Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar (FK 89-
modda). Iste’mol qilinadigan ashyolar bir marta foydalanish natijasida
butunlay yo‘qqa chiqadigan yoki jiddiy ravishda o‘zgaradigan narsa
(masalan, oziq-ovqat, xom ashyo kabi)lardir.
Iste’mol qilinmaydigan ashyolar birmuncha uzoq vaqt davomida
o‘zining sifatini saqlaydigan narsalardir. Bunday ashyolar, odatda, qayta-
qayta foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Qayta-qayta foydalanish
davomida iste’mol qilinmaydigan ashyolarning emirilishi ham (binolar,
uskunalar, transport vositalari) asta-sekin kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |