62
Biologik o‘lim hollaridan tashqari qonunda fuqaroni vafot etgan deb e’lon
qilish taomili ham mavjud.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra fuqarolarning muomala
layoqati fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish
va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga
keltirish va ularni bajarish layoqatidir. Muomala layoqatini yuridik
harakatlarni amalga oshirish layoqati deb ham e’tirof etish mumkin.
Ba’zida, huquq layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar fuqarolik muomala
layoqatiga ega bo‘lavermaydilar. Muomala layoqatiga ega bo‘lgan
fuqarolar o‘z xatti harakatlarini anglab, oqibatlarini tushunib o‘z erki
irodalari asosida amalga oshiradilar.
Odatda, yangi tug‘ilgan chaqaloq garchi to‘liq huquq layoqatiga ega
bo‘lsa ham o‘z mustaqil harakatlari bilan o‘zi uchun huquq va majburiyat
vujudga keltirish qobiliyatiga ega emas. Bolalar yillar o‘tgan sayin aqliy
bilimlar va hayotiy tajriba orqali ongi to‘liqlashib boradi. 18 yoshga
to‘lganda unda to‘liq muomala layoqati vujudga keladi. Ayni paytda
qonunda belgilangan tartibda va asoslarda nikohdan o‘tgan voyaga
yetmaganlar ham shu paytdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga
ega bo‘ladilar. FKning 23-moddasiga ko‘ra voyaga yetgan fuqarolar teng
darajada muomala layoqatiga ega bo‘ladilar. Fuqarolarning muomala
layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda cheklanishi
mumkin. Fuqaroning o‘zi tomonidan yoki boshqalar tomonidan uning
muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy
emas.
Voyaga yetmaganlarning fuqarolik muomalasida ishtiroki masalasi
tabaqalashtirilgan holda tartibga solinadi. Ya’ni 6 yoshdan 14 yoshgacha
bo‘lgan voyaga yetmaganlar va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmaganlarning muomala layoqatining hajmi va mazmunida o‘ziga
xosliklar mavjud. 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar (kichik
yoshdagi bolalar) to‘la ravishda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar.
Biroq, qonun ularga fuqarolik muomalasida qatnashish bo‘yicha muayyan
imkoniyatlar beradi. Bunga ko‘ra 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
1) mayda maishiy bitimlar;
2) tekin manfaat ko‘rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki
davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni
talab qilmaydigan bitimlar;
3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan
muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag‘larni
63
tasarruf etish borasidagi bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga
haqlidirlar.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining
roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini
tasarruf etish;
2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z
intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi
muallifi
huquqini amalga oshirish;
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va
ularni tasarruf etish;
4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.
Kishining ruhiy kasalligi, aqli zaifligi uni sud tomonidan
muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asos bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni
unutmaslik lozimki, har qanday ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik fuqaroni
ongli ravishda harakatlar qilish va fuqarolik muomalasida faol qatnashish
imkoniyatidan mahrum etmaydi. Fuqarolik kodeksining 30-moddasida
ko‘rsatilishicha ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z
harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara
olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda
muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik
belgilanadi. Tabiiyki, muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan
bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi. Agar fuqaro ruhiy kasallikdan
davolansa, tegishli tartibda sud tomonidan to‘liq muomalaga layoqatli deb
topilishi ya’ni, muomala layoqati tiklanishi mumkin.
FKning 31-moddasiga ko‘ra spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik
vositalarini suiste’mol qilish natijasida o‘z oilasini og‘ir moddiy ahvolga
solib qo‘yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik
protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo‘yilishi
mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy
bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning
roziligi bilangina tuzishi, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa
daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday
fuqaro o‘zi tuzgan bitimlar bo‘yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil
ravishda mulkiy javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: