Bo‘linadigan va bo‘linmaydigan ashyolar. Bo‘lish natijasida har
qaysi qismi butunning xossalarini o‘zida saqlab qoladigan va shu bilan
birga o‘zining xo‘jalik (maqsadli) ahamiyatini yo‘qotmaydigan ashyo –
bo‘linadigan ashyo hisoblanadi. Masalan, bir qop un, bir qop kartoshka, bir
bidon paxta yog‘i kabi.
Bo‘linmaydigan ashyolar bo‘lish natijasida qismlari dastlabki ashyo
(butun)ning xossalarini yo‘qotadigan, uning xo‘jalik (maqsadli)
ahamiyatini o‘zgartiradigan ashyo bo‘linmaydigan ashyo hisoblanadi (FK
88-modda). Bo‘linmaydigan ashyolarga shkaf, stol, televizor kabilar
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |