Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


fuqarolik  muomalasidan  chiqarilgan  va  chiqarilmagan  ashyolar



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   205
fuqarolik  muomalasidan  chiqarilgan  va  chiqarilmagan  ashyolar. 
Masalan,  o‘z  xususiyatlari  bo‘yicha  tevarak-atrofdagilar  uchun  xavf 
tug‘diradigan  ashyolar,  ya’ni  xavfli  xossalarga  ega  ashyolar  (portlovchi 
moddalar,  qattiq  ta’sir  qiluvchi  zahar  kabilar).  Bunday  ashyolarni  erkin 
olish  va  sotishga  yo‘l  qo‘yilmaydi.  Muomalada  bo‘lishga  yo‘l 
qo‘yilmaydigan  fuqarolik  huquqlari  obyektlarining  turlari  (muomaladan 
chiqarilgan  obyektlar)  qonunda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ko‘rsatilgan  bo‘lishi 
kerak. 
Masalan,  FKning  214-moddasi  va  O‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to’g‘risidagi” qonuni 4-moddasi. 
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki 
muomalada  bo‘lishga  maxsus  ruxsatnoma  bilan  yo‘l  qo‘yiladigan 
(muomalada  harakatlanishi  cheklangan  obyektlar)  fuqarolik  huquqi 


99 
 
obyektlari  turli  qonunlarda  ko‘rsatilgan  tartibda  belgilanadi  (masalan,  ov 
miltig‘i  faqat  ruxsat  olish  va  ro‘yxatdan  o‘tish  tartibida  jismoniy  shaxs 
egaligiga o‘tishi). Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, qonun 
ashyolarni  muomalada  bo‘lish  xususiyatiga  qarab  farqlaydi.  Fuqarolik 
muomalasidan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va yuridik shaxslar egaligida 
bo‘lishi  mumkin  emas.  Aytilganidek,  yer,  yer  osti  boyliklari,  suv  va 
o‘rmonlar  davlatga  tegishli  bo‘lganidan  ular  faqat  foydalanishga  berilishi 
mumkin. Bu ashyolar sotilmaydi, garovga qo‘yilmaydi va kreditorlarning 
talablarini  qondirish  uchun  ular  hisobidan  haq  undirilmaydi.  Fuqarolik 
muomalasidan  chiqarilgan  ashyolarga  nisbatan  mulk  huquqi  har  doim 
davlatga tegishli bo‘ladi.  
Ba’zi ashyolar iqtisodiyot uchun ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai 
nazaridan  yoxud  boshqa  asoslar  bo‘yicha  faqat  alohida  ruxsat  bo‘yicha 
olinishi,  sotilishi  mumkin  (qurol  va  o‘q-dorilar,  portlovchi  va  radioaktiv 
moddalar, qattiq ta’sir qiladigan zaharlar, muhr, shtamp kabilar). 
Valyuta  qimmatliklari  (chet  el  valyutasi,  qog‘oz  pullar,  tanga-
chaqalar);  to‘lov  hujjatlari  (cheklar,  veksellar,  akkreditiv  va  boshqalar); 
qimmatbaho  metallar  (oltin,  kumush,  platina,  palladiy  va  boshq.); 
qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la’l,  zumrad va boshq.)  milliy 
qonunchilikda  belgilangan  tartib  va  doirada  oldi-sotdi  predmeti  bo‘lishi 
mumkin.  Mazkur  qimmatbaho  metal  va  toshlardan  yasalgan  zargarlik  va 
boshqa  maishiy  buyumlar  hamda  shunday  buyumlarning  siniq  parchalari 
bundan mustasno. 
Fuqarolik  muomalasidan  chiqarilmagan  ashyolar  doirasi  nihoyatda 
keng  bo‘lib,  ular  erkin  sur’atda  mulkdorning  o‘zidan  begonalashtirilishi 
mumkin.   

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish