Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/205
Sana01.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#280239
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   205
fuqarolik huquqi subyektlari amal qiladigan qonunlarni oʻzi belgilaydi.  
Fuqarolik  huquqining  boshqa  subyektlari  barcha  subyektlar  amal 
qiluvchi  qonun  qabul  qilish  vakolatiga  ega  emas.  Qonun  qabul  qilish 
faqatgina  davlat  va  uning  organlari  tomonidan  amalga  oshiriladi  va  ijro 
etilishi ta’minlanadi.  
2. Davlat organlari fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining 
asosi boʻladigan hujjatlar chiqarishi mumkin (FK, 8-modda, 2-band).  
Umumiy  qoidaga  koʻra,  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  har  bir 
subyekt  oʻzining  nomidan  harakat  qilishi  lozim.  Bu  qoida  fuqarolarga 
(fuqarolik  muomala  layoqati)  ham,  yuridik  shaxslarga  (yuridik 
shaxslarning  huquqiy  belgilaridan  biri 
–  bu  fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda oʻz nomidan ishtirok etishi) ham taalluqlidir. Davlat ham 
fuqarolik  muomalasida  oʻz  nomidan  qatnashadi.  “Davlat”  tushunchasi 
mavhum  hisoblanganligi  uchun  ham  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda 
davlat  nomidan  uning  organlari  ishtirok  etishi  zarur.  Chunki  keyinchalik 
yuzaga  keladigan  majburiyatlarga  nisbatan  javobgarlikni  belgilashda  bu 
holat muhim hisoblanadi.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  davlat  nomidan  ishtirok  etishi 
mumkin  boʻlgan  subyektlar  doirasi  FKning  79-moddasi  2-qismida 
belgilangan.  Unga  koʻra,  fuqarolik  qonun  hujjatlari  bilan  tartibga 
solinadigan  munosabatlarda  davlat  nomidan  davlat  hokimiyati  va 
boshqaruvi  organlari  hamda  ular  maxsus  vakil  qilgan  boshqa  maxsus 
organlar ishtirok etadilar. Aynan qaysi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, 
qaysi  davlat  organining  ishtirok  etishi  shu  organning  funksiyasi,  tuzilish 
maqsadi va faoliyat doirasidan kelib chiqib belgilanadi.  


89 
 
Har qanday davlat organi tomonidan chiqarilgan normativ harakterga 
ega  boʻlmagan  hujjatlar  ham  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarni  vujudga 
keltirishi mumkin.  
Masalan, huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari ham  majburiy 
tusdagi  hujjatlar  qabul  qiladi.  Bunda  ular  Oʻzbekiston  Respublikasi 
nomidan  harakat  qiladi  va  bu  hujjatlar  fuqarolik  huquq  va  burchlarini 
vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.  
FPKning  16-moddasiga  asosan  sudning  qonuniy  kuchga  kirgan  hal 
qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrugʻi barcha davlat organlari, tashkilotlar, 
mansabdor  shaxslar  va  fuqarolar  uchun  majburiy  boʻlib,  Oʻzbekiston 
Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
  
3. Davlat immunitetdan foydalanadi, ya’ni davlat mol-mulkidan haq 
undirishga davlat organlari rozi boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.  
Fuqarolik-huquqiy 
munosabatlardagi 
davlat 
immuniteti 
bu 
davlatning  oʻz  vakolatlarini  oʻzi  qabul  qilgan  qonun  hujjatlari  asosida 
amalga  oshirishi,  bunda  fuqarolik-huquqiy  munosabatdagi  davlatning 
huquq  va  majburiyatlari  faqatgina  shu  davlatning  qonun  hujjatlariga 
muvofiq  belgilanishidir.  Davlat  immunitet  sohibi  sifatida  fuqarolik-
huquqiy  munosabatlarning  qaysi  turida  ishtirok  etishini  ham  faqat  oʻzi 
belgilaydi.  
Masalan,  FKning  457-moddasida  davlat  oʻz  ehtiyojlari  uchun  tovarlar  yetkazib  berish 
shartnomasida taraf sifatida ishtirok etishi belgilangan.  
Fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda  immunitet  davlatga  nisbatan 
shunday  holatni  yuzaga  keltiradiki,  fuqarolik-huquqiy  munosabatlarda 
ishtirok etib, oʻz majburiyatlarini bajarmagan davlat faqat oʻz milliy qonun 
hujjatlari 
asosida 
javobgarlikka 
tortiladi. 
Fuqarolik-huquqiy 
munosabatlarda  davlatga  nisbatan  vakolatlarni  amalga  oshirmaslik  va 
hokimiyat  vakolatlaridan  foydalanmaslik  talabi  belgilangan  boʻlsa-da, 
davlatning bu belgilari u bilan chambarchas bogʻliqligi sababli fuqarolik-
huquqiy munosabatlarga ham ta’sir etadi. Aynan shu holatlar “immunitet” 
atamasining mohiyatini tashkil etadi.  
Eng  muhimi,  davlat  oʻz  immunitetidan  voz  kechmasligi  kerak.  Aks 
holda,  uning  suverenitetiga  putur  yetadi,  Oʻzbekiston  Respublikasining 
xalqaro tashkilotlarga a’zoligi unga toʻsqinlik qilmaydi.  

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish