroki  uning 
suverenitet sohibi ekanligidan kelib chiqadi.  


88 
 
Davlat  suverenitet  sohibi  sifatida  yagona  va  boʻlinmasdir.  Shunga 
binoan  davlat  fuqarolik-huquqiy  munosabatda  yakka  va  yagona  subyekt 
(fuqarolar  va  yuridik  shaxslar  kabi  koʻp  va  turli  xil  emas)  deb  qaraladi. 
Zero, davlat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida  boshqa 
subyektlar  bilan  oʻzaro  huquqiy  aloqalarga  kirishar  ekan,  bunda  u  oʻziga 
tegishli boʻlgan imtiyozlar: hokimiyat vakolati, hukmronlik va boshqarish 
faoliyati,  ustunlik  maqomidan  voz  kechishiga  toʻgʻri  keladi.  Fuqarolik-
huquqiy  munosabatlarda  davlat  suverenitet  sohibi  sifatida  yagona  va 
boʻlinmas  subyekt  hisoblanadi.  Binobarin,  bitta  alohida  olingan  hududda 
ikkita suverenitet sohibi boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.  
Davlat  –  oliy  hokimiyat,  suverenitet  sohibi  boʻlganligi  tufayli 
fuqarolik-huquqiy  munosabat  subyekti  sifatida  oʻziga  xos  xususiyatlarga 
ega.  
Davlatning  fuqarolik-huquqiy  munosabat  sifatidagi  xususiyatlariga 
quyidagilar kiradi: 
1.  Davlat  fuqarolik-huquqiy  munosabatlari  subyekti  sifatida 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish