Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Xususiy  va  turga  xos  alomatlar  bilan  belgilanadigan  ashyolar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   205
Xususiy  va  turga  xos  alomatlar  bilan  belgilanadigan  ashyolar. 
Xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyo  alohida,  faqat  o‘ziga  xos 
belgisi  va  o‘ziga  xos,  yolg‘iz  sifati  bo‘lgan  ashyodir.  Unga  o‘zining 
belgilari  bilan  boshqa  o‘xshash  ashyolardan  ajralib  turadigan  narsalar, 
masalan,  ma’lum  ko‘chadagi,  ma’lum sonli uy-joy, o‘zi bir dona bo‘lgan 
ashyo (jahon birinchiligida chempion bo‘lgan ot, ko‘hinur olmosi kabi)lar 
kiradi.  Xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyolar  boshqa 
ashyolardan  muayyan  usulda  belgi  qo‘yish  yoki  muhr  bosish,  raqam 
qo‘yish bilan farqlanadi. 
Pul  xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyomi  yoki  turga  xos 
alomatlari bilan belgilanadigan ashyomi? – degan savol tug‘iladi.  
Bir tomondan qaraganda, pulda muayyan belgi va raqam qo‘yilgani 
uchun  uni  xususiy  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyo  deyish  mumkin. 
Ikkinchi  tomondan  qaraganda,  pul  bir  turga  xos,  ya’ni  u  bitta  vazifani  – 
to‘lov ekvivalenti vazifasini bajaradi.  
FKning  87-moddasi  2-qismiga  ko‘ra,  xususiy  alomatlari  bilan 
belgilangan ashyolar boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydigan ashyolardir. 
Pulni esa boshqasi bilan almashtirish mumkin (masalan, yirik pulni mayda 
pulga va  aksincha).  Demak,  pul  turga  xos  alomatlari  bilan  belgilanadigan 
ashyodir.  
 
Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qogʻoz pullar, 
tanga-chaqalar);  chet  el  valyutasi  hisobida  yozilgan  toʻlov  hujjatlari 
(cheklar,  veksellar,  akkreditiv  va  boshqalar);  bankning  chet  el 
valyutasiga sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga 
ega boʻlgan soʻm hisobidagi toʻlov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har 
qanday  shakl  va  holatdagi  qimmatbaho  metallar:  oltin,  kumush,  platina 
guruhiga  kiruvchi  metallar  (palladiy,  iridiy,  radiy,  ruteniy  va  osmiy); 
xom  va  ishlangan  shakldagi  qimmatbaho  tabiiy  toshlar  (olmos,  gavhar, 
la’l,  zumrad,  saprif,  marvarid  va  boshqalar)  Oʻzbekiston  Respublikasi 
qonunlarida  belgilangan  tartibda  va  doiralardagina  oldi-sotdi  predmeti 
boʻlishi  mumkin.  Mazkur  qimmatbaho  metal  va  toshlardan  yasalgan 
zargarlik  va  boshqa  maishiy  buyumlar  hamda  shunday  buyumlarning 
siniq parchalari bundan mustasnodir. 
 


101 
 
Turga  xos  alomatlari  bilan  belgilanadigan  ashyolar  son,  og‘irlik  va 
o‘lchov  bilan  ko‘rsatiladigan  narsalar  hisoblanadi.  Masalan,  100  dona 
shifer,  100  metr  chit,  100  tonna  paxta  va  hokazo.  Turga  xos  alomatlari 
bilan  belgilanadigan  ashyolar  boshqasi  bilan  almashtirsa  bo‘ladigan 
ashyolardir. Shuning uchun ham bunday ashyolarga nisbatan persona non 
grataning  (ya’ni,  tur  nobud  bo‘lmaydi)  qoidasi  qo‘llaniladi.  Fuqarolik 
huquqida  ashyolarning  xususiy  va  turga  xos  alomatlari  bilan 
belgilanadigan  ashyolarga  bo‘linishi  katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa, 
majburiyatlarni  ijro  etishda,  burchni  natura  holida  bajarilishida  bunday 
bo‘linishning o‘rni beqiyos. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish